3
SERQIRRA IJODKOR
M.T.XODJIYEV,
Guliston davlat universiteti rektori
XX asr o‗zbek adabiyotining yirik vakillaridan biri Erkin Vohidov ijodi
o‗ziga xosligi va ko‗p qirraligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Uning ijodiyotini
qamrab olgan milliylik, odamiylik, falsafiylik, tarixiylik kabi ezgu g‗oyalar
tamoyili beixtiyor kitobxonni poetik mushohadaga chorlaydi. Hayot haqiqatini
murakkabligi va to‗lig‗icha, ziddiyatlari bilan boricha namoyon etish, o‗tkir
ijtimoiy masalalarni dadil ko‗tarib chiqish, ma`naviy va jismoniy ruh erkinligini
badiiy tasvirlash shoir ijodiyotining asosiy xususiyatlaridan biridir.
E.Vohidov ijodi ham tadqiqotchilarni o‗ziga chorlashda davom etganligi
ushbu to‗plamdagi maqolalar zalvoridan ayonlashadi. E.Vohidov ijodini o‗rganish
yillar o‗tgan sayin yangicha qirralari kashf etilishi orqali diqqat markazidan
tushmay kelayotir.
Shoir she`riyati XX asr oxiri va XXI asr boshlari lirikasida o‗z o‗rniga
egaligi bilan o‗ziga xoslik kasb etsa, adibning ―Nido‖, ―Ruhlar isyoni‖ kabi
poemalari, ―Oltin devor‖ komediyasi badiiy saviyasi yuqoriligi, xalqimizning sevib
mutolaa qiladigan asarlariga aylanib qolganligi bilan ajralib turadi. E.Vohidovning
publitsistik asarlari orqali uning ko‗p sohalar bilimdoni ekanligi, mumtoz
adabiyotni, xususan, Navoiy ijodiyotini chuqur o‗rganganligi, jahon adabiyoti
bilimdoni ekanligi anglashiladi.
Ushbu to‗plamdan Erkin Vohidov ijodining badiiy-estetik xususiyatlarining
ahamiyati har tomonlama tadqiq etilgan maqolalar o‗rin olgan. Respublikamizning
ko‗zga ko‗ringan adabiyotshunos va tilshunos olimlari,
o‗qituvchilari,
tadqiqotchilari, magistrlari va talabalar tomonidan yozilgan maqolalarda Erkin
Vohidov shaxsiyati va badiiy ijodi turfa jihatlariga ko‗ra o‗rganilgan.
To‗plamdagi maqola va tezislar shartli ravishda to‗rt sho‗ba asosida
saralangan. 1-sho‗‘ba ―Erkin Vohidov ijodiyotining badiiy-estetik xususiyatlari‖
deb nomlanib, unda adabiyotshunoslikka doir maqolalar adibning badiiy ijod
namunalariga munosabat va ularni tadqiq etish asnosida yuzaga kelganligi
anglashiladi.
2-sho‗ba ―Erkin Vohidov ijodiyotining ta`lim bosqichlarida o‗rganilishi‖ deb
nomlanadi. Unda ta`lim bosqichlarida Erkin Vohidov asarlarining ta`limning
maktab ta`limi, o‗rta maxsus ta`lim va oliy ta`limda o‗rganilishiga doir maqolalar
o‗rin olgan.
3-sho‗ba esa ―Erkin Vohidov ijodiyoti tadqiqi masalasi‖ deb nomlanib, unda
Erkin Vohidov ijodiyotini har jihatdan tadqiq etilishi masalasi, xususan, uning lirik
liro-epik, dramatik va publitsistik asarlari tadqiqiga bag‗ishlangan maqolalar o‗rin
olgan.
―Badiiy adabiyot shakllanishining va rivojlanishining dolzarb masalalari‖
nomli 4-sho‗bada esa ushbu sohaga doir dolzarb masalalarni qamrab olgan turli
tadqiqotlar o‗rin olgan.
4
Shoir asarlarining o‗rganilmagan jihatlari hali talaygina. Bu haqida maqola
mualliflarining ko‗pchiligi eslatib o‗tgan. Ushbu to‗plam E.Vohidovday zabardast
ijodkorning shaxsiyati, asarlarini o‗rganish yo‗lidagi yana bir tadqiqlar jamlanmasi
bo‗lib, bu an`ana yana ko‗p yillar davom etishiga ishonch bildiramiz. To‗plam
E.Vohidov asarlari tadqiqi bilan qiziqqanlarga ko‗p jihatdan manzur bo‗ladi, degan
umiddamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: