Ikki fazali sxemalar. Himoya sxemasi toʻliq boʻlmagan yulduz usulida yig’iladi. Buning uchun A va C fazalarga ikkita tok transformatorlari TA1 va TA2 oʻrnatiladi va ularning ikkilamchi chulg’amlariga KA1 va KA2 tok relelarining chulg’amlari ulanadi. Bu sxemalar TT qoʻyilmagan fazadan boshqa hamma qisqa tutashuvlarga ta’siran javob beradi.
6.6-rasm. Sabr vaqt relesinig MTH
Sabr vaqti tokka bog’liq MTH himoya elementlarining sxemalari va vazifalari xuddi uch fazali sxemalarnikidek.
Sxema nol sim bilan yig’iladi, KA3 rele faza toklarining yig’indisiga ulanadi, natijada sezgirlik koeffitsiyenti oshadi.
Sabr vaqti tokka bog’liq boʻlmagan MTH.
Quyida koʻrsatilgan sxemada tok relelarining vaqt-tok harakteristika-lari toʻg’ri chiziqdan iborat. MTH ning sabr vaqti vaqt relesi KT yordamida amalga oshiriladi. Xabar berish relesi KN ham ishlatiladi.
Nol sim bilan yig’ilgan ikki fazali sxemalar uch fazali sxemalardan arzonroq. Yulduz-uchburchak yoki uchburchak-yulduz usulida ulangan transformatorlardan keyingi ayrim ikki fazali qisqa tutashuvlarda himoyaning sezgirligi toʻliq yulduz usuliga nisbatan ikki marta kam.
TT ning ikkilamchi chulg’amlari uchburchak shaklida, relelar esa yulduz usulida ulangan uch fazali sxema. Bu sxema har bir fazaga oʻrnatilgan uchta tok transformatorlari va uchta tok relelari yordamida bajariladi.
6.7-rasm. Uch fazali uchta releli sxema
Bunday sxema qisqa tutashuvning hamma turlariga ta’siran javob beradi. Sxema koeffitsiyenti Ksx qisqa tutashuv turiga qarab oʻzgaradi.
6.1-jadval
Q.T
Turi
|
shikastlangan faza
|
fazadagi toklar
|
reledagi toklar
|
I
IA-IB
|
II
IB-IC
|
III IC-IA
|
ikki fazali
|
A, B
|
IV=-IA; IC=0
|
2IA
|
IB
|
-IA
|
V, C
|
IC=-IB; IA=0
|
-IB
|
2IB
|
IC
|
C, A
|
IB=0; IA=-IS
|
IA
|
-IC
|
2IB
|
bir fazali
|
A
|
IA=IQ
|
IA
|
0
|
-IA
|
B
|
IB=IQ
|
-IB
|
IB
|
0
|
C
|
IC=IQ
|
0
|
-IC
|
IC
|
Ikki fazali bitta releli sxema. Sxema A va C fazalarga oʻrnatilgan ikkita tok transformatori va ularning ikkilamchi chulg’amidan oʻtuvchi toklarning ayirmasiga ulangan bitta tok relesi KA1 yordamida yig’iladi. Quyida keltirilgan sxemaning tok zanjirida reledan oʻtayotgan toklarning yoʻnalishlari koʻrsatilgan. Bu sxema neytral nuqtasi yerga ulanmagan tarmoqlarda fazalararo qisqa tutashuvlardan himoya qilish uchun ishlatiladi.
6.8-rasm. Toklar ayirmasiga ulangan releli sxema
Sxemaning koeffitsiyenti Ksx qisqa tutashuvning turiga bog’liq. Chulg’amlari yulduz – uchburchak usulida ulangan transformatorlardan keyin boʻladigan ikki fazali qisqa tutashuvlarni sxema sezmasligi mumkin. Sxema arzon va sodda boʻlganligi uchun keng qoʻllaniladi.
. Tokli kesim. Tokli kesim oʻrnatmalarini tanlash. Tokli kesim sxemalari
Tokli kesim – bu maksimal turdagi tezkor tokli himoya hisoblanib, tanlovchanlikka ishlash zonasini cheklash orqali erishiladi.
Bir tomonlama ta’minlanuvchi tarmoqlarda tokli kesim himoyalanayotgan qismning manba tomonida oʻrnatiladi.
Qisqa tutashuv toklari manbadan shikastlanish joyigacha boʻlgan masofaga bog’liq holda tokli kesimning ishlash tokini shunday tanlash mumkinki, bunda kesimning ishlash hududida faqat nazorat qilinayotgan uskuna kiradi. Tokli kesimning (6.9 – rasmdagi TK1) ishlash toki qoʻshni tutashmalarda boʻlishi mumkin boʻlgan eng katta qisqa tutashuv tokidan ya’ni L2 tarmoqdagi qisqa tutashuv tokidan katta boʻlishi kerak. Chunki L2 tarmoqning boshidagi qisqa tutashuv toki L1 tarmoqning oxiridagi qisqa tutashuv tokiga deyarli teng, oʻrnatmalarni tanlashda odatda B podstansiyadagi qisqa tutashuv toklarini hisoblashadi (tarmoqlar chegarasidagi K1 nuqtadagi qisqa tutashuv).
Ushbu holatda tokli kesimning ishlash toki quyidagicha yozilishi mumkin:
Iish. TK
I
(3)
q. t max(K1)
, (6.8)
bu yerda
(3)
I
q.t max(K1)
- energetika tizimining maksimal ish holati vaqtidagi K1
nuqtadagi qisqa tutashuv tokining haqiqiy qiymati.
Do'stlaringiz bilan baham: |