Dizel dvigatellari ta`minlash tizimini diagnostikalash. Ta`minlash tizimini diagnostikalash tizimni germetikligini, yonilg`i va havo filtrlari holatini, yonilg`i so`rish nasosini, yuqori bosim yonilg`i nasosini va forsunkalarni tekshirishni o`z ichiga oladi.
Ta`minlash tizimi germetikligi alohida o`rin tutadi, chunki tizimni kirish qismida (yonilg`i bakidan yonilg`i so`rish nasosigacha) havoni so`rishi yonilg`i uzatish apparaturasini ishini buzilishiga olib keladi, tizimni qolgan qismini (yonilg`i so`rish nasosidan to forsunkagacha) germetiksizlanishi esa yonilg`i sizib chiqishiga va yonilg`ini ortiqcha sarflanishiga olib keladi.
YOnilg`i magistralini kirish qismini germetikligi maxsus asbob-bachok yordamida tekshiriladi. YOnilg`i magistralini yoqori bosim ostidagi qismini qo`l bilan ishlatiladigan yonilg`i nasosini qo`l bilan ishlatish yoki tirsakli valni kichik aylanalarida dvigatelni ishlashida nazorat qilish bilan tekshirish mumkin.
YOnilg`i va havo filtrlari holati kuzatish bilan tekshiriladi.
YOnilg`i so`ruvchi nasos va yuqori bosim yonilg`i nasosi (YUBYON) dizel yonilg`isini uzatuvchi SDTA apparaturasida tekshiriladi. Stendda soz yonilg`i so`rish nasosini tekshirishda va sozlashda berilgan bosimga qarshi va bosimda (YAMZ-236 dvigateli uchun stend valigini 1050 aylanasida berilgan bosimga qarshi 150-170 KPa va yonilg`i kanali to`la yoiq bo`lganda bosim 380 KPa da yonilg`i nasosini unumdorligi 2,2 l/min bo`lishi lozim) yonilg`i kanali to`la yoiq bo`lganda ma`lum unumdorlikka ega bo`lishi lozim.
YOqori bosim yonilg`i nasosi dvigatel tsilindriga yonilg`ini uzatishni boshlanishi, tekis taqsimlanishi va uzatishni miqdori bo`yicha tekshiriladi. YOnilg`ini uzatishni boshlanishini aniqlash uchun nasosni chiqish shtutseriga o`rnatilgan ichki diametri 1,5...2,0 mm li shisha quvurli momentosko va nasos valiga qotirilgan graduslangan disk (limb) ishlatiladi. Stend valigini aylantirganda nasos sektsiyasi yonilg`ini momentosko quvuriga uzatadi. Birinchi tsilindr quvurida yonilg`ini harakatlanishini boshlanish lahzasini graduslangan disk bo`yicha belgilanadi. Bu holat nol, ya`ni hisobni boshlanishi deb qabul qilinadi. Keyingi tsilindrlarga yonilg`ini uzatilishi tsilindrlarni ishlash tartibiga (KamAZ-740 dvigatelini ishlash tartibi 1-5-4-2-6-3-7-8) mos ravishda valikni burilishini ma`lum burchaklari orqali amalga oshiriladi. YOnilg`ini beshinchi tsilindrga uzatishi 45 gradusda, keyingi tsilindrlarga yonilg`i uzatish 4 (4-sektsiya)-900, 2 (5-sektsiya)-1350, 6 (7-sektsiya)-1800, 3 (3-sektsiya)-2250, 7 (6-sektsiya)-2700, 8 (2-sektsiya)-3150 amalga oshiriladi. Bunda har bir sektsiyani yonilg`ini uzatishni boshlanishi birinchi sektsiyaga nisbatan oralig`i 0,50 kop bo`lmasligi lozim.
Stendda sinashda nasosni har bir seksiyasini tsilindrga uzatayotgan yonilg`i miqdori o`lchov menzurkasi yordamida aniqlanadi. Buning uchun nasos stendga o`rnatiladi va elektrodvigatel yordamida stend valigi harakatga keltiriladi. YUBYON soz va rostlangan forsunkalar komplekti bilan birgalikda sinovdan o`tkaziladi. Bunda yonilg`i uzatish miqdori (lunjerni bitta yo`lida sektsiya uzatadigan yonilg`i miqdori) KamAZ-740 dvigateli uchun 72,5...75,0 mm3g`tsikl ni tashkil etadi. Nasosni yonilg`i uzatishni notekisligi 5 foizdan oshmasligi lozim. YOnilg`ini notekis uzatish quyidagi formula bilan aniqlanadi:
,
bu yerda - maksimal unumdorlik bilan sektsiyani tsiklli uzatmasi;
- minimal unumdorlik bilan sektsiyani tsiklli uzatmasi.
Dizel dvigateli forsunkasini NIIAT-1609 stendida germetiklikka, ninani koptarilishini boshlanishidagi bosimga va yonilg`i purkash sifatiga tekshiriladi. Nasos sektsiyasini lunjeri ishang yordamida qo`lda harakatga keltirildai. Forsunkani germetiklikka tekshirish uchun uni rostlash vinti tortiladi, shundan so`ng stendni nasosini sektsiyasi yordamida unda 30 MPa gacha bosim hosil qilinadi va bosimni 30,0 dan 23,0 MPa gacha tushish vaqti aniqlanadi. yeyilgan forsunkalar uchun bosimni tushish vaqti 5 soniyadan, yangi purkagichli forsunkalar uchun esa 20 soniyadan kam bo`lmasligi lozim. Forsunka ninasini koptarilishini boshlanish bosimini nasos sektsiyasini bosimi oshiriladi va uni miqdori aniqlanadi. KamAZ dvigatellarini forsunkasida yonilg`ini purkash 17,6 MPa bosimda, YAMZ-236 va YAMZ-238 dvigatellarida esa 14,7q0,5 MPa boshlanadi.
Ishlayotgan dvigatelda ninani koptarilishini boshlanishini maksimetr yordamida aniqlash mumkin. Bu asbob ishlash tamoyili bo`yicha forsunkaga o`xshash, lekin rostlash gaykasida nonius shkalali mikrometr qurilmasi mavjud bo`lib, ninani koptarilishini boshlanishi bosimini belgilaydi. Maksimetr yuqori bosim yonilg`i nasosi sektsiyasi va tekshirilayotgan forsunka orasiga o`rnatiladi. Forsunka va maksimetr bilan yonilg`i bir vaqtda purkalishiga erishilganda maksimetrni holati bo`yicha u qanday bosimda sodir bo`lganligi aniqlanadi.
NIIAT-1609 asbobi yordamida forsunkani purkash sifatini ham tekshirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |