ERKIN VOHIDOV SHE`RLARIDA TARIXIY SIYMOLAR TALQINI
Yodgorbek XUDAYBERGANOV,
talaba (UrDU)
O‗zbek adabiyotini yuksak pag‗onalarga ko‗targan adiblardan biri Erkin
Vohidovdir. U o‗zining purmona she`rlari bilan ijod gulshanida nomini
mangulikka daxldor qilgan san`at arbobi hisoblanadi. Uning she`rlari mavzu
jihatidan xilma-xil bo‗lib, har bir she`rida ohori to‗kilmagan, yangicha fikr aks etib
turadi. Erkin Vohidovning she`rlaridagi lirik qahramon ham bir-birini
takrorlamaydi. Uning she`rlariga nazar tashlar ekanmiz, deyarli ko‗pchilikida
mavzuga monand tarzda tarixiy shaxslarga murojaatini yoki ularni o‗zining ilgari
surib turgan g‗oyalariga maslakdosh timol sifatida keltirganligini ko‗rishimiz
mumkin. Ba`zi she`rlarida esa tarixiy obraz bilan bevosita suhbat qurgandek ham
bo‗ladi. Binobarin, ―She`riyat tarix vositasida davr muammolari yechimini
axtarganda, moziy voqealari, o‗tmish ma`naviy merosi, milliy an`analarga yoki
tarixiy shaxslarning millat hayotida qoldirgan izlariga murojaat etadi va bulardan
muhim xulosalar chiqarishga intiladi‖ [3, 207].
Erkin Vohidov ―Bog‗bon‖ she`riga epigraf sifatida Navoiyning quyidagi
baytini keltirgan:
Xazon sipohiga ey bog‗bon emas mone
Bu bog‗ tomiga gar ignadin tikan qilgil
Erkin Vohidov bu she`rida bevosita Navoiyning yuqorida ilgari surgan
g‗oyasini davom ettirgandek bo‗ladi. Va Navoiy baytiga javoban bog‗bon obrazi
tilidan quyidagi jumlalarni aytadi:
Deydi: bu bog‗imda doim ko‗klam ,
Umr bahoriga men ham yo‗l oldim.
Bu bog‗ning tomiga tikan qilmay ham
Xazon sipohiga mone bo‗loldim.
Shoir bu she`rida Fuzuliyning ham nomini zikr qilib o‗tgan. Bog‗on
obrazining mehnatini ulug‗lagan holda, bog‗bonning suhbatini mehnatidan ham
aziz biladi. ―Totli suhbatiga teng emasku-ya‖ deb e`tirof etilgan bog‗bon, albatta,
dunyo xazinasida olmos kabi nur taratib turgan kitoblarni o‗qigan, ma`naviy
barkamol inson bo‗lishi kerak. Bundan tashqar shoir ko‗plab she`rlarida Fuzuliyga
murojaat etganligini guvohi bo‗lamiz. Xususan, ―Kosmonavt va shoir‖ she`rida
ham Fuzuliy va Navoiyga yuzlanib o‗tilgan:
Navoiyning, Fuzuliyning she`rlarini
Olar edim, olar edim men barin.
Bularsiz men uchmoqqa hech rozimasman,
540
Fazolarga quchmoqqa hech rozimasman.
Shoir bu she`rida o‗ziga savol beradi. Agar fazoga, o‗zga sayyoralarga
ko‗char bo‗lsang o‗zing bilan nimalarni olarding degan savolni ko‗ndalang
qo‗yadi. Muallifi o‗ziga bergan savoliga birinchi bo‗lib ona vatanidan bir kaft
tuproq olishini aytadi. Shundan so‗ng bu savolni qayta-qayta beradi va har safar
yangi ona zaminimizning turli mo‗jizakor tabiatini sanam o‗tadi. She`r yakunida
esa Navoiy va Fuzuliy asarlarisiz uchib ketmasligi aytadi.
Shoirning she`rlarini o‗qir ekanmiz Fuzuliyga o‗zgacha muhabbat
qo‗yganligining guvohi bo‗lamiz. Shoir nafaqat she`rlari orasida Fuzuliyni xotirlab
o‗tgan, balki uning o‗ziga bag‗ishlab ham she`rlar yozgan yoki uning g‗azallariga
muxammaslar bog‗lagan. Jumladan, ―Fuzuliy haykali qoshida‖ she`rida shoir
Fuzuliyga ustoz deb murojaat qiladi. She`rda Fuzuliyning ―Et‖, ―Sultonim‖,
―Tutmishlar‖, ―O‗landin so‗r‖ g‗azallaridan parchalar keltirib o‗tadi. Erkin
Vohidov Fuzuliyning har bir g‗azaliga mos satrlar bilan ularni goh izohlagandek,
goh o‗z fikrlarining dalili sifatida keltirgandek bo‗ladi:
Muqavvas qoshlaringkim, o‗sma birla rang tutmishlar,
Qilichlardirki qonlar to‗kmak ila zang tutmishlar.
Sahar bulbullar afg‗oni dagil behuda gulshanda,
Fuzuliy nolai dilso‗zina ohang tutmishlar.
G‗azal ham bo‗lurmi muncha dilrabo,
Bunchalar serishva, bunchalar sernoz.
Mening shoirligim yolg‗ondir, ammo,
Fuzuliy she`riga oshiqligim rost.
Shoir Fuzuliyning ga‗azalidan parcha keltirar ekan o‗zining shoirligiga
shubha qiladi. O‗zining she`rlarini Fuzuliyning she`rlari oldida she`r emasdek his
qiladi. Fuzuliyning go‗zal baytlariga tasanno aytgan holda o‗zini ijodkorligini
inkor qiladi.
Erkin Vohidov o‗zbek mumtoz adabiyotiga muhabbat qo‗ygan, ko‗p
she`rlarini mumtoz shoirlar ijodidan ilhomlanib yozgan. Shu bilan birga Erkin
Vohidov rus, ingiliz va umuman chet el adabiyotiga qiziqqan va sevib mutolaa
qilgan. Bu qiziqish esa uning she`rlarida ham o‗z aksini topgan. Erkin Vohidov
―Shoir umri‖ she`rida buyuk rus yozuvchilari Lermontov va Pushkinlarni xotirlab
o‗tadi.
―Mana, men Lermantov yoshiga yetdim,
Bir shoir umrini yashadim chindan‖.
Qancha qog‗ozlarning boshiga yetdim,
Va lekin Lermontov chiqmadi mendan.
Do‗stlarim, ortiqcha kamtarlik nega,
Kelajak o‗n yilni ko‗rdim oldindan.
Vaqt kelar, yetarman Pushkin yoshiga,
O‗shanda… Pushkin ham chiqmaydi mendan.
Ijodkor ahlida shunday bir his bo‗ladi, hech o‗zidan, yozgan asarlaridan
ko‗ngli to‗lmaydi. Boshqa bir ijodkorlarning ijodini kuzatar ekan, bevosita
o‗zining yozgan asarlarini taqqoslab ko‗rar va o‗ganing ijodini maqtab o‗zinikini
541
past baholaydi. Biznngcha bu ijodkorga eng kerak bo‗lgan hislatdir. Ijodkorda
o‗zida qoniqish hosil bo‗lmagan taqdirdagina yuksaklikka ko‗tariladi. Bilim
olishdan, o‗z ustida ishlashdan to‗xtab qolmaydi. Erkin Vohidovning bu she`rida
ham huddi shu jarayonni ko‗rishimiz mumkin. Shoir nafaqat bugungi kunidan,
balki o‗n yillik kelajakindan ham qoniqish hosil qilmaydi. Bu degani shoir ijod
qilishdan, yangidan yangi marralarni zabt etishdan to‗xtamaydi deganidir. Bunda
go‗yo shoir va lirik qahraman uyg‗unlashib ketgandek bo‗ladi. Ya`ni lirik
qahramon muallifning orzusiga aylanganini guvohi bo‗lamiz. ―Lirik qahramon –
lirik asarlarda kechinmalari tasvirlanayotgan kishi, shoirning umumjamiyat uchun
qimmatli his va fikrlarini shaxsdir. U shoir shaxsi bilan estetik idealning
quymasidir‖ [2].
Shoir ―Xazina‖ she`rida o‗zbek mumtoz ijodkorlariga va ularning asarlariga
murojat qiladi. She`r sarlavhasi bu yerda matiqiylik kasb etgan: birinchidan, shoir
she`rda tilga olgan asarlarni tushunsak; ikkinchidan, bilmizki, xazinada, asosan,
oltin bo‗ladi, shoir shu oltinning rangini kitob varaqlarining yillar mobaynida
sarg‗ayib ketishiga qiyoslab bergan.
Navoiy sham kabi yonib,
Xazondek sarg‗ayib so‗lmish.
Varaqlar ham olibdur,
Sohibi devoni rangidan.
Fuzuliy Karbalo dashtin
Quyundek kezdi Qays birlan,
Dili hech topmadi taskin,
Davrning boda, bangidan.
Shoir Navoiyni sham o‗xshatadi. Sham olamga nur taratamn deb o‗zini shu
yo‗lda qurbon qiladi. Demak, shoir Navoiyning umrini shuning uchun ham shamga
qiyoslagan. Chunki Navoiy ilm yo‗lida sham kabi o‗zbek milliy adabiyotining
yo‗lini yoritib, keying avlodlarga ijod eshiklarini ochib berdi. She`rning nomiga
e`tibor bersak, Navoiyning xazon kabi sarg‗ayib so‗lishi salbiy ma`no emas, bali
ijobiy ma`no kasb etganini anglaymiz. Ya`ni Navoiy ijodi sariq oltin kabi bizga
meros qolgan xazinadir. Bu she`rida ham shoie Fuzuliy haqida so‗zlab o‗tgan. Bu
yerda muallif Fuzuliyni Karbaloda tug‗ilganiga, Qays bilan dashtni kezdi deganda
―Layli va Majnun‖ dostonini yozganiga hamda oxirgi satrlarda uning ―Bangu
boda‖ (Nasha va may) asariga ishora qilgan. Umuman olganda, shoir bu she`rda
har bir ijodkordan qolgan asarlarni xazina deb hisoblagan.
Bizning o‗chmas va maqtashga arzigulik tariximiz bor. Har bir davr
ijodkorining va adabiyotining tarix oldida asosiy vazifasi, aniqrog‗i burchi bordir.
U ham bo‗lsa tarixni adabiyotlarda qayta jonlantirish va o‗quvchiga uni o‗rnak
qilib ko‗rsata olishdir. Erkin Vohidov ana shu burchini ado etgan ijodkorlar
sirasiga kiradi. Uning tariximiz haqida bitilgan asarlarini o‗qiganimizda faxr
tuyg‗usini tuymasdan iloj yo‗q. Zero, tarixsiz kelajakni qurib bo‗lmagay. Erkin
Vohidov ana shunday asarlari ila o‗zini kelajakini yaratdi, ya`ni tarixga o‗zining
nomini zarhal harflar ila yozib ketdi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
542
1. Erkin Vohidov. Muhabbat. Adabiyot va san`at nashriyoti. – T.: 1982.
2. Sulton I. Adabiyot nazariyasi. O‗qituvchi nashriyoti. – T.:1980.
3. Jumaboyeva J. XX asr o‗zbek she`riyatida pisxologik tasvir mahorati. Fan
nashriyoti. – T.: 2004.
4. Umurov H. Adabiyot nazariyasi. Sharq. – T.: 2002.
Do'stlaringiz bilan baham: |