Dizelli dvigatellarni ta`minlash tizimiga TXK va ta`mirlash texnologiyasi
Asosiy nosozliklari: ta`minlash tizimini germetiksizlanishi, yonilg`i baki va yonilg`i uzatgichlardan yonilg`ini oqishi, yonilg`i va havo filtrlarini ifloslanishi. Dizelli dvigatellarni ta`minlash tizimida koproq uchraydigan nosozliklar yuqori bosim yonilg`i nasosi lunjer juftini va forsunkani yeyilishi va sozligini buzilishi hamda bu agregatlarni germetikligini buzilishidir. Bundan tashqari forsunkani teshik larini yeyilishi, ularni ifloslanishi va kokslanishidir. Bu nosozliklar yonilg`ini uzatishni boshlanish momentini o`zgarishiga, yonilg`i nasosini uzatilayotgan yonilg`i miqdori va burchagi bo`yicha notekis ishlashiga, forsunkani yonilg`ini purkashini yomonlashuviga olib keladi.
Sanab o`tilgan nosozliklar natijasida yonilg`i sarfi kopayadi va ishlatilgan gazlar zaharliligi oshadi.
Ta`minlash tizimi nosozliklarini diagnostikalash belgilari qo`yidagilardir: dvigatelni ishga tushirish qiyinlashadi, yuklamada yonilg`i sarfi kopayadi, dvigatelni quvvati kamayishi va uning qizishi, ishlatilgan gazlarni tarkibini o`zgarishi va zaharliligini kopayishi.
Ta`minlash tizimini diagnostikalash yo`lda va stendda sinash hamda ularni qismlarga ajratgandan so`ng mexanizm va tarmoqlarni texnik holatini aniqlash bilan o`tkaziladi.
YOnilg`i sarfi avtomobillarni tekis, harakat jadalligi va shamol tezligi minimal bo`lgan mayatnik yo`nalishi tanlab olingan 1 km li yo`lda aniqlanadi. Bunda yonilg`i sarfi miqdori hajmli yonilg`i sarfi o`lchagichida o`lchanadi.
Ishlatilgan gazlarni tutunliligi ishlatilgan gazlarni otik zichligi bilan baholanadi (DAST 21393-75). Bu ishlatilgan gaz tarkibidagi qurum va boshqa nur yutuvchi disers zarrachalarni yutgan nur miqdori bilan baholanadi. U asbob shkalasi bo`yicha aniqlanadi. Asbobni asosi nur oqimi kesib o`tadigan shishali quvurdan iborat. Nur yutish darajasi ishlatilgan gazlarni tutunligiga bog`liq.
Koprinib turibdiki, tekshirilayotgan gazlarni olish resiver orqali dvigatelni chiqarish quvuriga ulangan o`lchagich quvuriga o`rnatilgan gazolgich yordamida amalga oshiriladi. O`lchagich quvuridagi bosimni oshirish uchun lozim bo`lganda u zaslonka bilan jihozlanishi mumkin.
Tutunlilik ta`mirdan so`ng TXK da yoki turgan avtomobilda yonilg`i apparaturasini sozlashda dvigatelni ikkita ish tartibida o`lchanadi. Salt yurishda, ya`ni erkin tezlanishda (tirsakli valni minimal aylanishlaridan maksimal aylanishlariga tezlatish) va tirsakli valni maksimal aylanishlarida.
Ishlatilgan gazlarni tutunliligi KamAZ, MAZ va KrAZ avtomobillari uchun salt yurishda 40 foizdan, tirsakli valni maksimal aylanishlarida esa 15 foizdan oshmasligi lozim.