unsurining bosqichma-bosqich rivojlanishi, ya`ni oybolta, zambarak, miltiq,
so‗ngra esa bombaning yaralishiga asos bo‗lgani asarning kirish qismida
214
tasvirlangan. Va teran va asosiy ma`noni po‗latning peroga aylanish nuqtasidan,
kulminatsiyadan topishimiz mumkin. Shoir bu orqali peroning asarlar yaralishidagi
xizmati bilan adabiyotning, she`riyatning dunyoga tanilishiga asos bo‗lganini
ta`kidlamoqchi bo‗lgan. Ya`ni, po‗lat obrazida she`riyatning jahonga mashhurligi
ifodalanadi.
I.Yusupovning ham quyidagi she`rida ijodkor hayotining ajralmas qismiga
aylangan she`riyatga munosabat ixchamgina ko‗zga tashlanadi:
She`riyat! Nima ul? Dunyomi tengsiz?
Yashay olmaydimi uningsiz jonlar?
– She`rsiz yashash mumkin, nechun mumkinmas...
Yashamayaptimi axir, hayvonlar?...
Poeziya bizning madaniy hayotimizda muhim o‗ringa ega. She`riyat nafaqat
odamlar bilan chin dildan gaplashish imkoniyatini yaratadi, shuningdek, poeziya
tilidan turli xavf-xatarlardan bekinadigan makon sifatida foydalanamiz [2].
Chindan ham, yuqorida ta`kidlanganidek, she`riyat – ijodkor ahli uchun
mo‗jizaviy, qadrdon va jonajon olamdir.
E.Vohidovning ―Go‗zallik‖ she`rida borliqning yaralishi va insoniyatning
vujudga kelishi, uning turmush tarzi bayon etiladi:
Mulki borliq ichra bir mahal
Ko‗rksizgina olam yaralgan.
Bermoq uchun dunyoga sayqal
Olam aro odam yaralgan.
Shundan buyon inson tinmayin
Shu yer uzra ter to‗kar hamon.
Yerni go‗zal qilgani sayin
Go‗zal bo‗lar o‗zi ham inson
Yer kurrasining mustahkam tirgagi va uning asosiy kuchi bo‗lgan
odamzodning dunyoda tutgan o‗rni va ahamiyati kattadir. U o‗z qo‗li bilan yerni
gullattirishi, ravnaq toptirishi va shu orqali o‗z hayotini ham go‗zallashtirishi
mumkinligi mo‗jazgina qatorlarda jonlantirilgan.
I.Yusupovning ―Ko‗ngil ko‗ngildan suv ichar‖ she`ri ham insoniyatning
beqiyos ahamiyatini tarannum etadi:
Ohular suv ichar soydan,
G‗oz-o‗rdak ko‗ldan suv ichar.
Ko‗ngil-chi, suv ichar qaydan?
Ko‗ngil ko‗ngildan suv ichar.
Hushyor bo‗l, inson bolasi!
Yomondir ko‗ngil olasi!
Odam odamning quyoshi!
Ko‗ngil ko‗ngildan suv ichar.
Insonning behisob boyligi va bebaho mulki bo‗lgan ko‗ngilning qanchalar
nozikligi va unda jam bo‗lgan insoniylik tuyg‗ularning go‗zalligi, odam va
odamning bir-birining oftobi, quyoshi ekanligi teran ma`noli satrlar-la bitilgan.
215
Sergey Obraztsov ta`kidlaganidek, ―Chivinning yuvinishini kuzatmagan
ijodkor ijodkor emas.‖ Jonzodlar orasidagi eng mehnatkashi, kichik vujudiga
qaramasdan kuchlisi sanalgan chumolining zalvorli hayotini kuzatib, uni inson
hayotiga taqqoslashi bilan odamzodning ham mehnatkash va serg‗ayrat jihatlarini
E.Vohidov ―Chumoli‖ she`rida jilolantiradi.
G‗ayrat kamarini qo‗liga bog‗lab
O‗zidan kattaroq cho‗pni ortmog‗lab,
Manzilga tez etmoq yolg‗iz hayoli –
So‗qmoq yo‗ldan borar chumoli.
Atrofiga boqmas, ishlar uzun kun,
Ko‗pning xirmoniga qo‗shmoq uchun don...
Yo‗q,
Odam ajdodi bo‗lmagan maymun,
Chumolidan tarqalgan inson.
Odamlarning mehnatkashligi, vijdon va mehr-oqibat tuyg‗ulari ham shoir
I.Yusupov talqinidagi ―Bir odamni bir odam‖ she`rida quyidagicha namoyon
bo‗ladi:
O‗q otilsa birovga,
Jonin tikib garovga.
Yetib borar suyovga
Bir odamni bir odam.
Nafsin tiyib non berar, Tomiridan qon berar,
Keragida jon berar, Bir odamga bir odam.
Ijod olamida o‗zlarining buyuk nomi va bebaho merosi bilan teran iz
qoldirgan Ibrohim Yusupov va Erkin Vohidov ijodiyoti naqshi bo‗lgan har qaysi
asarini olganimizda kuchli ong, o‗tkir falsafiy g‗oya va betakror ijodiy uslubning
guvohi bo‗lamiz.
Xalqning ma`naviy dunyosini boyitishga, qalbini she`riyat mevasi bo‗lgan
go‗zal tuyg‗ular bilan sug‗orishga va butun insoniyatning hayotiy tajribalarini
tarannum etguvchi o‗lmas asarlarni yaratib, ezgulikka xizmat qilib kelayotgan
ulug‗ shoirlarimiz yodi va merosi qalblarda mangu yashaydi. She`riyat –
barhayotdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Sen-Jon Pers, /―O‗zbekiston adabiyoti va san`ati‖ gazetasi, 2014, 39-52-
sonlari..
2. Yaroslav Seyfert, /―O‗zbekiston adabiyoti va san`ati‖ gazetasi, 2014, 39-
52-sonlari.
3. E.Vohidov, Yaxshidir achchiq haqiqat. – T., 1992.
4. I.Yusupov, Qora tol. – T., 1988.
Do'stlaringiz bilan baham: