‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


 Mahmudxo‘ja Behbudiy (1874-1919)



Download 19,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet268/412
Sana15.07.2021
Hajmi19,15 Mb.
#120500
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   412
Bog'liq
Umumiy pedagogika Mavlonova R.A

4. Mahmudxo‘ja Behbudiy (1874-1919)

Turkistonda  jadidlar  harakati  asoschilaridan  biri,  jahonga 

mashhur  bo‘lgan  o‘zbekning  yagona  jo ‘g‘rofiyashunosi,  atoqli 

jamoat arbobi, buyuk islomshunos, ulug‘  pedagog va axloqshunos, 

yuksak didli jumalist, Mahmudxo‘ja Behbudiy  1874 yil  10 martda 

Samarqandning  Baxshitepa  qishiog‘ida  ruhoniy  oilasida tavallud 

topdi.

Mahmudxo‘ja 6-7 yoshlarida o‘qib xat-savod chiqargach, otasi 



uni qori qilish maqsadida Qur’onni yodlata boshladi. Mahmudxo‘ja 

Qur’onni  yod  olgach,  qorilik  bilan  qanoatlanmay  15  yoshlaridan 

tog‘asi mufti muila Odil huzurida dars olishga kirishdi. Bu yerda u 

“Qofiya”,  “Shahri  mullo”,  mantiqdan  “Shamsiya”,  “Muxtasar  al 

vakoya”,  “Hoshiya” va hisob ilmini ham o‘rganadi.  Mahmudxo‘ja

412



o‘quvchilar orasida ibratlisi hisoblangan, o‘tkir zehnli va o‘qishga 

havasi balandlardan edi.

Mahmudxo‘ja Behbudiy  otasi vafot etgamdan  so‘ng  o ‘qishni 

tark etib, kasbkorlik qilishga majbur bo‘ladi.  Samarqand muzofati 

“Chashmi ob”da endigina qozi bo‘Igan tog‘asi Muhammad Siddiq 

huzurida mirzolik xizmatida ishladi. Bu yerda ikki yil xizmat cho- 

g‘ida,  qozixona  ishlari  bilan  keng tanishdi.  Ish  yuritish,  huquqqa 

xos  hamda  muftilikka  tegishli  barcha  yumushlardan  xabardor 

bo‘ldi.  U ikki yildan so‘ng “Qobul” bo‘lisiga o‘tib mirzolik qiladi 

va  tez  orada  muftillikka  ko‘tariladi.  1916  yilgacha  shu  yerda 

ishlaydi.  Behbudiy  Makkaga  borish  uchun  jiddiy  tayyorgarlik 

ko‘radi,  arab  tilini  o‘rganadi,  islom  nazariyalari  bilan  tanishadi. 

Hajni yetuklik imtihoni deb biladi va nihoyat 27 yoshida Makkada 

boiib, Hoji va mufti unvonlari bilan qaytadi.

Sharq  xalqlarining  ma’naviy  hayotida,  maktab-maorifida 

chinakam to‘ntarish yasagan, turkiy qavmlaming chinakam iftixori 

bo‘lgan  Ismoilbek  G‘aspirali  tomonidan  ishlab  chiqilgan  “usuli 

jadid”ida  nomi  tarixda  katta  o‘rin  tutgani  singari,  Behbudiyning 

nomi  ham  Turkiston  maktab-maorifida  keng  o‘rin  egallaydi.  U 

birinchi  bo‘lib  o‘lkada  bu  yangicha  usuldagi  maktablami  tashkil 

etishni  targ‘ibotchilaridan  hamda  amaliyotchilaridan hisoblanadi. 

Bu  sohada Behbudiy  Ismoilbek  G‘aspiralidan ko‘p  yangi  tomon- 

larni  o‘rgandi.  “Tarjimon”  gazetasi  Behbudiy  uchun  vaziyatni 

anglashda  zaruriy  vosita  bo‘ldi.  Gazetaning  dastlabki  sonlarida: 

“Bir  bechora  faqimi  ko‘rsak,  achinamiz.  oiayotgan  bechorani 

ko‘rsak,  yuragimiz  iztirobdan  orinadi.  Hatto  biror  hayvonning 

qiynalishi rahmimizni keltiradi. Lekin bir emas, minglab kishilar- 

ning,  butun  bir  xalqning  jaholatdan  mislsiz  qiynalayotganini 

ko'rmaymiz...”,  deb 

yozilgan  satrlar  bor.  Keyin  “Taijimon” 

sahifalarida yangi maktablar tashkil etish, ilg‘or va yangi fikrlami 

berish keng o‘rin egalladi. Bu esa Ismoilbek G'aspiralining birinchi 

tomonidan  millatlar  qarindoshligini  himoya  etsa,  ikkinchi 

tomondan umumdemokratik xarakterga ega ekanligini ko‘rsatadi. 

Shuning uchun ham Behbudiy o‘ziga Gaspiralining tutgan yo‘lini 

tanlaydi va undan maslahatlar oladi hamda maslakdosh bo‘ldilar.



413


Behbudiy  “usuli  jadid”  maktabining  zarurligi,  uning  qonun- 

qoidalari, maktabda o‘tiladigan darslar, qanday imtihonlar olinishi, 

maktabning  qay  tarzda  tuzilish,  unga  qanday  asbob-uskunalar 

kerakligi,  muallimlarning  vazifalari,  ulaming  ta’minot  masaialari 

va  boshqa  ko‘p  jihatlarini  Gaspiralidan va  uning  asarlari  hamda 

maqolalaridan o‘rgandi.  Shular  asosida Turkistonda  “usuli jadid” 

maktablarini  tashkil  etish  uchun  bor  kuchini  sarfladi.  Nafaqat 

tashkil  etish,  u  shu  maktablami  kitoblar  bilan  ta’minlashda  ham 

jonbozlik ko‘rsatdi.  U  Samarqandning  eski  shahar  qismida  bepul 

kutubxona,  qiroatxona,  o‘z  hovlisida  maktab  ochdi.  Mashhur 

pedagog  Abdulqodir  Shukuriyning  yangi  usuldagi  maktabini  o‘z 

hovlisiga ko‘chirib keldi.

1918  yilda  Samarqandda  “Musuimon  ishchi  va  dehqon 

sho‘rosi”  tuzilganda Behbudiy  maorif komissari  etib  tayinlanadi. 

Shunda u yangi maktablar tarmog‘ini yanada kengaytiradi.  0 ‘quv 

rejalari  tuzish,  yangi  darsliklar  yaratish,  o‘qituvchilar  tayyorlay- 

digan  kurslar  ochish  kabi  ishlarni  rivojlantirib  yuboradi.  Mah- 

mudxo‘ja  Behbudiy  “usuli  jadid”  maktablari  uchun  bir  qancha 

darsliklar  yozadi.  “Muxtarasi  tarixi  islom”  (“Islomning  qisqacha 

tarixi”),  “Madxali  jo ‘g‘rofiya  umroniy”  (“Aholi  jo ‘g‘rofiyasiga 

kirish”), “Muxtarasi jo ‘g‘rofi rusiy”(“Rossiyaning qisqacha jo ‘g‘- 

rofiyasi”), “Amaliyotchi islom” va hokazo kitoblari darslik sifatida 

o‘qitilgandi.

“Usuli  jadid”  maktablarida  hamma  o‘qish  huquqiga  ega 

bo‘lgan. Chor amaldorlari bu paytda Turkistondagi yangi usuldagi 

maktablami  biron ayb  topib  darhol  bekittirib  qo‘yar  edi.  Chunki, 

podsho  hukumati  “begona  xalq”ning  qisman  bo‘Isa  ham  ilm- 

ma’rifatli  bo‘lishini,  dunyoviy  bilimlami  o'rganishini  istamasdi. 

Yangi  usul  maktablarini  faqat  podsho  hukumati  emas,  balki 

mahalliy  ruhoniylar,  eski  maktabning  domlalari  ham  yoqtirmas 

edilar. Ular yangi usul maktablari “islom diniga rahna soladi”, “bu 

maktablaming  muallimlari  “kofir”,  deb  tashviqot  yuritar  edilar. 

Bunday  qarash  va  to‘siqlarga  qaramasdan  Behbudiy  va  uning 

maslakdoshiari “usuli jadid” maktablarida Turkiston farzandlarini 

o‘qitish  ishlarini  jadal  suratda  oiib  borardilar.  Maxmudxo‘ja 

Behbudiyning  “usuli jadid”  maktabidagi  o‘qitish  ishlari  quyidagi



414


tartibda  olib  borilar  edi:  “Maktab  ikki  bosqichdan  iborat  bo‘lib, 

birinchi  bosqich  -   ibtidoiy  qism,  deb  nomlangan.  Buning  tahsil 

muddati to‘rt yil. Birinchi yilida:  forscha va arabcba yozuv hamda 

o ‘qishni o‘rganilgan.  Suralar yod olingan. Hisob darsi o‘rgatilgan. 

Umuman  bir  yil  davomida  yozma  o‘qimoqni  to‘liq  o‘rganganlar. 

Ikkinchi yilida:  xaffiyak,  imon va e’tiqoddan dars,  fors,  turkiy va 

arab tilida  she’rlar,  qasidalar  o ‘qitilgan.  Uchinchi  yilida:  Qur’oni 

karim, islom ibodati, tajvid, Sa’diydan nasihatlar, fors va turkiy til 

puxta  o‘rgatilib,  undan  insholar  yozdirilardi.  Hisobdan  turli 

taqsimot va ish yuritish kabi  zaruriy jihatlar o‘qitilgan.  To‘rtinchi 

yilida:  esa Kalom-u Sharif, mufassal tajvid, forsiy va turkiy nazm 

va  nasr,  axloq  darsi,  turkiy  va  forsiy  til,  hisob  tarix, jo ‘g‘rofiya 

o‘qitilgan.  Bu  to‘rt  sinftii  tamomlagan  bolalarni  muallimlaming 

o‘zi  taqsimlagan.  Xohlasa  ikkinchi  bosqichga  qoldirar,  ulaming 

o‘zlashtirishlariga qarab madrasaga yuborar, bolaning c>‘zi xohlasa 

Yevropa  maktablariga  yuborar  yoki  tirikchilik  uchun  ishlashga 

yo‘llanma berardi. Behbudiy butun vujudi bilan muallim edi. Uning 

o‘zi  ham  yuqori  sinf talabalariga  jo‘g‘rofiya  va  tarixdan  saboq 

berar.  Misr,  Turkiya,  Qozon va boshqa joylardan olib kelgan turli 

yangi-yangi  kitoblarini  yuqori  sinf  o‘quvchilariga  hamda  eng 

yaxshi o‘qiganlarga hamda muallimlarga tortiq qilardi.  U ne  qilsa 

ulug‘  Turkiston  uchun  va  uning  kelajagi  bo‘lgan  yoshlar  uchun 

qilardi.  Behbudiy  axloq  va  tarbiyaning  asosi  -   maktab,  barcha 

ilmning  boshi  va  ibtidosi  maktab.  Saodatning,  fozil  insonning 

ma’naviy chashmasi -  maktab degan aqidaga amal qilardi.

1917 yilning  16-23  aprelida Toshkentda bo‘lib o‘tgan Turkis- 

ton musulmonl arming qurultoyida millatni o‘zaro ixtiloflardaji voZ 

kechishga,  buyuk  maqsad  yo‘lida  birlashishga,  ittifoq  bo‘lishga 

chaqiradi. Ammo u o‘z orzulariga erisha olmadi. Behbudiy 1919 yil 

25 martda ana shu g‘oyalari uchun millatchi jadid sifatida ayblanib, 

Shahrisabzda  qamoqqa  olinadi  va  qatl  etiladi.  U  o‘limi  oldidan 

qilgan  vasiyatida:  «Biz  o‘z  qismatimizni  bilamiz.  Agar  bizning 

hayotimiz  hurriyat  va  xalqning  baxt  saodati  uchxm  qurbonlik 

sifatida  kerak  bo‘lsa,  biz  o‘limni  ham  xursandchilik  bilan  kutib 

olamiz....  mumkin  qadar  ko‘proq  yaxshi  maktabiar  ochish,

415



shuningdek  maorif  va  xalq  baxt-saodatini  ta’minlash  sohasida 

tinmay ishlash bizga haykal bo‘ladi....”.

Mahmudxo‘ja   Behbudiyning  yangi  maktablar  uchun  yozgan 

asariari maktablaming isiohida katta hodisa bo‘ldi. Ayni davrda bu 

darsliklar  nazariy,  ilmiy  va  amaliy  jihatdan  keng  qo‘lianildi.  Bu 

kitoblaming  bugungi  kunda  ham  qadri  yo‘qolganicha  yo‘q. 

“KitobatuI  atfol”  (“Bolalar  maktubi”)  asari  o‘z  davrida bir  necha 

marta nashr  etilgandi.  Bu kitobga qirqtaga  yaqin  forsiy  va turkiy 

insholardan  na’munalar  kiritilgan.  Shahodatnoma  va  boshqa  ish 

yuritishga doir hujjatlar yozishni o‘rganishdan ta’lim beradi hamda 

namunalar 

ham 


keltirilgan. 

Volostnoyxona, 

qozixonada 

yoziladigan hujjatlar ham mana shu kitob orqali o‘rgatilgan.  Yosh 

va kattalarga moijallangan 36 sahifalik to'plam Respublikamizga 

davlat maqomi berilgan, mustaqillik qaror topayotgan damlarda bu 

kitob  nazariy-ma’rifiygina  emas,  balki  amaliy  ahamiyatga  ham 

egadir.  0 ‘zbek tilida ish yuritishimizda bu kitob juda qo‘l keladi. 

Kitobning maqsadi ham shunga qaratilgan. Behbudiy “Padarkush” 

dramasida  boyning  uydirma  gaplariga  ishongan  o‘g‘li  otasini 

o‘ldirganini  ilmsizlik  va  tarbiyasizlik  oqibatidan  deb  ko‘rsatadi. 

Otasi o‘ladi, o‘g‘li qamaladi, uyda yolg‘iz qolgan onaga yangi fikrli 

domla tasalli berib aytadi:

“Onajon,  sizga  sabrdan  boshqa  chora  yo‘q,  bu  badbaxtlik  va 

musibatga  sabab,  jaholat  va  nodonlikdir,  beilmlik  va  tarbiya- 

sizlikdir.  Uyingizni  nodonlik  buzdi.  Sizni  beilmlik  xonavayron 

qildi.  0 ‘g‘lingizni  beilmlilik  Sibirga  yuboradi.  Joningizdan  aziz 

farzandingizni  tarbiyasizlik  balosi  sizdan umrni  ayritadur.  Bolan- 

gizni otasi tarbiya etmadi, o‘qitmadi.  Oxiri baloga uchradi, yomon 

rafiqlar  (odamlar)  yo‘ldan  chiqardilarki,  qurboni  jaholat 

bo'ldingiz”.

Nomaqul 


o‘g‘il 

ota-onaning  erkalatishlaridan  taltayib, 

bekorchilikdan yomon kishilarga qo‘shilib, yomon yo‘llarga yurib, 

oxir-oqibatda o‘zining va qolganoila—a’zolari uxnrini xazon qiladi. 

“Bizlami — deb yozadi Behbudiy, - xonavayron... bevatan va bandi 

qilgan  tarbiyasizlik  va jaholatdir,  bevatanlik,  darbadarlik,  asorat, 

faqirlik,  zarurat  va  xorliklar  -  hammasi  ilmsizlik  va  betarbiya- 

likning  mevasi  va  natijasidir...  Modomiki,  bizlar  tarbiyasiz



416


bolalarimizni  o‘qitmaymiz,  bu  tariqa  yomon  hodisalar  va 

badbaxtliklar  oramizda doimo  hukmron bo‘Isa kerak.  Bu  ishlarni 

yo‘q bo‘lmog‘iga o‘qimoq va o‘qitmoqdan boshqa  iloj  yo‘qdir”,

5. Abdulla Avloniy (1878-1934)

Taniqli  ma’rifatparvar  adib  Abdulla  Avloniy  pedagogik  fikr 

taraqqiyotiga  salmoqli  hissa  qo‘shgan,  o‘z  asarlarida  o‘zbek 

xalqining  eng  yaxshi  airanalarini,  ta’lim-tarbiyaga  oid  muhim 

hayotiy masalani aks ettirgan pedagog, olimdir.

Abdulla  Avloniy  1878  yil  12  iyulda  Toshkent  shahrining 

Mergancha  mahallasida,  mayda  hunannand-tos quvchi  oilasida 

dunyoga  keldi.  Ota-onasi  savodli  kishilar  bo'lganlar.  Abdulla 

Avloniy  eski  usul  maktabini  tamomlagandan  keyin  12  yoshida 

madrasaga  o‘qishga  kiradi.  U  yozda  isblab  ota-onasiga  yordam 

qilar,  boshqa  vaqtlarda  o‘qir  edi.  0 4 a   iqtidorli  bo‘lgan  Abdulla 

Avloniy 15 yoshida she’rlar yoza boshladi. Dastlabki she’rlarida va 

“Hijron” degan maqolasida xalqni yangi  usul maktablarida o‘qib- 

o‘rganishga targ‘ib qildi. Avbdulla Avloniy  1907 yilda “Shuhrat”, 

“Osiyo”  nomli  yangi  gazetalar  chiqara  boshladi,  lekin  chor 

amaldorlari tez orada gazetalami yoptirib qo‘yadi. Abdulla Avloniy 

keyinroq  “Sadoyi  Turkiston”  (1914-1915),  “Turon”  (1917), 

“Ishtirokiyun” (1918) gazetalarida, “Kasabachilik harakati” (1921) 

jumalida  muharrir  bo‘lib  ishlaydi.  Shundan  so‘ng,  u  o‘zbek 

matbuotning  zabardast vakili,  o'zbek matbuotning  asoschilaridan 

bin sifatida taniladi.

Abdulla Avloniy xalq orasida ilg‘or fikrlami tarqatishda, ilm va 

ma’rifatni  tashviq  qilishda  gazeta, jumallaming  roli  g‘oyat  katta 

ekanligini yaxshi bilar  edi.  U  1907 yili  “Shuhrat”,  “Osiyo” nomli 

gazetalar  chiqarib  unga  muharrirlik  qiladi.  Gazetaning  birinchi 

sonida  matbuotning  roli,  gazetaning  vazifasi  haqida  fikr  yuritib, 

“Matbuot har insonga o‘z holini ko‘rsatuvchi, ahvol olamdan xabar 

beruvchi,  qorong‘i  kunlami  yorituvchi,  xalq  orasida  iim,  ittifoq, 

himmat g‘oyalari”ni yoyuvchidir deb, baliqning suvsiz yashamog‘i 

mumkin  bo‘lmagani  kabi  insonning  ham  ilmsiz  yashamog‘i 

mumkin emasligini uqtiradi.



417


XX 

asr  boshlarida  О ‘zbekistonning  ijtimoiy-siyosiy  hayotida 

pedagogik  fikxlaming  rivojida  Abdulla  Avloniy  alohida  o‘rin 

egalladi,  butun  faoliyati  davrida  u  o‘z  xalqiga  xizrnat  qiladigan 

komil  insonni  yetishtirish,  uning  ma’naviyatini  shakllantirishga 

alohida e’tibor berdi.  Abdulla Avloniy o‘zbek xalqining san’ati va 

adabiyoti hamda milliy madaniyatini,  xalq ta’limi  ishlarini  yo‘lga 

qo‘yishda katta xizmatlar qilgan adib, jamoat arbobi  va iste’dodli 

pedagogdir. 

Abdulla 


Avloniy 

o‘zbek 


ziyolilari 

ichida 


birinchilardan  bo‘lib,  o‘zbek  xalq  teatrini  professional  teatrga 

aylantirish  uchun  1913-yilda  “Turon”  nomi  bilan teatr truppasini 

tashkil  qiladi.  Biroq  bu  truppaning  professonal  teatrga  aylanishi 

uchun katta to‘siqlar bor edi. Chor hukumatining mustamlakachilik 

siyosati  xalqning  ijtimoiy  ongining  uyg‘onishiga  yordam 

ko‘rsatuvchi teatrlaming barcha shakllariga qarshi edi. Teatrga ana 

shunday salbiy munosabatda bo‘lgan bir paytda Avloniyning teatr 

truppasini  tashkil  qilish  va  ijtimoiy  mazmundagi  pesalami 

sahnalashtirishi  uning  xalq  ma’rifati  yo‘lidagi  zo‘r  jasorati  edi. 

Teatrshunos M.Rahmonov Avloniyning teatrchilik faoliyati haqida 

shunday  yozadi:  “Avloniy  truppa  uchun  “Advokatlik  osonmi?”, 

“Pinak”,  “Ikki  muhabbat”,  “Portug‘oliya  inqilobi”  kabi  dramalar 

yozdi, “Qotili Karima”, “Uy tarbiyasining bir shakli”, “Xiyonatkor 

oilasi”, “Badbaxt kelin”, “Jaholat”, “OMiklaf ’ kabi sahna asarlarini 

tatarcha  va  ozarbayjonchadan  tarjima  qiladi»1.  Ammo  bu  asarlar 

nashr qilimnadi.

Abdulla Avloniy “Usuli jaded” maktablari uchun to‘rt qismdan 

iborat “Adabiyot yoxud milliy she’rlar” hamda “Birinchi muallim” 

(1912), “Tiu-kiy guliston yoxud axloq” (1913), “Ikkinchi muallim” 

(1915),  “Maktab gulistoni” (1917) kabi darslik va o‘qish kitoblari 

yaratdi.  Bu  asarlarida  hamda  publitsistik  maqolalarida  dunyo 

xalqlari madaniyatini,  ilm-fanni, maktab va maorifhi ulugiab, o‘z 

xalqini ilmli, madaniyatli bo‘lishga chaqiradi.

XX 


asr  boshlarida  yangi  maktablar  uchun  yozilgan  alifbolar 

anchagina  edi.  Shular  orasida  Avloniyning  “Birinchi  muallim”i 

ham  o‘ziga  xos  o‘ringa  ega;  “Birinchi  muallim”  1917-yil


Download 19,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish