DISSOTSIATSIYA - PARCHALANISH
Mikrob laboratoriya sharoitida o
’stirilsa, ba’zan bir mikrob shunday
o
’zgaradiki, uning odatda hosil qiladigan koloniyasi ikki xil bula boshlaydi.
Mikrob odam, hayvon, o
’simlik organizmida, tuproq va suvda yashaganida ham
bunday hol ro
’y berishi mumkin. Mikrob koloniyasining o’zgarib ikki xillanishi
va shu bilan birga mikrobning boshqa xususiyatlarining ham o
’zgarishi
dissotsiatsiya (parchalanish) deyiladi.
Dissotsiatsiyaga uchragan mikrob koloniyasini Petri kosachasidagi zich
oziq muhitidan ajratib olish mumkin. Organizmdan yangi ajratib olingan
mikrobning koloniyasi shaklan yumalok, cheti tekis, yuzasi silliq va namroq
bo
’ladi. Bunday koloniyalar silliq, ya’ni «S» shakli dagi koloniyalar deyiladi.
Agar mikrob o
’zgargan bo’lsa, koloniyasining yuzasi chutir, cheti bir joyda
burtib chiqib, boshqa yerda kam tukli bo
’lib, koloniya quruqroq, suvsiz ko’rinadi.
Bunday koloniya «R» shaklidagi, ya
’ni chutir koloniya deyiladi.
«S» va «R» shaklidagi ikki xil koloniyadan o
’stirib olingan kulturalar bir-
biridan ancha farq qiladi. Koloniyasi «S» shaklida bo
’lgan bir mikrob «R»
shakliga o
’tishi bilan uning morfologik, kultural, antigenlik va patogenlik
xususiyati ham o
’zgaradi.
Mikrob o
’zgarib «S» shaklidan «R» shakliga o’tganda ba’zan oval shaklida
koloniya hosil qilish i mumkin. Oval shaklidagi koloniya «S» va «R»
shakllarining oralig
’idagi koloniyadir. Ba’zan «S» shaklidagi mikrob koloniyasi
o
’zgarib, pastak, juda kichik «g» shaklidagi koloniya hosil qiladi. Ayrim vaqtlarda
shilimshiq «M» shaklidagi mukoidli koloniyalar hosil bo
’lishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan misollar muhit ta
’sirida mikrobning morfologik,
kultural va boshqa xususiyatlarning qanchalik o
’zgarishi ni ko’rsatuvchi dalildir.
«S»
shaklidagi
koloniyali
kulturaning
harakteristikasi
mikroorganizmlarning barcha turi uchun xos emasdir. Masalan, sil bakteriyasi,
kuydirgi batsillasi, kartoshka va xashak tayoqchalari hamda boshqa ayrim
bakteriyalarning oziq muhitlarda chukma yoki burishgan parda hosil qilib, o
’sishi
va muhitning tiniq holda qolishi normal holat hisoblanadi.
Mikrobning dissotsiatsiya bo
’lib, «S» shaklidan «R» shaklidagi koloniyaga
aylanishi va qator xususiyatlarning o
’zgartirishi Micho’rin nuqtai nazaridan
qaraganda mikrobning sharoitga moslanishidan kelib chiqadigan tabiiy holdir.
Lenin bir qator tekshiruvchilar (Gedli, Lens, Almkvist va boshqalar)
mikroblarning o
’zgarishi ni va dissotsiatsiya hodisasini idealistik nuktai nazardan
tushuntirib, mikrobning muhit ta
’sirida o’zgarishi ni inkor etishga o’rinadilar. Bu
hodisalarni ular moxiyati jihatidan monomorfizm nazariyasidan juda kam farq
qiluvchi tsiklogeniya nazariyasi bilan tushuntirmoqchi bo
’ldilar.
Tsiklogeniya nazariyasiga ko
’ra mikrob doimiy shaklga ega, mikrobda
kuriladigan dissotsiatsiya hodisasi muhitning ta
’siri emas, balki mikrob uz
hayotida ma
’lum davrga yetganda dissotsiatsiya bo’lishi kerak, deb hisoblashadi,
ya
’ni mikrob hayotida bir necha davr bor emish. Bir davrdagi mikrob ikkinchi
davrga o
’tganda uning shakli, koloniyalari va boshqa biologik xususiyatlari
o
’zgarar emish. Tsiklogeniya nazariyasi tashqi muhit ta’sirida mikrobda yangi
shakllar paydo bo
’lishini va mikrobda yangi paydo bo’lgan xususiyatlarning
nasldan-naslga utib rivojlanganda ularda evolyutsiya jarayoni bo
’lishini inkor
etuvchi yanglish, idealistik nazariyadir. Bu, odam uz ixtiyori bilan mikrobni
o
’zgartirib, patogenli mikroblardan tirik vaktsinalar tayyorlashga yo’l topgan bir
davrda fan yangiliklariga qarshi qo
’yilgan nazariyadir. Keyingi paytlarda bunday
gayri nazariyalarga qarshi fan sohasida juda ko
’p ma’lumotlar to’plandi. Bular
mikrobning muhit ta
’sirida o’zgarishini, natijada mikroorganizm sharoitga
moslashib, ya
’ni adaptatsiya qilinishi va yangidan paydo bo’lgan xususiyatlar
nasldan-naslga o
’tishini isbotladi, masalan, Penicillium mog’origa ultrabinafsha
nurlari bilan ta
’sir etilsa, odatdagi Penicillium mog’origa nisbatan unda yuz marta
oshiqroq penitsillin hosil qiladi. Qishloq xo
’jaligi sohasida mikroblarni foydali to-
monga o
’zgartirib, ulardan foydalanish usullari topilgan.
Mikroblarning yangi yashash sharoitiga moslashishi adaptatsiya deyiladi.
Har xil mikrob turlarida bu moslanish har xil tezlikda ,bo
’ladi va paydo bo’lgan
yangi xususiyatlar nasldan-naslga beriladi. Agar mikroorganizm yangi sharoitga
moslasha olmasa, u halok bo
’ladi.
Neysser, Massini, Luriya, Delbruk va boshqa olimlarning tekshirishiga
ko
’ra adaptatsiyalanuvchi mikrob kulturalarida alohida tabiiy hosil bo’lgan
hujayralar
— mutantlar bo’lib, antibiotikli oziq, muhitida boshqa hujayralarga
nisbatan tez rivojlanish xususiyatiga ega. Bunday mikrob kulturalarini tarkibida
antibiotikning mikdori oshirilib boradigan oziq muhitlarga qayta-qayta ekish
natijasida ushbu antibiotikka yuqori darajada chidamli mikroblar hosil bo
’ladi.
Bunday holda ikki jarayon
— ya’ni mutatsiya va selektsiya ro’y beradi.
Patogenli mikroblarning ayrim turlari har xil dorilarga (antibiotiklarga) tez
moslasha oladilar. Buning natijasida bu dorilar davolash xususiyatini yo
’qotadi.
Ko
’pchilik mikroblar penitsillindan o’zini himoya qilish uchun penitsillinaza
fermentini ishlab chiqaradi. Moslashgan fermentlar ishlab chiqarish organizmning
o
’zgaruvchanligini ko’rsatadilar.
Organizmning biror xususiyatida yoki belgisida to
’satdan hosil bo’ladigan
o
’zgarish mutatsiya deyiladi va bu nasldan-naslga beriladi. Bu o’zgaruvchanlik
ayrim tashqi omillarning ta
’siri ostida birdaniga hosil bo’ladi. Ayrim
tekshiruvchilar bakteriya mutantlarini ikki kategoriyaga bo
’ladilar. 1. Tabiiy
o
’zgarish. 2. Sun’iy o’zgarish; bunda turli radiatsiyalar (rentgen, ultrabinafsha
nurlari), ximiyaviy moddalar (spirt, azot kislotasi, xlorli marganets va boshqalar)
va temperaturaning ta
’sirida o’zgaradi. Yangi usullardan foydalanib oqsil
molekulasidagi aminokislotalarni istagan tomonga o
’zgartirib mikrob kulturasini
hosil qilish mumkin. Masalan, bakteriya hujayrasiga azot kislotasi bilan ta
’sir etib
nukleotiddagi bir juft azotli asosning adinin-timinni tsitozin-guanin bilan
almashtirish mumkin. Bunday o
’zgarish mutatsiyaga olib keladi, natijada
mikrobning belgi va xususiyatlari o
’zgaradi. Irsiy belgilarning o’zgarishi tashqi
(muhit sharoiti) va ichki (moddalar almashinuvi) omillar ta
’siriga bog’liq bo’ladi.
Masalan, ma
’lum miqdordagi ultrabinafsha nurlari bilan ta’sir etilgan ichak
tayoqchasining
DNKsi
o
’zgaradi, buning sababi nurlanish natijasida
fermentlarning sintezlash jarayoni sekinlashadi yoki xlorli marganets mutagen
omil sifatida DNKga ta
’sir etmay, balki hujayradagi moddalar almashinish
jarayoniga ta
’sir etadi, natijada hujayraning xususiyati o’zgaradi.
Keyingi yillarda mikroblarni nurlantirish va ularning ximiyaviy selektsiyasi
taraqqiy etmokda. Masalan, nurlantirish usuli bilan antibiotiklar tayyorlash uchun
maxsus mutantlar qo
’llaniladi. Bundan tashqari, nurlantirish bilan ferment,
vitamin, qimmatbaho oziq aminokislotalar va o
’stiruvchi moddalarni tayorlashda
qo
’llaniladigan mutantlar ajratilmokda. Nurlantirilgandan keyin foydali
mutantlarni ajratib bo
’lmaydi, buning uchun iurlangandan so’ng bir necha yuz
mutantlar ustida morfologik va fiziologik tekshirishlar olib borildi. Tekshirish
uchun kerakli mutant tanlanadi. Bu ishni bajarish juda ko
’p vaqt talab qiladi,
ammo tanlangan mutant sanoat ishlab chiqarishida o
’zini bir necha yuz marta
oqlaydi. Masalan, hozirgi vaqtda faqat penitsillin tayyorlash uchun qo
’llaniladigan
mutantlar o
’rniga yovvoyi kulturalar qo’llanilib, ishlab chiqilgan mahsulot uchun
yuzdan ortiq zavod ishlagan bo
’lur edi.
Mutagenlar yordamida boshqa xech qanday moddalar bilan almashtirib
bo
’lmaydigan lizin va glyutamin kislotasini ishlab chiqarishda katta yutuqlarga
erishildi. Masalan, 1963 yilda Yaponiyada mutagenlar yordamida 48 ming tonna
kristall holdagi glyutamin kislotasi ishlab chiqarilgan. Mutagen mikrob kulturasi
yovvoyi kulturaga nisbatan glyutamin kislotasini 300 marta tez ishlab chiqaradi.
Dissotsiatsiya,
adaptatsiya,
mutatsiya
va
boshqa
mikroblarning
o
’zgaruvchanligining mexanizmi ularning genetik sistemasiga bog’liq degan
xulosaga kelinmokda. Ayrim olimlar o
’zgaruvchanlikning barcha shakllari
mutatsiyadan kelib chiqqandir deyishadi. Bu to
’g’rida ko’p tekshirishlar olib
borilmokda.
Do'stlaringiz bilan baham: |