. Transformatorlarning differensial tokli himoyalari. Differensial himoyalarning ishlash tokini tanlash
Differensial himoyaning ishlash tamoyili himoyalanayotgan parallel oʻrnatilgan qurilmalarning fazalaridagi toklarini mos fazalar boʻyicha taqqoslashga (koʻndalang differensial himoya) yoki himoyalanayotgan qurilmaning boshi va oxiridagi toklarini taqqoslashga (boʻylama) asoslangan.
Yuqorida koʻrilgan maksimal tokli himoyadan farqli oʻlaroq differensial himoyalar (tanlovchanlik boʻyicha) mutlaq tanlovchanlikka egadir.
Differensial tokli himoyalar quvvati 6,3 MVA va undan yuqori quvvatli transformatorlarning asosiy tezkor himoyasi sifatida qoʻllaniladi. Shuningdek parallel ishlayotgan quvvati 4 MVA va undan yuqori boʻlgan transformatorlarda hamda quvvati 1 MVA va undan katta quvvatli transformatorlarda tokli kesim yetarlicha sezgirlikka ega boʻlmagan va maksimal tokli himoyaning sabr vaqti 1 sekunddan koʻp boʻlgan hollarda oʻrnatiladi.
Transformatorlarning differensial himoyasi elektr tarmoqlarning koʻndalang differensial himoyasiga nisbatan bir qator oʻziga xos xususiyatlariga egadir.
Birinchidan himoyalanayotgan transformatorning normal ish holatining oʻzida (differensial himoyaning ish zonasida shikastlanishlar boʻlmagan holatda) himoyaning boshi va oxiridagi fazalardagi toklari qiymati boʻyicha farq qiladi. Ushbu holatni himoya yelkalaridagi toklarni tenglashtirish maqsadida kerakli transformatsiya koeffitsiyentiga ega boʻlgan tok transformatorlarni (yuqori va past kuchlanish tarafdagi tok transformatorlar) tanlash orqali yechish mumkin. Shuningdek differensial himoyani loyihalash uchun maxsus РНТ va ДЗT relelari ishlab chiqilgan. Ushbu relelarning tenglashtiruvchi oʻrami boʻlib unda himoya yelkalardagi toklarni tenglashtirish maqsadida qoʻllaniluvchi rostlovchi chulg’amlardan iborat.
Ikkinchidan himoyalanyotgan transformatorning yuqori va past kuchlanish tarafidagi toklar fazalar boʻyicha ham farq qilishi mumkin, qachonki yuqori va past chulg’amlarning ulanishi bir – biridan farq qilsagina (yulduz/uchburchak yoki
uchburchak/yulduz ). Ushbu holatda ikkilamchi toklarni tenglashtirish maqsadida tok transformatorlarning ikkilamchi chulg’amlarining ulanish usullarini oʻzgartirish orqali amalga oshiriladi ya’ni transformator chulg’amlari
«yulduz/uchburchak» ( ) koʻrinishida ulangan boʻlsa, transformatorning yulduz ulanishli tomoniga tok transformatorlarining uchburchak koʻrinishida, transformatorning uchburchak ulanishli tomoniga tok transformatorlarini yulduz koʻrinishida va aksincha ulanadi (6.22 - rasm).
Uchinchidan differensial himoyaning ishlash tokini tanlayotganda himoyalanayotgan transformatorni ishga tushirish natijasidagi magnitlovchi tokning sakrashini hisobga olish lozim.
Toʻrtinchidan, himoyaning ishlash tokini tokning nobalansidan sozlashda ushbu tokning ikkita qoʻshimcha tashkil etuvchisini hisobga olmoq lozim. Birinchi tashkil etuvchi tok transformatorlarni tanlashda ikkilamchi toklari toʻliq rostlanmaganligi yoki tenglashtiruvchi oʻramlarda chulg’amlarning yaxlitlangan qiymatlarini qoʻyishga majbur boʻlganligimizdan kelib chiqadi. Ikkinchi tashkil etuvchi transformatorning kuchlanishini yuklama ostida rostlash natijasida kelib chiqadi.
Transformatorning differensial himoyalarining quyidagi turlari keng tarqalgan: differensial tokli kesim, tez toʻyinuvchi tok transformatorli differensial himoya hamda tormozli differensial himoya.