natijada asar mazmuni ancha tushunarsiz holatga kelib qolgan. Bu o‗rinda tarjimon
qilganida asliyat matniga yaqinroq ma`no kasb etgan bo‗lardi. Tarjimon tomonidan
mahalliy koloritga bu kabi putur etishi asliyat asarini sun‘iy ravishda o‗z milliylik
xususiyatini, qolaversa, qadri va durdonaligini (albatta durdona asargina boshqa
443
Ko‗rinib turganidek, asliyatdagi
Requiem
realiyasini rus tarjimoni
V.Verxovskiy rekviemligicha qoldirgan, qolaversa, bu so‗z rus xalqiga yot ham
emas. Requiem – rekviem, ya`ni katoliklar cherkovida o‗qiladigan motam ibodati
(FO‗L). Xo‗sh, mutarjim Davron tomonidan amalga oshirilgan tarjimada bu
realiyani
janoza
deb olish to‗g‗ri bo‗ladimi? Qaysidir ma`noda to‗g‗ri ham deylik,
lekin xristian dinida janoza o‗qiladimi? Xristianlar rikviem ibodatini amalga
oshirishadi. Lekin rekviemni janoza bilan almashtirib bo‗lmaydi, nega deganda,
ular boshqa-boshqa dinlarga xos so‗zlar hisoblanadi. Janoza – faqat islom dini
(musulmonlar)gagina xos realiya. Har bir millatda faqat shu xalqning urf-odatlari
bilan bog‗liq turli realiyalar mavjudki, bu kabi predmetlar nomlarini boshqa tilda
ekvivalentar tarjimada berib bo‗lmaydi, degan nazariyaga asoslanib, bu o‗rinda
tarjimon transkriptsiya va transliteratsiya usuliga yondashib,
Rekviem
o„qilgandan
keyin...
deb tarjima qilib,
rekviem
so‗zining izohi ixtibosda keltirilganda adekvat
tarjimaga da‘vo qilishi mumkin edi.
Yana bir misol:
–
Ah! ah! Vous avez fait fête à votre neveu...
(
Eugenie Grandet, p. 78
).
–
Ege! Vo„ ustroili praznik plemyanniku
...(
Evgeniya Grande, str.125
).
–
Ehe! – Jiyanimiz kelganiga hayit qilib yuboribsiz-ku
! (
Evgeniya Grande,
81
)
Bu gapdagi
fête
so‗zini realiya deyish aslida xato, chunki bu so‗z barcha
tillarda mavjud; rus tilida –
prazdnik
, o‗zbek tilida –
bayram, bazm
deb tarjima
qilinadi. Lekin asarni jiddiy kuzatishlar bilan tahlil qilganimizda shu narsa aniq
bo‗ldiki, yuqoridagi misollar
fête
–
prazdnik – hayit
deb tarjima qilingan. Hayit
so‗zi ham musulmonlar olamiga xos, bundan tashqari, asar frantsuz millatiga
tegishli va bu gap janob Grande tilidan yangrayapti. Shuning uchun
hayit qilib
yuboribsiz
komponentini
bayram qilib yuboribsiz
tarzida o‗girilsa to‗g‗riroq
bo‗lardi.
Keltirilgan misollarimizning o‗zidayoq diniy realiyalarni o‗zbek tilida
berishning ma`lum tamoyillari yo‗qligidan darak berib turibdi. Diniy realiyalar
tarjimasi borasida R.Shirinovaning shunday fikrlari bor: Tarjimonlarning asliyat
tilida so‗zlashadigan xalq amal qiluvchi diniy ta`limot va uning tarixini yaxshi
bilmasliklari, katolik cherkov tuzilishi hamda xristian diniy marosimlari va
kundalik amaliyotidan etarli xabardor emasliklari bilan izohlanadi. Natijada, bu
muammolarni har bir tarjimon o‗z tarjima printsiplaridan kelib chiqib, o‗zicha hal
qiladi. Diniy realiyalar borasidagi bu xilma-xillik tarjimaning sifatiga ta`sir qilib
qolmay, o‗quvchida u yoki bu xalqning e`tiqodiy odat va marosimlari xususida
noto‗g‗ri tasavvur uyg‗otadi, uni chalg‗itadi. Bu hol diniy realiyalar tarjimasi bilan
bog‗lik xilma-xillikka chek qo‗yib, bu borada muayyan me‘yorlarni belgilab
olishni taqozo qiladi
Asar tarjimasida bu kabi kamchilik bilan bir qatorda uning yutuqlari ham
talaygina. Bulardan biri, O.de Balzak asarlarida tez-tez uchraydigan
Do'stlaringiz bilan baham: