MIKROORGANIZMLARNING O
’ZGARUVCHANLIGI
Bakteriyalar
genetikasi.
Genetika
– organizmlarning irsiyat va
o
’zgaruvchanligi haqidagi fandir. Sodda organizmlarning irsiy xususiyatlari va
belgilarining birinchi informatsiyasi barcha hujayra o
’zagining xromosomalarida
joylashgani aniqlangan. Irsiyatning va o
’zgaruvchanlikning asosiy birligi
xromosomaning aniq bir qismi bo
’lib u gen deyiladi.
Keyingi ma
’lumotlarga ko’ra gen o’z navbatida bir qancha mayda
elementar zarrachalardan iborat.
Bakteriyalarning asosan DNK dan tashqil topgan o
’zagi xromosoma
deyiladi. Xromosomada bakteriya hujayrasi DNK ning hammasi bir juft spiral
shaklida joylashgan, uning asosiy struktura birligi nukleotiddir. Nukleotid uch
elementdan, ya
’ni fosfor kislotasi, bir molekula shakar (dezoksiribaza) va bir
azotli asosdan (po
’rin yoki pirimidinli) tashkil topgan. Bakteriya hujayrasida 5
mln nukleotid (odam hujayrasida 500 000 DNK molekulasi bo
’lib, har bir DNK
40 000 nukleotiddan iborat) bor. Har bir minutda hujayrada ,bo
’ladigan 10 000
turli ximiyaviy reaktsiyalarni DNK boshqaradi. DNK da hujayraning barcha
irsiyat belgilari joylashgan, ya
’ni morfologiyasi, fermentlar strukturasi, moddalar
almashinuvi va boshqalar. Bakteriyada hammasi bo
’lib 2000 ta belgi bor.
Xromosomadagi irsiyat belgilarining kodlari bir tekisda joylashgan,
bioximik reaktsiyalarning birin-ketin hosil bo
’lishini ular ma’lum tartibda nazorat
qilib turadi. Bakteriya xromosomasida hammasi bo
’lib 2000 ish bajaruvchi
birliklar
(ulardan
hammasi
bo
’lib 100 tasi aniqlangan) joylashgan.
Xromosomaning asosiy ish bajaruvchi birligi uning bir bo
’lagi bo’lib, ma’lum bir
ferment strukturasi buyruq vazifa beradi, bu tsistron deyiladi. Bir tsistronda bir
necha yuz nukleotidlar bo
’ladi. Har bir tsistron mayda bo’limlardan iborat. Ular
mutonlar deyiladi va ularning o
’zgarishi mutatsiyaga olib boradi. DNK
molekulasida gen informatsiyasi bo
’lishiga qaramay, u oqsilni sintezlay olmaydi.
Ushbu informatsiyani tashishni va oqsilni sintezlashni RNK molekulasi bajaradi.
DNK ning ayrim segment
— genlarida RNK sintezlanadi, bu jarayon
informatsion RNK deyiladi (i-RNK). Informatsion RNK DNK ning bir bo
’lagidan
hosil bo
’ladi va unga o’xshaydi, bu esa matritsa RNK deyiladi; u oqsil hosil
qiladigan
aminokislotalarning qanday
tartibda
birlashishini
boshqaradi.
Informatsion
RNK
(i-RNK)
o
’zakdan protoplazmaga chiqib, oqsilni
sintezlaydigan ribosomalarga yopishadi.
Tsitoplazmadagi aminokislotalar ribosomaga tashuvchi RNK (t-RNK)
orqali yetkaziladi (t-RNK 20
—30 sekundda sintezlanadi va 5—10 minutda o’z
burchini bajarib parchalanadi). 20 ta har xil aminokislota uchun 20 xil t-RNK bor.
Ribosomadagi i-RNK aminokislotalarni ko
’rsatilgan tartibda joylashtirilib, oqsil
tayyorlovchi polipeptid zanjirlar hosil qilinadi.
Ribosoma politseptid zanjiri bo
’ylab harakat qilib, oxirida zanjirdan tushish
paytida protoplazmaga sintezlashgan oqsil molekulasi o
’tadi, ya’ni shunday qilib
DNK-i-RNK
— oqsil zanjiri hosil bo’ladi.
F. Jakob va J. Monso (Frantsiya) hujayraga aniq bir paytda va qancha
mikdorda qaysi oqsil va fermentlar kerakligini, DNK ning qanday qilib
boshqarishini aniqlaganlar.
DNK ning yana bir xususiyati shundan iboratki, u maxsus moddalarni
sintezlaydi, bu jarayon repressor (lotincha
— repressio — to’xtatish demakdir)
deyiladi.
Repressor barcha oqsillar kabi yuqori temperaturaga sezgir va 50° issiqda
o
’z aktivligini yo’qotadi. Bu lak — repressor deyiladi. Repressorning ikkita
xususiyati bor: 1. Atrof muhitning o
’zgarilishiga tez sezgirdir; 2. DNK ning i-
RNK ga o
’tish davrini boshqaradi. Repressorlar muhit sharoitiga qarab qaysi
genlar yoki strukturali tsisteronlar ta
’sir etishini va qaysilari ta’sir emasligini
aniqlaydi. DNK ipini girlyand lampochkalariga o
’xshatish mumkin, ya’ni ularning
bir qismi yoritib, qolgani esa repressorlar tomonidan o
’chirilgan.
Hujayrada repressorlar ko
’p mikdorda bo’ladi, lekin ularning soni
strukturali tsisteron yoki ularga xos oqsillardan kamdir. Shu sababli bir dona
repressor bir necha strukturali tsisteronlarni (bir-biriga yaqin oqsil hosil qiluvchi
tsisteronlarni) bir vaqtda boshqaradi. Repressor boshqaradigan strukturali
tsisteronlarning bir qismi operon deyiladi. Operonning ishini muhit bilan bog
’liq
bo
’lmagan erkin repressor to’xtata oladi. Masalan, hujayra rivojlanayotgan oziq
muhitida galaktoza bo
’lmaydi. Shu sababli hujayra protoplazmasidagi repressor
galaktozani uchratmay, galaktozidaza fermentini ishlab chiqaradigan DNK ning
operoni bilan birlashib, hujayraga keraksiz fermentni (galaktozidazani)
sintezlashni to
’xtatadi. Oziq muhitida galaktoza paydo bo’lishi bilan vaziyat
o
’zgaradi va galaktozani parchalash uchun ferment galaktozidaza bo’lishi shart.
Galaktoza eritmasi repressorga ta
’sir etib, repressor-galaktoza kompleksini
(birikmasini) hosil qilishga majbur qiladi. Bu kompleks endi DNK dagi
operonning o
’ziga xos faoliyatini to’xtata olmaydi. Operonning kuchli ta’sir
qilishi natijasida hujayrada galaktozani parchalaydigan galaktozidaza fermenti
hosil bo
’ladi. Shunday qilib, o’z-o’zidan boshqariladigan bog’lovchi zanjir
moddalar repressor
— DNK fermenti hosil ,bo’ladi. Bunday aksincha bog’lovchi
moddalar hujayra uchun zarur fermentlarning kontsentratsiyasini boshqaradi,
tashqi muhit o
’zgarishlariga tez sezgir bo’lib hujayraning o’zgargan yangi
muhitga moslashib yashashiga yordam beradi.
Keyingi paytlarda lyambda fag nomli repressor hujayradan ajratilgan, lekin
u lak-repressorga nisbatan kam o
’rganilgan. Bu ikki repressorlar (lak-repressor
va lyamba) 1967
—1968 yillarda ichakdagi bakteriyalardan topilgan. Genetika
asoslariga ko
’ra, mikroblarda ham sodda organizmlardagi kabi, irsiy
xususiyatlarning nasldan-naslga genlar bilan o
’tishi bakteriyalar genotipi
deyiladi.
Ma
’lum yashash sharoitida mikrobning barcha belgilari yuzaga chiqib,
ularning nasldan-naslga o
’tmasligi bakteriyalar fenotipi deyiladi. Bu holat muhit
bilan genotipning o
’zapo munosabat natijasidir.
Mikroblarda tashqi muhit ta
’siri ostida hosil bo’lgan o’zgaruvchanlik,
sun
’iy sharoitda shu omil ta’sir qilganda ham saqlana oladi. Agar mikroorganizm
o
’zi yashagan tabiiy sharoitga tushsa, o’ziga xos xususiyatlarga qaytadan ega
,bo
’ladi.
Bir xil genotiplik organizmlardagi fenotipli o
’zgarishlar modifikatsiya
deyiladi. Masalan, kuydirgi tayoqchasida shunday o
’zgarishlar bo’ladi. Bu mikrob
42,5° issiqda spora hosil qilish xususiyatini yo
’qotadi, temperatura — 35—37°
gacha pasaytirilganda, ya
’ni mikrob uchun optimal temperaturada u qaytadan
spora hosil qilish xususiyatiga ega bo
’ladi. Bunday hosil bo’lgan o’zgarish
hamma vaqt nasldan-naslga o
’tavermaydi.
Ikki hujayraning genetik materiali bir-biriga qo
’shilsa o’zgarilgan avlod
olinadi va unda ikki ona hujayraning xususiyatlari mujassamlangan bo
’ladi.
Bunday holat transformatsiya, transduktsiya va konyugatsiya deyiladi.
Muhitda oqsil bo
’lsa mana shunday holat ro’y beradi. Masalan, DNK
yordamida bir tur pnevmokokklarning xususiyatini keskin o
’zgartirish mumkin.
Bunday o
’zgarish DNK ta’sirida boshqa mikroblarda ham ro’y berishi aniqlangan.
Masalan, ok koloniya hosil qiluvchi mikobakteriyalar sariq koloniya hosil
qiluvchi saprofit mikrobakteriyalarning DNK sining ta
’sirida sariq koloniyalar
hosil qiladigan xususiyatga ega bo
’ladi.
Transformatsiyaning hosil bo
’lishi ikki davrdan iboratdir, ya’ni DNK ning
mikrob hujayrasiga adsorbtsiyalanishi va hujayra ichiga kirishi natijasida yuzaga
keladi.
Bakteriofag yordamida bir mikrob hujayrasining genetik moddalar
zarrachalarini ikkinchi mikrob hujayrasiga o
’tkazilishi transduktsiya deyiladi.
Fagning DNK si bilan bir mikrobning xususiyatini (patogenligini kuchaytirish
yoki susaytirish, kapsula hosil qilish ini yo
’qotish, antibiotiklarga chidamliligini
oshirish va boshqalar) ikkinchi mikrobga o
’tkazib o’zgartirish mumkin. Mikrob
hujayrasidagi fagga hujayra DNK sining ayrim xususiyatlari nospetsifik sifatida
o
’tadi, natijada bunday fag ikkinchi mikrob hujayrasiga tushganda birinchi mikrob
hujayrasidan unga o
’tgan DNK xususiyatlarini uzi bilan olib o’tadi.
Tabiatda o
’rtacha faglar bor, ular ta’siriga ayrim mikroblar chidamli
bo
’ladi, ya’ni fagga qarshi immunitet hosil qiladilar. Bunday hosil bo’lgan
xususiyat nasldan-naslga o
’tadi. Bunday hol ayrim mikroblarni bakteriofaglar
bilan immunizatsiyalab (emlab), kerakli shtammlarni hosil qilish imkonini beradi.
Shunga asoslanib katik, atseton, butil spirti tayyorlashda bakteriofagga chidamli
mikrob shtammlari kullanilsa yaxshi natijaga erishiladi.
Bir hujayraning ayrim irsiy xususiyatlarining (DNK sining bir qismini)
ikkinchi hujayraga o
’tishi konyugatsiya deyiladi. Konyugatsiya ko’pchilik
xususiyatlariga ko
’ra transformatsiya va transduktsiyaga o’xshash bo’ladi, lekin
irsiy xususiyatlarining hujayradan hujayraga o
’tishi ular orasidagi tsitoplazmatik
boglanish hosil bo
’lishi tufayli bo’ladi. Shu sababli irsiy xususiyatlar bir
tomonyaama o
’tadi, ya’ni donordan retsipientga o’tish natijasida hosil bo’ladi.
Donor xususiyatli hujayralar erkak hujayralar deyiladi, chunki ularda
ko
’payish omillari bor; retsipient xususiyatli hujayralar esa urg’ochi hujayralar
deyiladi, chunki ularda ko
’payish omili bo’lmaydi. Shu sababli erkak
hujayralarning xususiyatlari urg
’ochi hujayralarga o’tkaziladi. Keyingi paytlarda
DNK va Eposom ishtirokida irsiy belgilarning bir bakteriya hujayrasidan ikkinchi
bakteriya hujayrasiga o
’tishi aniqlangan. Episomlar ham DNK ga o’xshash irsiy
belgilarni bir hujayradan ikkinchi hujayraga o
’tkazish, xususiyatiga ega bo’lib, u
hujayraning o
’zagida emas, balki tsitoplazmasida bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |