Zbekiston respublikasi oliy va o ‗ rta maxsus ta`lim vazirligi


XALQ OG„ZAKI IJODIDA ALISHER NAVOIY OBRAZI



Download 4,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet239/292
Sana03.01.2022
Hajmi4,25 Mb.
#313213
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   292
Bog'liq
Erkin Vohidovning so`z qo`llash mahorati-To`plam

XALQ OG„ZAKI IJODIDA ALISHER NAVOIY OBRAZI 

Shohistaxon XUDOYQYLOVA, 

katta o„qituvchi (GulDU) 

 

Buyuk  mutafakkir,  g‗azal  mulkining  sultoni  Alisher  Navoiy  shaxsi,  faoliyati 

va  hayoti  barchani  birdek  qiziqtirib  kelgan.  Ulug‗  kishilar  haqida  rivoyat  va 

afsonalar  yaratish  qadimdan  odat  bo‗lgan.  Turli  zamonlarda  davlat  arboblari, 

donishmandlar,  olimlar,  fozillar  va  shoirlar  haqida  xilma-xil  afsonalar  vujudga 

kelgan. 


O‗rta Osiyoning Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ulug‗bek kabi daho 

olimlari haqida juda ko‗p va xilma-xil afsonalar to‗qilgan. 




437 

 

Alisher  Navoiy  haqida  shu  kunga  qadar  to‗plangan  va  ommalashgan  folklor 



materiallarni  til  va  hududga  qarab  shartli  ravishda  uchga  bo‗lish  mumkin.  Bular 

fors-tojik  tilidagi  Buxoro  afsonalari,  ―Mirali  va  Sulton  Suyun‖  turkumidagi 

turkman xalq afsonalari va nihoyat o‗zbek tilida yaratilgan afsonalardir. 

Ayrim  afsonalarda  Navoiyning  o‗zi  ham  mehnatkash  dehqon,  bog‗bon  yoki 

mardikor  qiyofasida  tasvirlanadi.  Shu  o‗rinda  biz  filologiya  fanlari  doktori 

M.Murodov  nashrga  tayyorlagan  ―Allomalar  ibrati‖

1

 nomli  kitobdan  o‗rin  olgan 



afsonalarni  e`tiboringizga  havola  qilmoqchimiz.  Bu  kitobdagi  Alisher  Navoiy 

haqidagi  afsonalar  mavzui  xilma-xil  bo‗lib,  ularning  har  biri  buyuk  shoirning 

sermazmun  va  serqirra  ijodining  u  yoki  bu  tomonini  ochishga  qaratilgan. 

To‗plamdagi  ayrim  afsonalarda  Navoiy  va  she`riyat  masalalari  markaziy  o‗rinda 

turadi.  Jumladan,  ―Alisher  va  bulbul‖,  ―G‗azal  to‗qish  ham  qiyinmi?‖,  ―Dono 

Navoiy‖,  ―Bo‗xtonning  umri  qisqa‖  kabi  afsonalarda  Navoiy  she`riyat  qonun-

qoidalarini  batafsil  bilgan,  uni  g‗oyatda  qadrlovchi  va  e‘zozlovchi  shoir  sifatida 

talqin qilinadi. 

―Navoiy  o‗tdi  ko‗changdan‖  nomli  afsonada  hikoya  qilinishicha,  Alisher 

Navoiy bilan Husayn Boyqaro yoshlikdan juda qalin do‗st ekan. Husayn Boyqaro 

suvoriy to‗plab, jang suronlar qilib, podshoh bo‗libdi. Alisher esa shoirlikni istab, 

bir shaharga borib mashhur bo‗lib, qaytib kelibdi. Xalq uni shodu hurramlik bilan 

qarshi  olibdi.  Podshoh  esa  uni  hatto  yo‗qlamabdi  ham.  Shunda  Alisher  Navoiy 

―Husayn  kelganimni  eshitmagandir  yoki  uning  podshohlik  yumushlari  ko‗pdir‖, 

deb  o‗ylabdi  va  sevimli  ma‘shuqasi  Gulini  yetaklab  uning  huzuriga  yo‗l  olibdi. 

Podshoh  esa  shaharning  o‗rtasida  bir  bog‗  barpo  ettiribdi,  unda  shu  ko‗chadan 

o‗tgan oddiy xalqni jazolashni odat qilibdi. Bundan Alisher Navoiy xabarsiz ekan. 

Alisher  va  Gulini  posbonlar  tutib,  shohning  oldiga  olib  boribdilar.  Podshoh 

Alisherni  tanibdi-yu,  ―o‗z  hukmimda  turmasam  a‘yonlar  oldida  beburd  bo‗lib 

qolaman‖, deb o‗ylab, Alisher va Guliga qarab shunday debdi: - Hoy, musofirlar, 

bog‗  ko‗chaga  borib  gunohkor  bo‗libsizlar.  Men  sizlarga  zindon  qilishim  kerak. 

Lekin  bir  savolimga  to‗g‗ri  javob  bersanglar,  gunohlaringdan  o‗taman.  Savolim 

shu:  ―Bir  so‗z  degilki,  unda  o‗zing  bilan  ayolingni  ismi,  nima  sababdan  bog‗ 

ko‗chaga  kirganing  anglashilsin.  Javobing  menga  hamda  a‘yonlarimga  ma‘qul 

bo‗lsin‖.  

Navoiy bir daqiqa o‗ylanib turibdi-da, xayoliga kelgan ushbu she`rni aytibdi: 

   

 

Navoiy o‗tdi ko‗changdan piyoda yori bilan



   

 

Kishi balog‗a qolurmu o‗z ixtiyori bilan



   

 

Bog‗bonni do‗st debon keldim ko‗cha bog‗i bilan 



   

 

Afv etsalar ketgumdur Guli – yorim bilan. 



Shunda Husayn: ―Kechiring, do‗stim!‖, - deb Alisherning quchog‗iga otilibdi. 

Bu afsonada Navoiyning hayoti, Husayn Boyqaro bilan o‗zaro munosabatlariga oid 

tarixiy faktlarni xalq o‗ziga xos badiiy estetik uslubda bayon etgan. 

Afsonada  shohning  sharti  oddiy,  shunchaki  bir  sinov  emas.  Uning  shartiga 

ko‗ra  gunohining  sababini  she`r  bilan  javob  qaytarishi  kerak.  Mazkur  epizodning 

xarakterli  tomoni  shundaki,  birgina  shu  kichik  vosita  (sharh)  orqali  ham  Alisher 

                                                           

 



438 

 

Navoiyga  xos  donolik  va  buyuk  san`atkorlik  hamda  Husayn  Boyqaroga  xos 



manmanlik ayni paytda esa she`riyatga xos oshuftalik tarixiy haqiqatga hamohang. 

Navoiyning  ko‗cha  posboniga  ―Bu  adolatdan  emas,  inim‖  deya  uqtirishida  ham 

shoirning adolatga, haqiqatga tashnaligi ifodalangan.  

To‗plamdan  o‗rin  olgan  ―Odam  ersang‖  nomli  afsona  shoir  hayoti,  shaxsi 

bilan bog‗liq tarixiy voqealar zaminida yuzaga kelgan bo‗lsa ajab emas. Afsonada 

hikoya qilinishicha, Mir Alisher Navoiy yoshi bir joyga yetib qolganida haj safarga 

borish  uchun  podshohdan  bir  necha  bor  ruxsat  so‗raydi.  Lekin  har  gal  u  rad 

javobini  oladi.  Bir  gal  unga  shoh  ochiqchasiga:  ―Sizsiz  ulusni  boshqarish  qiyin. 

A‘yonlarga  ishonib  bo‗lmaydi,  poyimni  qirqish  maqsadida  bo‗ladi.  Do‗stim  deb 

bilsangiz,  meni  yolg‗iz  hech  qayoqqa  tashlab  ketmangiz‖,  deb  aytadi.  Oradan  bir 

yil  o‗tgach,  nihoyat  u  shohdan  haj  safariga  ijozat  olib,  hovlisiga  kelsa,  san`at  va 

ilm  ahli,  oddiy  xalq  namoyandalari  Navoiyni  kutib  turishgan  ekan.  Ular  Alisher 

Navoiyni  haj  safaridan  qaytarishga  kelgan  ekan.  Shoirning  bir  me‘mor  do‗sti 

shunday dedi: 

-  Hazrat,  safar  ixtiyorini  tark  eting.  Sizsiz  holimiz  zabun  bo‗ladi.  Ariqlar 

qaziluvi,  binolar  quruluvi  bekor  bo‗ladi,  el  boshi  g‗alayon,  to‗s-to‗polondan 

chiqmaydi. 

Bir keksa temirchi esa: 

- Ulus masjid desa, masjid soldirdingiz, madrasa desa, madrasa qurdirdingiz. 

Siz  bino  qildirgan  bu  hammomlar,  ko‗priklar,  ariqlar,  hovuzlar,  bog‗-rog‗lar, 

kutubxona savobi o‗rnini bosaolmaydimi?-deydi. Boshqa biri: 

- Siz yetimlarga – ota, uysizlarga – uy, suvsizlarga – suv bo‗ldingiz. Sizning 

rahm-shafqat,  muruvvatingizdan  odamlargina  emas,  jonivorlar,  hatto  hasharotlar 

bahramanddirlar, shuning o‗zi savob, deb gapni cho‗rt kesadi. 

Afsonada  Alisher  Navoiy  obraziga  xos  xususiyatlarning  yanada  eng 

xarakterlilariga  duch  kelamiz.  Bu  o‗ziga  xoslik  shundaki,  uning  zamirida  Navoiy 

faoliyati, hayotiga oid tarixiy voqea-hodisalar o‗z aksini topgan. Ma`lumki, Navoiy 

Husayn Boyqaro saroyida vazirlik qilgan va xalq manfaatlarini ko‗zlab ―Safoiya‖, 

―Shifoiya‖  kabi  o‗nlab  binolar  qurdirganligi  tarixiy  haqiqatdir.  Jumladan,  shoir 

hozirgi  Turkmaniston  hududida  bo‗lgan  Marv  (Mari),  shahrida  ham  ―Xusraviya‖ 

kabi  ulkan  madrasa  qurdirgan.  Ushbu  afsonadagi  ―ulus  masjid  desa,  masjid 

qurdirdingiz,  madrasa  desa,  madrasa  qurdirdingiz‖,  degan  gaplarda  yuqorida 

aytilgan  haqiqatga  ishora  borday.  Bu  haqiqatni  xalq,  albatta,  o‗ziga  xos  badiiy 

tafakkur orqali ifoda etgan. Afsonadan ko‗rinib turibdiki, Navoiy xalq tasavvurida 

nihoyatda xalqparvar, adolatparvar, beva-bechoralarga bosh panoh bo‗lgan. 

Navoiyning  ijtimoiy  adolatsizlikka,  zulmga  qarshi  odilona  sa‘y-harakatlari 

―Ona  suti‖  afsonasida  o‗ta  ta`sirchan  o‗z  ifodasini  topgan.  Afsonada  bayon 

qilinishicha,  Navoiy  kunlarning  birida  bir  darvoza  yonida  iztirob  o‗tida  qovurilib 

o‗tirgan  ayolga  ko‗zi  tushadi.  Navoiy  qayta-qayta  so‗rayvergach,  ayol  o‗z  g‗ami 

boisini  so‗zlab  beradi:  ―Podshohi  olampanohimizning  bir  odatlari  bor.  O‗zlari 

dunyoga  kelgan  kunlari  tug‗ilgan  bola  o‗n  beshga  kirdi  deguncha  uni  o‗ldirtirib 

yuboradi.  Men  ham  bundan  bir  kuni  kam  o‗n  besh  yil  burun  bir  o‗g‗il  ko‗rgan 

edim.  Uni  podshohlikka  bildirmaslikka  qancha  urinmay,  ayg‗oqchilar  payqab 



439 

 

qolib,  podshohga  xabar  qilishgan  ekan.  Kuni  kecha  kelib:  ―Ertaga  o‗g‗ling  o‗n 



beshga  to‗ladi,  podshohlikka  olib  ketamiz‖,  deyishdi.  Yakka-yu  yagona  nuri 

diydamning kuni bitdi... Qanoti qayrilgan lochin ucholmas deganlaridek, bolamdan 

ayrilgan  kunim  mening  o‗lganim,  men  yig‗lamay  kim  yig‗lasin‖.  Shundan  so‗ng 

Navoiy  ayolning  uyiga  kirib,  uning  o‗g‗liga  ―Onang  o‗z  sutidan  xamir  qorib, 

kulcha  yopib  bersin‖,  deb  tayinlaydi.  Kulcha  tayyor  bo‗lgach,  u  bolaga  ―o‗lim 

oldidan oxirgi iltimosdan foydalanib, sen shu kulchalardan podshohga yedir‖, deb 

o‗rgatadi.  Ertasi  hamma  voqealar  Navoiy  o‗ylagandek  kechadi:  Yarimta  kulcha 

yegan podshohda bolaga mehr uyg‗onib, uni o‗z tug‗ishgan ukasidek yaxshi ko‗rib 

qoladi.  Uni  o‗ziga  vazir  qilib  tayinlaydi  va  shu  kundan  boshlab  odat  qilib  olgan 

bema‘ni zulmkorlikdan ham voz kechadi. 

Mazkur  afsonadagi  tasvir  etilgan  mash‘um  voqea  Navoiy  shaxsi  va 

faoliyatiga  bevosita  aloqadorligi  yo‗q,  albatta.  Biroq  afsonadagi  Navoiy  tutgan 

tadbirkorlik, undan zulmga bo‗lgan nafrat, hamda nochor kimsalarga bo‗lgan ulkan 

mehrning  ildizlari  o‗z  mohiyati  jihatidan  tarixiy  shaxs  –  Navoiy  bilan  bilvosita 

bog‗lanadi.  Afsona  o‗quvchi  tasavvurini  Mo‗min  Mirzo  fojiasi,  shoirning  jiyani 

darveshsifat Haydarning vahshiylarcha o‗ldirilishi bilan bog‗liq voqealar zaminiga 

yo‗naltiradi.  Afsonaning  zamirida  hayotiy  voqealar  va  munosabatlar  uchquni 

mavjudligiga shubha yo‗q. 

Zero, Navoiy xalq uchun, ona Vatan uchun butun umrini tikdi: 

   


 

Yuz jafo qilsa manga,bir qatla faryod aylamon. 

   

 

Elga qilsa bir jafo, yuz qatla faryod aylaram.  



Xalq  og‗zaki  ijodi  namunalari  orasida  Alisher  Navoiyga  bag‗ishlangan 

ko‗plab  afsonalar  ham  mavjud.  O‗rta  Osiyo  xalqlari  ichida  Alisher  Navoiyga 

haqida  yaratilgan  afsonalarni  til  va  hududga  ko‗ra  shartli  ravishda  uchta  katta 

turkumga ajratish mumkin: 

1.Navoiy haqidagi o‗zbek xalq afsonalari. 

2.Navoiy haqidagi fors-tojik tilida yaratilgan Buxoro afsonalari. 

3.Navoiy haqidagi turkman xalq afsonalari. 

Xulosa qilib aytganda biz quyida e`tiboringizni Navoiy haqidagi o‗zbek xalq 

afsonalariga, ularning ba`zi bir xarakterli nuqtalariga qaratmoqchimiz: 

1.O‗zbek  xalq  afsonalarida  Navoiy  xalqparvar,  beva-bechoralarga  yordam 

qo‗lini cho‗zuvchi dono davlat arbobi sifatida gavdalanadi. 

2.Navoiy  iste`dodli  shoir  she`riyatning  barcha  sir-asrorlarini  mukammal 

bilgan alloma sifatida gavdalanadi. 

3.O‗zbek  xalq  afsonalarida  Navoiy  va  Husayn  Boyqaro  o‗rtasidagi 

munosabatlarning ba`zi qirralari aks etgan. 

4.O‗zbek xalq  afsonalarida  Navoiy  obrazi xalq badiiy  tafakkuri  bilan, o‗ziga 

xos fantaziyasi bilan yo‗g‗irilgan. 

5.O‗zbek xalq afsonalarida xalq yaratgan Navoiy obrazi Navoiy shaxsiyatiga, 

uning tarixi qiyofasiga yaqinligi bilan xarakterlidir. 

6.O‗zbek  xalq  afsonalarida  Navoiyning  amalga  oshirgan  ishlari  tarixiy 

haqiqatga to‗g‗ri keladi. 



440 

 

7.O‗zbek xalq afsonalaridan Navoiy halol, ma`naviyati pok, sof vijdonli inson 



sifatida gavdalanadiki, bu ham tarixiy haqiqatga yaqindir. 

8.O‗zbek afsonalarida Navoiyning yolg‗izlikda umr kechirganligi xalq badiiy 

tafakkurida o‗ziga xos bo‗yoqlarda, talqinlarda berilgan. 

Alisher  Navoiy  haqida,  uning  xarakterini  ochib  beruvchi  xalq  og‗zaki  ijodi 

namunalari juda ham ko‗p, biz shulardan ba`zilariga to‗xtalib o‗tdik, xolos.  

Foydalangan adabiyotlar: 

1.Murodov M. Allomalar ibrati. –T.: Adabiyot va san`at, 1982. 


Download 4,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish