adabiyotshunosligida, ayni paytda, mustaqillikkacha va undan keyingi yillarda
yaratilgan asarlar misolida o‗zbek nasri badiiy tafakkuridagi yangilanishlarni,
voqelikni badiiy ifodalash yo‗sinlarini dunyo adabiyotshunosligi o‗lchovlariga mos
ravishda, ularni bugungi kun talabidan kelib chiqib ilmiy-nazariy jihatdan to‗g‗ri
baholash muhim vazifalardan biridir. Demak, asarlarni adabiy-tarixiy jarayon
konteksti, yozuvchi va badiiy asar juftligi, ijodkor va ma`naviy-ruhiy dunyosini
o‗rganish, ularda insonning individual va ijtimoiy borlig‗i ifodalanishining
531
bugungi islohotlar jarayoniga tatbiq etilishi, ayniqsa, o‗sib kelayotgan yosh
avlodning ma`naviy kamolotini ta‘minlashga xizmat qilishga yo‗naltirilishi muhim
ma‘rifiy-tarbiyaviy ahamiyatga ega.O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017
yil 13 senyabrdagi ―Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini
rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‗ib
qilish bo‗yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‗g‗risida‖gi PQ-3271-son Qarori
milliy asarlarimizni o‗rganishga yanada keng yo‗l ochdi.
―Hayot – murakkab xodsadir, yozuvchi shu marakkablikni tasvir eta bilsagina
hayotimiz haqqoniy manzarasini yarata oladi‖[1, 235], – degan edi adabiyotshunos
Izzat Sultonov. Haqqoniy hayot manzarasini yaratish uchun yozuvchidan yuksak
mahorat va kuchli iste`dod talab etiladi. Bularsiz badiiy asar vujudga kelmaydi.
Badiiylik yaratilayotgan har bir asarning, jumladan, so‗z san`atining asosiy va
doimiy xususiyati sanaladi. San`atning barcha turlari uchun yagona me‘zon
sanalmish badiiylik keng tushuncha bo‗lib, obrazlilikni o‗z ichiga qamrab oladi.
Inson qalb torini cherta olmaydigan, unga estetik zavq bag‗ishlamaydigan asar
badiiylikdan bebahra sanaladi. Bunday asarlarni Abdulla Qahhor aytganidek,
―rangsiz, nursiz, haroratsiz yozilgan asarlar hayotni chuqur o‗rganmasdan, uning
achchiq- chuchugini tatimasdan, o‗sha hayot odamlarining qalbiga payvand
qilmasdan, dardsiz, ehtirossiz, ya`ni ilhomsiz yozilgan asarlardir‖ [2, 97], – deb
ayta olamiz. Asarning kuchi uning badiiyligidadir. 30-yillarda yaratilgan
Oybekning ―Qutlug‗ qon‖ romani hech shubhasiz, mana shunday badiiy yuksak
mahorat mahsuli deya olamiz. Bu asar yozuvchining individual uslubi asosida
yaratilgan badiiy yuksak asar bo‗lib, o‗zbek adabiyotida o‗zining munosib o‗rnini
topgan. Bizga ma`lumki, badiiylikning o‗zagi obrazlilikdir. Yozuvchi o‗z
g‗oyasini, qarashlarni, orzu-istaklarini obrazlar vositasida butun kechinmalari bilan
o‗quvchiga etkazadi. Masalan, Oybek Yo‗lchi obrazini shunday tasvirlaydiki, u
kitobxon ko‗z o‗ngida jonli inson sifatida gavdalanadi. Obrazning hayotiyligi,
murakkab hayot yo‗lining real chizgilarda berilishi, xarakter nutqi, unga xos
bo‗lgan barcha xususiyatlar asarning boshqa qahramonlari tilidan aytilishi
jarayonida obraz mukammalligi yaqqol ko‗zga tashlanadi. Shuningdek, asar tili
ham o‗ziga xos tarzda yaratilgan. Asar tili ravon va samimiyligi shundaki, asarda
shevaga xos va o‗sha davr ruhini aks ettiruvchi so‗zlarning ishlatilishi, hamda
ularini barcha obrazlar nutqida me‘yorida va mantiqli tarzda qo‗llangangi.
Ma`lumki, obraz so‗zlar vositasida aks ettiriladi. Badiiylikning bosh mezoni
sanalmish til badiyati bu asarda alohida ahamiyat kasb etadi. Asardagi sheva va
lahjalarga mansub so‗zlarning ishlatilishi asar tilining shukuhi va jozibasini
ko‗targan. Bizga malumki, shevalar tilning so‗z hazinasini, uning tasvir hamda
ifoda imkoniyatlarini boyituvchi omillardir. Shu boisdan ham Oybek o‗z
asarlarining til badiyatini taminlashda shevaga xos so‗zlarga murojaat etadi. Bu
albatta, asar baadiyatini yuqoriga ko‗taradi: ―Koshki edi manda tish bo‗lsa, sanda
gavda bo‗lsa, simyon!‖ , ―Munda kel! – chol qo‗li bilan imladi‖ , ―O‗z
dekchamizni o‗zimiz qaynatamiz‖ , ―Obbo lanati kalxamak― , ―Orasini yorib
qarasa damlog‗liq qozon chiqadi, tuvoqni ko‗taradi‖, ―Bu chizi to‗g‗ri gap‖ ,
―tunov kun bir abrazavan o‗ris bilan uchrashganimda edi, bizning ―sartiya‖ bolalari
532
ham shkolda oz-moz o‗qiyapti‖ , ―Aptom gulyatga boramiz‖ , ―Nuri o‗shatta
tushsin‖, ―Haytavur to‗yimga etib kelibsiz‖ kabi ko‗plab shevaga xos va ruscha
so‗zlarni asarda uchratishimiz mumkin. Yana shu bilan birga o‗sha davrga xos
bo‗lgan so‗zlar (Izvosh, bazzoz, kegay, mirshab, qarol, koranda, chorakor, ko‗nka,
zakunchi, dahriy) bilan birgalikda o‗sha davr uchun yangilik bo‗lgan so‗zlar (bank,
zavod, kompaniya, kredit, protsent) ning ham ishlatilishi asar tilining o‗ziga
xosligini taminlaydi. Yoki, yog‗och elka, pes piyola kabi betakror o‗xshatishlar
ham asar tiliga o‗zgacha rux bag‗ishlagan. Yozuvchi mahoratini asarda bundan
tashqari holatlarda ham ko‗rishimiz mumkin. Jumladan, asardagi obrazlar nutqi
o‗ta mohirlik bilan berilganki, oddiy kichik personajdan tortib, xarakter darajasiga
ko‗tarilgan obrazning ham nutqida o‗ziga xoslik mujassam. Har bir obraz o‗z
xarakter nuqtai-nazaridan kelib chiqib so‗zlaydi, unda sira g‗alizlik sezilmaydi.
Asardagi obrazlarni kashf qilish yukini esa, o‗zga obrazlarga yuklaydi, ular tilidan
berilgan tarif obrazlar haqida yanada kengroq tushuncha hosil qiladi. Masalan,
Yo‗lchi obrazini kashf qilishda Mirzakarimboy tilidan aytilgan ushbu tavsif
fikrimizni tasdiqlaydi. ―Bu aqilli yigit ko‗rinadi, ham ulug‗vor, ham vazmin‖ yoki
―Devkor yigit ekan‖, – deya Yormat tilidan olingan fikr ham Yo‗lchi haqidagi
tasavvurimizni yanada boyitadi. Bunday nuqtalar asarda juda ko‗plab topiladi.
Mahoratning bu kabi qirralari asar badiyatlarini yuqori pog‗onalarga ko‗taradi.
Jahon adabiyotshunosligida adabiy-estetik qarashlar taraqqiyotining izchil
takomillashuvi
badiiy
tafakkur
tadrijiy
rivoji
bilan
bog‗liq
ilmiy
kontseptsiyalarning yuzaga kelishiga asos bo‗ladi. Shu bois badiiy olamni o‗ziga
xosligini tadqiq etish, unga tanqidiy yondoshish har bir xalq adabiyoti
taraqqiyotiga naf keltirishi tayin. Binobarin, adabiy ijod jarayonini ilmiy jihatdan
tekshirish, ijodiy niyatning tug‗ilishi va moddiylashuvi bilan bog‗liq omillarni
o‗rganish, badiiy-estetik talqin xususiyatlaridagi o‗ziga xosliklarni ko‗rsatib berish,
ijodkor shaxsining namoyon bo‗lishi bilan bog‗liq muammolarni nazariy asoslash
muhim ahamiyatga ega. Xulosa qiladigan bo‗lsak, badiiy asar tili adabiyotning
o‗ziga xos xususiyati bo‗lib, u obrazlar orqali namoyon bo‗ladi. Yozuvchi yaratgan
obrazlari orqali esa kitobxoning ruhiga va shuuriga ta`sir qiladi. O‗tkir ta`sir
kuchiga ega obrazlari bor asargina haqiqiy badiiy asar sanaladi. Oybekning
―Qutlug‗ qon‖ romani ham obrazlar olamining boyligi va mukammalligi bilan ana
shunday badiiy etuk asarlar sirasiga kiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Sulton Izzat. Adabiyot nazariyasi. – T.: O‗qituvchi, 1986.
2.
Abdulla Qahhor. Yoshlar bilan suhbat. – T.: Yosh gvardiya, 1968.
3.
Yo‗ldosh Qozoqboy, Muhayyo Yo‗ldosh. Badiiy tahlil asoslari. – T.:
Kamalak, 2016.
Do'stlaringiz bilan baham: