stafilokokkda, streptomitsin Vast. subtilis da sinab kuriladi. Bu mikroblarga ta
’sir
etgan antibiotiklarning eng kam miqdori topiladi va o
’sha miqdor shu
antibiotikning ta
’sir birligi deb hisoblanadi. 2. Antibiotiklarning kuchini
nefolometrlar bilan ham aniqlash mumkin. Buning uchun bir necha probirkadagi
suyuq oziq muhitiga sinaladigan antibiotik solinib, turli darajada suyultiriladi,
so
’ng shu probirkalarga test-mikrob eqiladi. Mikrob kanchalik ko’paysa,
probirkadagi suyuqlik shuncha loykalanadi. Sinash uchun test-mikrob eqilgan bu
probirkalar qontrol uchun avvaldan tayyorlab qo
’yilgan probirkalar bilan
solishtiriladi. Qontrol probirkalardagi antibiotikning miqdori avvaldan ma
’lum
bo
’lgani uchun ular sinov uchun ekilgan probirkalar bilan solishtirib, har bir
probirkadagi antibiotiklar miqdorini bilib olish mumkin. 3. Antibiotiklarning
kuchi diffo
’zion usul bilan aniqlanadi. Buning uchun test-mikrobi Petri
kosachasidagi zich muhitga eqiladi. Sinalishi lozim bo
’lgan antibiotik metall yoki
shishadan yasalgan har xil xajmda tsilindrchalarga solinadi, so
’ng ular oziq betiga
botirib o
’rnatiladi. So’ngra Petri kosachalari termostatga qo’yiladi. Antibiotik
tsilindrchalar atrofidagi oziq muhitga diffuziyalanib mikrobni ustirmay kuyadi va
u qancha kuchli bo
’lsa, tsilindrchalar tevaragida mikrob o’smagan doira shuncha
keng bo
’ladi.
Kontrol uchun avvaldan kontsentratsiya miqdori aniqlangan antibiotikdan
olinib, ular ham Petri kosachasidagi oziq muhit betiga tsilindr bilan diffuziya
qildiriladi va bu kontrol tsilindrlar
tevaragidagi mikrob o
’smagan doiralarni sinash
uchun ekilgandagi hosil bo
’lgan doiralarni taqqoslab, antibiotikning kuchi aniq-
lanadi.
4. Diagnostik disklar bilan antibiotikning kuchi aniqlanadi. Buning uchun
antibiotik eritmasiga filtrlovchi qog
’oz botirilib, keyin u quritiladi va 0,5 sm
diametrli doira (disk) shaklida kesiladi. Qog
’oz diskdagi antibiotik bir sutka
ichida oziq muhitga diffuziya qilinib, disk tevaragida mikrobning o
’sishiga yo’l
bermaydi. Qog
’oz disk tevaragida usa olmagan doiraning diametri o’lchanib,
antibiotikning mikrobga kuchli yoki kuchsiz ta
’sir etganligi aniqlanadi. Agar
qog
’oz diskdan 15 mm narigacha mikrob o’sib chiqmasa antibiotikning mikrobga
kuchsiz ta
’sir etganligi ma’lum bo’ladi. Agar diskning diametri 15—25 mm gacha
bo
’lsa, antibiotik mikrobga ta’sir etgan, 25 mm dan oshiq diametrli doirada
mikrob o
’smagan bo’lsa, antibiotik kuchli ta’sir etgan deb hisoblanadi.
Kasallikni davolash va oldini olishda antibiotiklar maqsadga muvofiq
ravishda qo
’llanilmasligi natijasida ular organizmga yomon ta’sir ko’rsatishi
mumkin. Masalan, nerv sistemasiga streptomitsin va neomitsin gruppasiga
kiradigan antibiotiklar, qonga streptomitsin va levomitsin, jigarga biomitsin va
boshqa antibiotiklar qo
’llanilsa yomon ta’sir etadilar. Antibiotiklar uzoqvaqt
suvga aralashtirib ichirilsa hayvon ichak mikroflorasining odatdagi tarkibi keskin
o
’zgaradi va natijada disbakterioz yuz beradi. Disbakteriozda ichakdagi kasallik
qo
’zg’atuvchi mikroblar bilan bir qatorda organizm uchun foydali bo’lgan sut
kislotasi hosil qiluvchi mikroblar, ichak tayoqchasining foydali turlari va
boshqalar rivojlanishdan tuxtaydi. Bunday holda hayvon ichagidagi shartli, ya
’ni
zaharli stafilokokklar, ko
’k yiring tayoqcha kabi patogenli mikroblar aktivlashib,
sekundar ikkinchi bir kasallikni infektsiyani qo
’zgashi mumkin. Bunday hol ro’y
bermasligi uchun qo
’llaniladigan antibiotiklar aniq dozada berilishi, organizmning
holati va antibiotikning mikrobga ta
’siri aniqlanishi bilan bir qatorda, antibiotikni
o
’z vaqtida almashtirish yoki boshqa davolash usullarini qo’llanishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: