Turar joy havosida patogen mikroblardan sil tayoqchasi, kuydirgi va
qoqshol sporalari, pnevmokokk, gazli gangrena qo
’zg’atuvchisi, stretokokk,
stafilokokk va boshqalar uchraydi. Bunday havo bilan nafas olgan odam va
hayvonlar u yoki bu infeksiya bilan kasallanishi mumkin. Patogen mikroblarning
juda ko
’p qismi yopik bino havosida, yaxshi shamollatilmaydigan, qorongi,
hayvonlar zich joylashgan binolar
havosida to
’planadi.
A.K. Sqoroxodko molxonaning 1 litr havosida 121 dan 2530 gacha
bakteriya topgan. Poldan 5 sm dan to 20 sm balandlikdagi 1 litr havoda o
’rta
hisob bilan 980 bakteriya borligi aniqlangan.
Molxona havosining turli qismida mikroblarning miqdori turlichadir.
Mikroblar
hayvonlar turadigan yerda, ya
’ni binoning urta
qismining havosida juda
ko
’p bo’lib, devor yonlarida ozroq, eshik oldi havosida esa juda ham nam bo’ladi,
chunki u yerga doimo toza havo kirib turadi. Molxona havosidagi mikroblar
mollarga dagal hashak berilganda, ularning tanasi tozalanganda, binoni
tozalaganda ko
’payadi.
Yirik sanoat shaharlarining havosida mikroblar ko
’p bo’lib, kishlok
havosida oz bo
’ladi; urmon, bog, yaylovlarning havosida, ayniqsa, daryo, okean
va qorli tog chukkilari havosida
mikroblar birmuncha kam bo
’ladi.
Voytkevich ma
’lumotiga ko’ra 1 m
3
havodagi mikroblarning soni
qo
’yidagicha:
Uy hayvonlari turadigan hovlida 1 mln dan 2 mln gacha.
Odam yashaydigan xonada 20 minggacha.
SHahar ko
’chasida 5 minggacha.
SHahar istiroxat bogida 200 gacha.
Dengiz havosida 1
—2 dona.
SHimoliy kutb havosida (73° shimolda) 1 dona (10 m
3
havoda).
SHimoliy kutb havosida (80° shimolda) 0.
Havoning pastki qatlamiga nisbatan, yuqori qatlamida mikroblar kamroq
uchraydi. Masalan, Moskva shahrining 500 m balandlikdagi 1 m
3
havosida 2
—3
mikrob uchraydi, 1000 m balandligida 1,5 mikrob, 2000 m balandlikda esa 0,5
mikrob uchraydi. Moskvadan 5
—7 km chetda xuddi shu balandlikdagi
mikroblardan 3
—4 marta oz bo’ladi (E. N. Mishustin). Havodagi mikroblarning
ko
’p-ozligiga yil fasllari ham ta’sir etadi. yomg’ir va qor yoqqandan keyin
havodagi mikroblarning soni ancha kamayadi. yozdagiga qaraganda qishda
mikroblar kam bo
’ladi. Havodagi mikroblarning oz-ko’pligi har xil usullar bilan
aniqlanadi. Bu usullar mikrobning umumiy miqdorini yoki turlarini aniqlashga
moslashgan. Kox usuli: bunda bir necha Petri kosachasiga 15
—20 ml eritilgan
go
’sht-pepton agari qo’yiladi va ular kotgandan sung uyning burchaklariga va
o
’rtasiga qo’yib qopkog’i 5—10 minutga ochib qo’yilsa, uy havosidagi mikroblar
chang bilan birga kosachaga utiradi. Sungra kosachalarning qopqog
’i yopiladi va
37° issiqtermostatga bir necha kunga kuyiladi, ana shunda muhit betiga tushgan
mikroblar usadi hamda kosachaga qancha mikrob tushgan bo
’lsa, shuncha
koloniya hosil qiladi. Koloniyalarni hisoblab havoda taxminan qancha mikrob
borligi va koloniyalarni tekshirish necha turli mikrob mavjud ekanligini bilish
mumkin. Havo mikroflorasini Krotov
— shafir apparati yoki Mikel naychasi bilan
ham tekshirish mumkin. Bu apparat bilan sm
3
, m
3
havo mikrob usadigan oziqka
yunaltiriladi, keyin oziqda paydo bo
’lgan koloniyalarning hisobi olinadi va
mikroblarning umumiy miqdori aniqlanadi. Havoda patogen mikroblar borligini
aniqlash uchun har qaysi mikrobga o
’ziga xos elektiv oziq (masalan, paratif
kasalligini qo
’zg’atuvchi mikrob uchun hayvon uti qo’ushilgan oziq) tayyorlanadi
yoki sezgir laboratoriya hayvonlariga yuqtirib ko
’riladi. Havoda mikroblarning
ko
’p miqdorda bo’lishi binoning sanitariya qoidalariga hisob holatda ekanligidan
(havo almashinuvi yomonligi, hayvonlarning zich joylashishi va boshqalardan)
darak beradi. Masalan: turar joy binosining 1 m
3
havosida 500-1000 dona
bakteriya bo
’lishi havoning juda ham ifloslanganligini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: