‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


Axloqiy tarbiyani amalga oshirish yo ‘Uari



Download 19,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/412
Sana15.07.2021
Hajmi19,15 Mb.
#120500
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   412
Bog'liq
Umumiy pedagogika Mavlonova R.A

Axloqiy tarbiyani amalga oshirish yo ‘Uari.

Maktabda  o‘quvchilarga  axloqiy  tarbiya  berishda  xilma-xil 

usullar qoilaniladi:

-  dars, ta’lim jarayonida axloqiy tarbiyani qo'shib olib borish;



275


-  ahil, inoq uyushtirilgan intizomli jamoa orqali axloqiy tarbiya 

berish;


-  to‘g‘ri  rejalashtirilgan  tarbiyaviy tadbirlami  tashkil  etish 

orqali;


-  maktabda ijobiy emotsional sharoit yaratish orqali. Masalan, 

Mustaqillik kuni, Navro‘z bayrami;

-  barcha  o‘quvchilaming  maktabdagi  umumiy  va  yagona 

tartib qoidaga rioya qildirish orqali;

- turli tushuntirish, uqtirish, suhbat, munozara, rag‘batlantirish, 

jazolash usuilaridan foydalanish orqali;

- tarbiyaviy  soatlar,  “Odobnoma”,  “Ma'naviyat  asoslari” 

darslari saviyasini oshirish orqali;

-  mehnat  ilg‘orlari,  ilm-fan  xodimlari,  mehnat  faxriylari, 

hojilar bilan uchrashuvlar uyushtirish orqali;

-  maktabda  turli  kechalar,  olimpiada,  festival,  musobaqalar 

o‘tkazish,  turli  axloqiy-ma'rifiy  teleradio  eshittirishlaridan  foy­

dalanish;

-  dars  va  tarbiyaviy  tadbirlar jarayonida  milliy  qadriyat  va 

an'analarimiz aks etgan  asarlami o‘qib-o‘rganish orqali.

Insonning  ma'naviyati  uning  odobi,  xulqi,  madaniyatidan 

tashkil topadi. Ma'naviyat esa aqliy, axloqiy, huquqiy, iqtisodiy va 

siyosiy bilimlar zamirida shakllanadi va tarkib topadi. Axloq, odob 

haqidagi  tushuncha,  tasawurlami,  odatlarni  tarkib  topshirishda 

xalq, og‘zaki ijodining, oilaning, atrof-muhitning tarbiyaviy ta’siri 

beqiyosdir.  Bayramlarimiz,  urf-odatlarimiz,  marosimlarimiz, 

udumlarimiz  ham  bolalarda  axloqiy  fazilatlami  shakllantirishda 

nihoyatda katta ahamiyatga egadir.

Axloqiy  tarbiya  usullariga  tushuntirish,  na’muna  ko‘rsatish, 

odatlantirish  o‘rgatish,  mashq  qildirish)  iltimos  qilish,  tilak-istak 

bildirish, rahmat  aytish,  duo  qilish,  olqish  (oq yo‘i tilash) kabilar 

kiradi. Ta’kidlash, ta’na (gina, o‘pka) qilish, masxara qilish, majbur 

qilish, tanbeh berish, koyish,  qarg‘ash,  qo‘rqitish, uzr so‘rash, la’- 

natlash,  urish,  kaltaklash  singari  tarbiya  usullari  ham  keng 

tarqalgan.

Axloqiy  tarbiya  vositalaridan  biri  maqollardir.  Maqollar 

odamlaming  hayoti  va  turmush jarayonida  to‘plangan  tajribalari



276


dunyoqarashi,  o‘zi  yashab  turgan  ijtimoiy  hayotga  bo‘lgan 

munosabati,  o‘tmish  hayoti  va  uning  ibratli  saboqlari,  shaxsning 

ruhiy holati, umid va orzularini ifodalaydi. Shuning uchun ham ular 

bola  tarbiyasida,  xususan  axloq  va  odobiga  ijobiy  ta’sir  etadi. 

0 ‘zbek  maqollari  tinglovchiga  o‘git-nasihat  tarzida  band 

o'xshatishlar orqaii aytiladi:

Oltin olma, duo ol,

Duo oltin emasmi.

Onangga boshingni ham qil,

Otangga gapingni kam qil.

Ertak va dostonlatda bola tarbiyasmmg deyarli hamma tarkibiy 

jismiari tarkib topishgan oid materiallar ko‘p.

Masalan: “qorasoch pari” ertagida Nodira yosh chogHda otadan 

yetim o‘sgandi.  Onasi Nodirani  safarga jo ‘natishdan oldin  unga 3 

nasihat aytadi:

1) Birovga hiyonat qilma.

2) Birovning dilini og‘ritma.

3) Qaysi  shaharga borsang,  o‘sha shahaming qariyalari bilan 

suhbatlash. U onasining nasihatiga kirib, murod-maqsadiga yetadi.

Yoki o‘z  farzandini  salomlashishga  odatlantirolgan  ota- 

ona ulug‘lanadi;

Qizil-qizil olma terdim,tepa shoxdan egilib,

Qizlaijon o ‘tib boradir, soch bosh yerga tegib,

Salom bersam alik oldi, tol xivichdek egilib,

0 ‘stirgan onangga rahmat, oimagaysan ko‘z tegib.

Yoki ota-ona qoralanadi, ta’na va isnodga qoladi:

Ikki yuzing pishgan olma,  .

Noz etib hargiz buralma.

Ishdan hech bo‘yin tovlama,

Chiroylisan ko‘rdik, kelin.

Onang seni o'stirgan xom,

So‘zlariirmi uqding tamom.

Kattalarga bergil salom,

Shimda qadring ortar kelin.



277


Qo‘shiqlarda  ham  salomlashish  yoshlaming  odobli  yoki 

odobsizliklarini belgilaydigan omil ekanligi ko‘rsatiladi.

Aka, yoringni ko‘rdik,

Dalada yurgan ekan,

Qaytarilib saiom bersam,

Tili yo‘q, hayvon ekan.

Yoki allani ko‘raylik:

Har daraxtning mevasi ko‘p bo‘lsa, boshi ham kelur,

Har kishining dardi bo‘Isa, diydasidan nam kelur,

Shodmonlik istasang oxir boshingga g‘am kelur,

Nola qilsam, qo‘rqaman-majlisga nomahram kelur, 

Marhabojon, bibing aylansin bolam, dod allayo.

Yoki  «Usta  Nishon»  ertagini  o‘qigan  bolada  yaxshi  xulqli 

bo‘lish, duo olish, ota-onaga rahmat keltirish ishtiyoqi uyg‘onadi. 

Yoki kuyida qoralash usulining qarg‘ish shakli ishlatilgan:

Sen, juvonmarg, eshit mening tilimni,

Nega sen yig‘latding mening ulimni 

Nega urding echki boqar kalimni 

Senda odam, bilib yurgin yo‘iingni!

Otang hurmati siylab turayin 

E juvonmarg, bilganimday qilayin,

Qarab turgin, sen ham meni bilasan,

Echki boqar-kalga tegsang, oiasan.

Shu  satrlami  o‘qigan  bolada  yomon  yo‘ldan  yurish,  odobsiz 

bo‘lishdan chekinish tuyg‘usi paydo bo‘ladi.

Yoki  «Zumrad  va  qimmat»  ertagini  olaylik.  Zumrad  aqlli, 

odobli,  xushmuomala  bo‘lgani  uchun  ham,  u  ertalab  suvga 

borganda  yo‘lda  gullar  ochilib,  egilib  salom  berishadi,  qushlar 

sayrab  Zumradni  maqtashadi,  Qimmat  suvga  chiqsa,  gullar 

qovog‘ini uyib, yumilib oladi, qushlar jim bo‘lib qolishadi.

Chunki  Qimmat  gullami  oyog‘i  bilan  ezib,  yulib  tashlar, 

gullarga toshlar otar edi.

Buni  eshitgan  bolalar  Zumradga  o‘xshab  odobli  bo‘lishni, 

Qimmatga o‘xsharnaslikka harakat qilishadi.

Ertaklaming  tarbiyaviy  ahamiyati  shundaki,  unda  ezgulik  va 

yovuzlik o ‘rtasida kurash ketadi va oxirida yaxshi bo‘lsang, albatta



278


murodingga yetasan degan xulosaga kelishadi va yaxshilikka intili- 

shadi. Axloqiy tarbiyaning eng ta’sirchan vositalaridan biri hadisdir.

Umuman  Sharq  xalqlarida  odob-axloq,  izzat-hurmat,  hayo- 

andisha  uning  insoniylik  qiyofasini  belgilovchi  asosiy  omildir. 

Darhaqiqat,  Sharq  xalqlarining  ibrat  bo‘larli  axloqiy  fazilatlari 

benihoya ko‘pdir.




Download 19,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish