HUSNI TA‟LIL SAN`ATINING ERKIN VOHIDOV SHE`RIYATIDA TALQINI
Gulchiroy TURDALIYEVA,
talaba (NamDU)
Tarixi ming yilliklarga borib taqaladigan mumtoz adabiyotimizda badiiyat
masalasi hamisha diqqatmarkazida bo‗lgan. Biror ijodkor salohiyati haqida gapirar
ekanmiz, avvolo, uning nimalarni tasvirlagani haqida emas, asosan, qanday
tasvirlaganiga diqqat qilamiz.
Adabiyotimiz tarixi yana shundan dalolat beradiki, she`riy san`atlar shoir
badiiy salohiyatini ko‗z-ko‗z qilish, unung xilma-xil san`atlardan mohirona
foydalanish usullarini namoyish etishi emas, balki ijodkor badiiy tafakkur
dahosining ko‗lami, yuksak ijtimoiy-axloqiy g‗oyalarni jilolantirish san`atkorligi
ifodasi bo‗lib kelgan [1, 4].
Mumtoz adabiyotimizda yuzdan ziyod badiiy san`atlar mavjud bo‗lib,
ulardan biri husni ta‘lil san`atidir. ―Husni ta‘lil‖ arabcha ―chiroyli dalillash‖
ma`nosini bildiradi. Adabiy asarlarda tasvirlanayotgan biror hodisaga shoirona
biron sabab ko‗rsatish san`ati shu nom bilan ataladi [2, 7]. Bu san`at to‗g‗risida
Atoulloh Husayniy shunday yozadi: ―Husni ta‘lil uldirkim, bir nimaning bir sifotin
iqror qilurlar va ul sifatni isbot qilish uchun ul nimaningo‗ziga munosib bir illatu
sababnikeltirurlarkim, haqiqatta ul sabab bo‗lmg‗ay, lekin lutf etibori bila ani
sabab qilg‗anbo‗lurlar‖ [3, 138]. Mumtoz adabiyotimizda Navoiy, Atoiy, Lutfiy,
Gadoiy, Ogahiy kabi shoirlar ijodida ushbu san`atning g‗oyat chiroyli ifodalarini
uchratamiz.
Husni ta‘lil san`atidan hozirgi sheriyatimizda ham keng foydalanish
mumkin. Ayrim ijodkorlar bu usul vositasida nihoyatda go‗zal va tasirchan
tasvirlar chizganlar, betakror badiiy lavhalar yaratganlar [4, 33]. Bu Erkin Vohidov
ijodi namunasida ko‗ramiz. Shoir xoh aruzda bo‗lsin, xoh barmoqda bo‗lsin husni
ta‘lil vositasida jozibador lavhalar yaratgan. Dastlab barmoqdagi she`rini ko‗ramiz:
Garchi shuncha mag„ru tursa ham,
Piyolaga egilar choynak.
Shunday ekan, manmanlik nechun,
Kibr-u havo nimaga kerak?
Kamtarin bo„l, hatto bir qadam,
O„tma g„urur ostonasidan
Piyolani inson shuning-chun,
O„par doim peshonasidan.
211
Yuqoridagi misralarida husni ta‘lildan foydalanar ekan, choynakning
tuzilishi, choy quyishda uning payola tomon yo‗naltirilishi, choy ichayotgan
odamning piyolani labiga tegizishi hodisalarining g‗ayri tabiiy, badiiy izohlash
asosida zavqli manzara yaratib, uning vositasida muhim birg‗oyani o‗quvching
ongiga ta`sir qiladigan tarzda go‗zal qilib yaratadi.
Shoir ijodini kuzatar ekanmiz, uning aruzdaham barakali ijod qilganiga
guvoh bo‗lishimiz mumkin. ―Yoshlik devoni‖dan o‗rin olgan she`rlariga murojaat
qilamiz. ―Qalam‖ nomli g‗azalida esa, qalamning haqiqat yanglig‗ to‗g‗riligidan
boshini ming bor kessalar-da, bosh egmaganini aytadi va husni ta‘lilning ajoyib
namunasini yaratadi:
Rost, qalam timsoli she`r, timsoli tig„, timsoli haq,
Boshingni ming kesdilar, bosh egmadi aslo qalam.
Erkin Vohidov aksar g‗azallarida husni ta‘lil san`ati g‗uncha vositasida
yuzaga kelgan. Bir baytidag‗unchaning tugun misol qavat-qavatligiga sabab qilib,
uning qandaydir sirni saqlayotgani aytilsa, boshqa baytda g‗uncha qizilligining
boisi etib uning sevib qolgani hamda bundan uyalayotgani ko‗rsatiladi, yana bir
boshqasida esa lirik qahramon g‗unchaning yanog‗ida bir tomchi yosh ko‗radi
(shabnam) va uni dardlashgani chorlaydi:
Barg ostidan muloyim boqqan iboli g„uncha,
Ne sirni saqlagaysan bag„ring nechun tuguncha.
Gulgun yanog„ing uzra bir tomchi yosh ko„rarman,
Kel, birga dardlashaylik, uy-uyda yig„laguncha.
Tun bilan yig„labdi bulbulg„uncha hajri dog„ida,
Ko„z yoshi shabnam bo„lib qolmish uning yaprog„ida.
Shoir baytda bulbul hijron dog‗ida tonggacha yig‗labdi-yu, uning ko‗z
yoshlari g‗uncha yaproqlarida qolibdi, deya shabnamni oshiqning ko‗z yoshlariga
mengzaydi. Bunday holatni Atoiy lirikasida ham kuzatishimiz mumkin:
Jamoling vasfini qildim chamanda,
Qizordi gul uyatdin anjumanda.
Atoiyning aytishicha, oshiq chamanga kirganmish-da, ma‘shuqaning
go‗zalligi ta‘rifini keltiribdi. O‗zini go‗zal deb biluvchi gul buni eshitibdi-yu
sharmanda bo‗lib, uyalganidan qizarib ketibdi. Erkin Vohidov esa bunga
boshqacharoq yondashadi va gulning qizilligi boisini uyalganidan deb aytsa-da,
uyalishga sabab qilib gulning sevib qolganini ko‗rsatadi:
Sevmoq uyat emasdur, har kimda bor bu savdo,
Qo„y, ko„p qizorma, g„uncha, boshingni egma buncha.
Shoir mahorati shu qadar kamolotiga yetganki, uning ,,Gullar bazmi‖
she`rining har bir baytida husni ta‘lil san`atiqo‗llanilganiniko‗rishimiz mumkin:
Saf-saf tizilib safsar oyog„ingga qo„yib sar,
Band-band uzilib joni bila banda bo„libdir.
Ko‗rinib turibdiki, Erkin Vohidov she`riyatida husni talil san`atining
qo‗llanilishi Sharq klassik she`riyatiga hamohanglik bilan birga zamonaviylik
aralash holda ifodalangan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
212
1.HojiahmedovA.She`riy san`atlar vamumtoz qofiya. – T.: Sharq, 1998. –B.4.
2. Hojiahmedov A. She`riy san`atlarni bilasizmi? – T.: Sharq, 2001. –B.7.
3. Atoulloh Husayniy. Badoyi‘u-s-sanoyi. – T.:G‗afur G‗ulom, 1981. – B.138.
4. Hojiahmedov A. Mumtoz badiiyat malohati. – T.: Sharq, 1999. – B.33.
Do'stlaringiz bilan baham: |