O
’SIMLIKLARDAN OLINADIGAN ANTIBIOTIKLAR
O
’simliklarning ham bakteriyalarni, sodda hayvonlarni va zamburug’larni
halok etadigan moddalar ajratish xususiyati aniqlangan. O
’simliklarda
antibiotiklarga o
’xshash moddalar borligini birinchi bo’lib sovet olimi B. P. Toqin
1928
—1930 yillarda isbotlagan va ularga fitontsidlar deb nom bergan.
Toqin dastlabki tajribalarini tubandagicha ifodalaydi: qayin daraxtining
bargini tezlik bilan maydalab, uning yoniga 2
—3 mm masofa buyum shishasida
sodda hayvonlar kulturasidan olingan tomchi qo
’yilsa, 20—25 mino’tdan so’ng
kesilgan bargdan gaz shaklida uchib chiqqan allaqanday narsalar ta
’sirida tomchi
suvdagi protozoalar uladi. Fitontsidlar o
’simlikning bargi, guli, ildizi va mevasida
bo
’ladi. Apelsin, limon, mandarin, oq terak, qora buldirgunlarning bargi va
boshqa ko
’p o’simliklarning tanasi yoki ildizi maydalanganda ham shunday natija
olish mumkin. Piyoz yoki sarimsoqni tug
’ralganda ham atrofga uchib tarqaluvchi
moddalari stafilokokk, streptokokk, sil tayoqchasi, Vast. perfringens va boshqa
bakteriyalarni halok qiladi. Yangi tug
’ralgan piyoz qarshisiga agarli oziq muhitga
eqilgan achitkilar (Saccharoncerevisaeyo) qo
’yilsa, ular darhol halok bo’ladilar.
Archa, karag
’ay va qayin daraxtlarining nina barglari ezib ivitilganidan
keyin uning bir tomchisini olib sodda hayvonlar joylashtirilgan boshqa bir tomchi
suvga ko
’chirilsa, ular darhol uladi.
Ko
’p o’simliklarning to’qima suyuqliklari ham shunday xususiyatga ega.
Masalan, shumurt daraxtining qish vaqtidagi qo
’rtaklari hovonchada yanchilib,
undan 0,1 g olib probirkaga solinsa va uning ustiga uy pashsha (Musca domestica)
laridan bir nechtasi qo
’yib yuborilsa ular darhol halok bo’ladilar.
Keyinchalik Toqin piyoz, sarimsoq, xren, gorchitsa, aloy (sabur), kichitki
o
’t, qora archa (mojjevelnik), pomidor bargi, ayiqtovon o’simliklarining bargida
fitontsidlar borligini aniqlagan. O
’simlikning yoshi, vegetatsiya davri, iqlim va
yashash sharoitiga qarab, fitontsidlarning aktivligi ham turlicha bo
’ladi. Fitontsid
yangi urilgan o
’simlikda ko’p, quritilgan o’simlikda kam bo’ladi. Fitontsidlarning
antibakterial va boshqa xususiyatlarini tekshirishda Toqin, Foy, Toroptsev,
Yanovich va yana bir qancha sovet olimlarining ilmiy ishlari diqqatga sazovordir.
Foy Trichomonas vaginalis nomli sodda hayvon quzg
’agan kasallikni piyoz
fitontsidi bilan davolagan.
Toqin rahbarligidagi bir gruppa olimlar fitontsidlarni ichak tayoqchasi,
proteus, oq stafilokokk, sartsina va lambliyalarda sinab, ularning bakteritsid
ta
’sirini isbotlagan.
Agar piyoz yoki sarimsoq 1
—3 mino’t chaynalgandan so’ng og’iz
mikroflorasi tekshirilsa, undagi mikroblar juda kamayadi (Toqin, 1951). Filatova
va Toroptsevlar yiringli yaralarni ham fitontsidlar bilan davolab yaxshi natijalarga
erishdilar. Yanovich sarimsoqdan sativin deb ataluvchi dori tayyorlagan. U
bakteritsid xususiyatiga ega bo
’lib, vabo vibrioni, difteriya bakteriyalari,
stafilokokk, paratif tayoqchasi, ichburug
’ bakteriyasi, protey va boshqalarni halok
etadi.
Amerikalik olimlar Kavellito, Beyli, Brukt va So
’terlar (1944—45 yillarda)
sarimsoqdan bakteritsid moddalar topib, unga «allitsin» deb nom berishgan.
Allitsin stafilokokkga, paratif, dizentereya tayoqchalari, vabo vibrioni va
boshqalarga bakteritsid ta
’sir etadi.
1948 yili Shtol va Zibik sarimsoqning fitontsidini sun
’iy yo’l bilan olgan va
uning formulasini aniqlagan. Fitontsidning ximiyaviy to
’zilishi hali to’liq
aniqlanmagan. Ba
’zi o’simliklarning fitontsidi gaz holida atrof muhitga tarqalib,
mikroblarni uldirishi mumkin. Masalan, Toqin, Kovalenko, Yanovichlar yosh
karag
’ayzor urmondagi xavo mikroflorasini tekshirib, u yer mikroblardan mutlaqo
holi ekanligini aniqlashgan.
O
’rta Osiyo o’simliklarining bir qismigina tekshirilib, ularning fitontsidlik
xususiyatlari aniqlangan, lekin ko
’pchilik o’simliklarning fitontsidlari hali to’liq
tekshirilmagan, ularni tekshirib meditsina va veterinariya sohasida ulardan
foydalanish usullarini aniqlash kelajakdagi muhim vazifa hisoblanadi. Fitontsidlar
asosan yiringli protsesslarni mahalliy davolashda qo
’llaniladi. Keyingi yillarda
sovet olimlari bir necha yuz o
’simlik turlarini urganib, ularning 60 tasidan allitsin,
sativin, tomatin, protoanillin va boshqalar kabi kristall holidagi juda aktiv
fitontsidlarni topgan. Bular qo
’shimcha sarimsoq, pomidor va ayiqtovon
barglarida ko
’p bo’ladi.
Antibiotiklar mikroorganizmlarga tanlab, ya
’ni har bir antibiotik muayyan
bir turdagi mikrobga ta
’sir etadi. Masalan, bir xil antibiotiklar gramm-
musbatlarga, ikkinchisi gramm-manfiylarga va uchinchi turi esa ham gramm-
musbat, ham gramm-manfiy mikroblarga ta
’sir qiladi. Zamburug’larga ta’sir etib,
bakteriyalarga ta
’sir etmaydigan antibiotiklar ham bor.
Keyingi yillarda polimiksin, kolimitsin, bitsillin, bivetin, vitaminli
propomitsilin va boshqalar kabi bir qator antibiotiklar tayyorlandi, ular buzoq va
cho
’chqa bolalarining oshqozon-ichak kasalliklarini davolashda va kasallikning
oldini olishda yaxshi natija berdi.
Ayrim aktinomitsetlar (Actinom. luridus) lyurizin deb ataladigan antibiotik
hosil qiladi. Bu antibiotik gripp virusiga va ayrim faglarga ta
’sir etadi (N.
Krasilnikov ma
’lumoti).
Imanin nomli antibiotik tamaki bargining mozayka kasalini qo
’zg’atuvchi
virusga ta
’sir etadi va ayrim o’simliklarning rivojlanishiga yordam beradi (AN
USSR). Bundan tashqari, gripp, qizamiq, chechak, poliomielit, entsefalitga
o
’xshash viruslarga ta’sir etuvchi interferon olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |