Mavzu:IMMUNITYET TO'G'RISIDA UMMIY TUSHUNCHA
Immunitet haqida hozirgi tasavvurlar
Reja
1.Immunitet to'g'risidagi ta'limot asoslari.
2. Tabiiy Immunitet va uning turlari.
3. Suniy Immunitet va uning turlari.
4. Immunitet nazariyalari.
Immunitet deb odam yoki hayvon organizmining patogen mikrobga
yoki uning zaharli moddasiga chidamli bo'lib qolishiga va organizm patogen
mikrobga duch kelganda kasal bo'lmasligiga aytiladi. Immunitetni tekshiruvchi
fan immunologiya deyiladi. Immunitetning hosil bo'lishi juda murakkab hodisa
bo'lib, u bugun organizmning qatnashishi bilan vujudga keladi. Immunitetning
hosil bo'lishida markaziy nerv sistemasining roli juda katta.
Organizmni turli natogen mikroblardan qo'riqlab turishda, ya'ni
organizmining Immunitetli bo'lishiga asosan organizmning anatomik va fiziologik
xususiyatlari
sababchidir.Odamning
terisi,shilliq
pardalar,limfatik
bezlar,oshqozondagi NSI,jigarda hosil bo'ladigan o't va boshqalar organizmni
miqdordan saqlovchi vosita sifatida xizmat qiladi.Organizmda Immunitetning
hosil bo'lishiga tashqi muhiit ham tasir qiladi.Masalan,organizmning qizishi, juda
sovushi va kuchsizlanishi ham organizmdakasalikkaqarshi chidamli moddalarning
ishlab chiqarilishini pasaytiradi.Organizmning buday bo'lishiga molning tuyimli
oziq bilan boqilmasdan,em-xashakda A va S vitaminlari va Sa va R tuzlarining
etarli bo'lmasligi ham sabab bo'ladi. Immunitetning vujudga kelishiga qarab tabiiy
va suniy bo'ladi. Tabiiy vasuniy immunitet ham har xil formada va ko'rinishida
bo'lishi mumkin.
1) Tabiiy- tug'ma immunitet.Bu immunitet organizmning anatomik va
fiziologik xususiyatlaridek nasildan- nasilga o'tadigan xususiyat bo'lib,u hayvon
va odamda ham bo'ladi,hayvonlar esa bu kasalliklarga immunitetlidirlar.Shuning
uchun hayvonda bo'ladigan bo'nday immunitet tabiiy tug'ma immunitet
deyiladi.Xuddi shunga o'xshash odamda ham ayrim kasalliklarga nisbatan tabiiy
tug'ma immunitet bo'lishi mumkin. Masalan,cho'chqalarda bo'ladigan toun
(chuma) kasalligini virusi odamga o'tsa ham odam kasal bo'lmaydi. Odam bu
kasalliklarga nisbatan immunitetlidir. Tabiiy
– tug'ma immunitet hosil bo'lish
sababi har xildir. Masalan, Mechnikov qoqshol kasalligini hosil qiluvchi
mikrobning toksini yani zaharining katta dozasini kaltakesak va toshbaqaning
terisi ostidan yuborib,bu toksin ularoga hech tasir etmaganini,ular bu toksinga
immunitetli ekanligini aniqladi.
Tabiiy tug'ma immunitetning paydo bo'lishining boshqa sababi ham bor.
Buni L. Pasterning tajribasidan bilish mumkin. L. Paster qurbaqaning ko'ydirgi
kasalligiga immunitetli bo'lishini tekshirib, baqaningtana temperaturasining past
bo'lishi va bo'nday temperaturada kuydirgi kasalligining mikrobi ko'payib yashay
olmasligini aniqladi. Agar qurbaqaning tana temperaturasini suniy ravishda 36-
37o ga etkazib, keyin unga kuydirgi kasalligini qo'zg'atuvchi mikrobni
yuqtirilganda qurbaqa ham kuydirgi kasali bilan kasallanishini aniqladi. Shu
bilan L. Paster tovuqning qo'ydirgi kasalligiga immunitetligini tekshirib, uning
sababini aniqladi. Agarda tovuqning tana temperaturasi sun'iy ravishda
pasaytirilib, keyin kuydirgi kasalining mikrobi yuqtirilsa, bunday sharoitda tovuq
ham kuydirgi kasali bilan kasallanishini aniqladi.
Demak, qurbaqa bilan tovuqning kuydirgi kasalligiga immunitetli bo'lishi,
ularning tana tempuraturasining mikrob uchun noqulay bo'lishidir.
Hayot davomida orttirilgan yoki spesifik immunitet: orttirilgan
immunitetning xususiyati shuki, kasallikni qaysi mikrob qo'zg'agan bo'lsa
organizmda o'sha mikrobga qarshi maxsus immunitet modda hosil bo'ladi va
kelajakda organizmning faqat shu kasallikka nisbatan immunitetli bo'lishiga
xizmat qiladi. Ana shu xususiyati uchun bu immunitetni spesifik immunitet ham
deyiladi.
Orttirilgan immunitetning tabiiy tug'ma immunitetdan farqi shuki,
orttirilgan immunitet nasldan-naslga o'tmaydi. Bu immunitetni hayvon va odamlar
o'z hayot faoliyati jarayonida hosil qiladilar. Orttirilgan immunitet uzoq muddat
davom etadi va ayrim kasalliklardan so'ng umrbod saqlanadi. Orttirilgan
immunitet paydo bo'lishi natijasida odamlar qizamiq, ko'kyo'tal, qorin tifi,
skarlatini kabi kasalliklar bilan bir marta kasallanib, sog'aygandan keyin, 2- chi
marta bu kasallik bilan umuman og'rimaydi.
Sun'iy immunitet va uning turlari: sun'iy immunitetni hosil qilish uchun 2
xil usuldan foydalaniladi. 1) Ba'zi yuqumli kasalliklarga qarshi sun'iy immunitet
hosil qilishda organizmga tayyor immun moddali qon zardobi yuboriladi.Masalan,
yadador bo'lganlarni tetanus va gazli gangerina kasalligidan saqlash uchun ularga
anfitoksinli zardob yuboriladi. Bunday immunitetni sun'iy passiv immunitet ham
deyiladi. Bunday immunitet organizmga immunli zardob yuborilgandan so'ng 12-
20 soat o'tgach hosil bo'ladi va u uzoq saqlanmaydi, 20-25 kun saqlanadi.
Shunday bo'lsa ham kasallikning oldini olish uchun ishonchli usul hisoblanadi va
keng qo'llaniladi. Sun'iy immunitetning ikkinchi usuli: bunda organizmga vaksina
yuboriladi. Vaksina bilan suniy immunitet hosil qilishni vaksinasiya yoki emlash
deyiladi. Vaksina deb o'ldirilgan yoki tirik, lekin kuchsizlantirilgan mikrobdan
iborat biologik moddaga aytiladi. Vaksina bakteriologik institutlarning maxsus
laboratoriyalarida tayyorlandi. Vaksina olish uchun mikrob quyuq yoki suyuq
ovqatda o'stiriladi. Organizmga vaksina yuborib sun'iy immunitet hosil qilish
kuchli va uzoq vaqt davom etadi. Masalan buzoqlarning parativ kasalligiga qarshi
vaksina olti oylik kuydirgi kasalligiga qarshi vaksina bir yillik immunitet hosil
qiladi.
Ilgari vaqtlarda chechakka qarshi vaksina qilishni Xitoyliklar keyinroq
Kavkazlilar qo'llagan. 1744-1745 yillarda rus vrachi Danilo Samoylovich tovun
kasaligiga qarshi vaksina qo'llaydi. 1796 yilda ingliz vrachi Eduard Djenner
chechakka qarshi vaksina tayyorlab, bu kasallikning olishni topdi. Hozirgi vaqtda
vaksina yordamida qutirish, chechak, tifi, paratif, vabo, tovun, brusellyoz, sil,
qorason, saramas va boshqa kasalliklar davolanmoqda. Vaksinasiya organizmni
ko'p kasalliklarga qarshi immunitetli qiladi. Ya'ni kasallikni oldini oladi va uni
yuqotadi. Bu usul ishonchli va fanga asoslangan usuldir.
Immunitet nazariyalari.
Hozirgacha immunitet hodisalarini to'liq va asosli ravishda tushuntira
oladigan yaqqol bir nazariya yo'q. Lekin hozirgacha immunitet to'g'risida bir
nechta nazariyalar bo'lgan.
1. Ulardan biri paster nazariyasidir. Bu nazariya bo'yicha patogen mikrob
organizmga kirib ko'payadi, kasallik qo'zg'agan davrda mikrob ovqatlanishi uchun
hayvon yoki odam organizmidagi kerakli ovqat moddani kamaytiradi. Natijada
kasal hayvon organizmida mikrobga kerakli ovqat modda kamayib qoladi va
organizmda mikrob ko'payib yashay olmaydi. Shuning uchun organizm
immunitetli bo'ladi deb tushuntiradi. Pasterning bu nazariyasi mexanik va ilmiy
tomonidan noto'g'ri nazariya bo'lib, hozir bu nazariyaga amal qilinmaydi.
2. Bezredkoning mahalliy immunitet nazariyasi. Bezredko sun'iy immunitet
to'g'risida tekshiruvlar olib boradi. Bezredko vaksinasiya natijasida ayrim to'qima
va organlarning areaktiv va immunitetli bo'lishiga mahalliy immunitet deb nom
beradi va shu bilan mahalliy immunitet nazariyasining asoschisi bo'ldi. Bezredko
paratif, dezinteriya, qorin tifi, vabo kasalligiga infeksiya darvozasi ichak yo'li
ekanligini va kasallikni qo'zg'atuvchi mikrob faqat ichak yo'llarida joylashib
kasallik hosil qilishini aniqladi.
Bezredko har bir kasallikda kasalik kiradigan yani mikrob kiradigan
darvozani mahkamlash lozim, ana sho'nday qilinganda organizm immunitetli
bo'ladi degan nazariyani ishlab chiqadi. Shuning uchun Bezredko teri
kasalliklariga qarshi,faqat terining o'zining vaksinasiyalash-emlash kifoya degan
xulosaga keldi va bunday immunitetni
“mahalliy immunitet” deb atay boshladi.
Bezredkoning ana shu
“mahalliy immunitet” nazariyasi juda ko'p tanqid qilindi,
chunki Bezredko fikricha ayrim organ va to'qimalar o'zicha alohida immunimtitli
bo'ladi deyishi noto'g'ridir. Chunki har bir organda infeksion jarayon boshlansa,
bu jarayon faqat shu organda emas, qon va nerv sistemasi natijasida butun
organizmga ta'sir etadi. Bezredko esa organizmdagi jarayonlarning birligini
hisobga olmay, go'yo har bir organ o'zicha immunitetli bo'lishi mumkin deyiladi.
Bu fikr noto'g'ri metofiziklarcha tushunish bo'lib, amaliy tomondan isbot
qilinmagandir. Masalan, ichak kasalligiga qarshi vaksina ishlatilsa, shu vaksina
organizmga ta'sir etib, qonda ham immun modda paydo qiladi. Ana shuning
uchun ham Bezredkonning mahalliy immunitet nazariyasi noto'g'ridir.
3)Erlix nazariyasi. Immunitet hodisalarini tushuntirishda Erlix nazariyasi
ham uzoq vaqt xukm suradi. Erlix ximik bo'ladi, shuning uchun u immunitet
nazariyalarini kimyoviy reaksiyalarga o'xshatib tushuntiradi. Erlix, mikrob toksini
antitoksin ta'sirida neytrallanishini (ikkala moddaning xususiyatining yo'qolishi)
kuchli ishqor bilan kuchli kislota aralashgandagi hodisaning xuddi o'zi deb
hisoblangan. Keyingi tekshirishlarda Erlix nazariyasi ham rad etilgan noto'g'ri
nazariyadir.
4) Arrenius va Madson nazariyasi ham immunitet hodisalarini kimyoviy
nuqtan nazardan tushuntiruvchi nazariyadir. Bular toksin bilan antitoksin juda
kuchsiz ishqorlardek birlashadi va bir-birini neytrallaydi deb hisoblaganlar. Bu
ham noto'g'ri nazariyadir.
5) Bordenning adsorbsion nazariyasi-
“Danish fenomeni” deb atalgan
immunitet reaksiyasi asosida vujudga kelgan. Danish fenomeni qo'yidagilardan
iboratdir. 1. xissa aktitoksinli zardobga 1 xissa toksin aralashtirib
neytrallangandan keyin biror hayvonga ukol qilinsa,undan hayvon zaharlanmaydi.
Agar shu tajriba ozroq o'zgartirilsa, yani antitoksinli zardobdan 1 xissa, olib unga
yarim xissa toksin aralashtirilsa va bir necha vaqtdan keyin toksinning qolgan
yarimi qo'shilsa, bu aralashma neytrallanmay qoladi va hayvonga yuborilsa uni
zaharlab o'ldiradi. Shu hodisani hisobga olib Borde antitoksin bilan toksinning
neytrallanishi kimyoviy reaksiyaga o'xshamaydi,balki bu adsorbsiya jarayonidir
degan xulosaga keladi.Bu ham notug'ri nazariyadir.
6) Gumoral nazariya:- organizmning mikrobdan saqlanishi, yani
immunitetli bo'lishi qonning suyuq qismidagi immun modda zarlobiga bog'liq
degan nazariya kelib chiqdi . Bu nazariya tarafdorlari Buxner, Bering , Netal va
Erlixlardir. 7) Fagositar nazariya yoki I.I Mechnikovning fogositoz haqidagi
ta'limoti. Bu nazariyani buyuk rus olimii Mechnikov yaratgan. Mechnikov
organizmni immunetitli bo'lishida fagositoz hodisasining ahamiyatini to'liq va
materialistik asosda isbotlab berdi.
Masalan, Mechnikov shunday tajriba qiladi. Biror hayvon organizmiga
erimaydigan zarracha yoki tikan kiritadi. Keyin shu erda fagositoz qiluvchi
mezodermal hujayralar to'plana boshlaydi. Shundan keyin Mechnikov tikan
atrofida to'planayotgan hujayralarni organizmga kirgan tikanga qarshi ta'sir
etishini aniqlaydi. Umuman Mechnikov hayvon va odam hujayralarining
mikroblarni fagositoz qilib eritib hazm qilishini organizmning mikroblarga qarshi
kurash chorasi bo'lsa kerak deydi. Buni asoslash uchun Mechnikov dafniyalarga
patogen zamburug'larning sporasini yuqtiriadi, natijada hujayrada sporalarning
hazm bo'lib ketganini va xech qanday kasallik hosil qilmaganini aniqlaydi. Shu
tekshiruvga asoslanib Mechnikov fagositoz organizmga kirgan zararli narsalarga
qarshi kurash chorasi ekanligini aniqlaydi. Fagositoz qilishda qondagi leykositlar
va monositlar rol uynaydi.
Shunday qilib, Mechnikov nazariyasiga ko'ra, organizmning turli
mikroblardan qo'riqlanib immunitetli bo'lishi uchun teri, shilliqli pardalar,
organizmdagi suyuqliklar, fagositoz hamda gumoral omillar ham mikrobga qarshi
kurashar ekan. Organizm kasal davrida fagositoz va gumoral omillarning
boshqarilishi markaziy nerv sistemasining ishtirokida vujudga keladi. Chunki
markaziy nerv sistemasi organizmning yashash jarayonini normal yo'lga soluvchi
organdir. Yuqumli kasallik uzoq davom etsa fagositoz ham bir xil bo'lmasligi
mumkin. Ba'zi kasal hayvon organizmida fagositoz juda sust bo'lishi natijasida
kasallik juda cho'zilib ketishi mumkin. Biri-bir organizmda mikrobni fagositozga
tayrlab beruvchi moddalar hosil bo'ladi. Bu moddaga opsonim deyiladi. Opsonim
ta'sirida fagositoz juda zo'rayadi va organizmning kasallikdan qutilishiga ancha
yordamlashadi. Fagositozning aktivligini fizikaviy va kimyoviy omillar ta'sirida
ham kuchaytirish yoki susaytirish mumkin. Masalan, past temperaturada xinin,
xolestrin fagositozning aktivligini susaytirsa, optimal temperaturada K va Md
tuzlari fagositozning aktivligini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |