‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


Ma’naviy-axloqiy tarbiya mazmuni



Download 19,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/412
Sana15.07.2021
Hajmi19,15 Mb.
#120500
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   412
Bog'liq
Umumiy pedagogika Mavlonova R.A

4.Ma’naviy-axloqiy tarbiya mazmuni

Axloq kishilik jamiyati  tarixiy taraqqiyoti  davomida vujudga 

kelib,  tarkib topgan,  takomillashib kelgan me’у or va  qoidalardan 

iborat bo‘lib, ular kishilaming jamiyatga boigan munosaba.tla.rini 

tartibga  soladi.  Bu  me’yor  va  tartib  qoidalar  kishilardan jcimiyat 

uchun zarur bo‘Igan axloqqa ega bo‘lishlikni talab qiladi.  Shunga 

muvofiq, biror shaxsning xulq-atvori, yurish-turishiga axloqli yoki 

axloqsiz deb baholashga imkon beradi.

0 ‘zbek milliy pedagogi Abdulla Avloniy axloqqa quyidagicha 

ta’rif beradi: “Axloq insonlami yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlik- 

dan qaytaruvchi bir ilmdur. Yaxshi xulqlaming yaxshiligini, yoroon 

xulqlaming  yomonligini  dalil  va  isboiiar  ila  bayon  qiladurgan 

kitobni  axloq  deyilur”.  Axloq  -   inson  hayotida  o‘z-o‘ zini  idora 

qilish  me’yolarini,  boshqalar  bilan  munosabatda  bo‘lish 

madaniyatini,  halol  ishlab,  to‘g‘ri  hayot  kechirish  mezonlarini 

o'rgatadi. Ibn Sino ham “axloq har bir kishi uchun o‘z-o‘zini idora 

qilshi  ilmidur”  deb  uning  mazmunini  ifodalab  bergan  edi.  Axloq 

me’yori  va  qoidalari  tarixiy  taraqqiyot  davomida  tarkib  topib, 

takomillashib borgan va kishilarda birgalikda yashash sharoitidan,

271



tabiiy ehtiyojidan, ijtimoiy manfaatlari va hayotiy talablaridan kelib 

chiqqan  va  ular  muayyan  tarixiy  davrdagi  kishilarning  xatti- 

harakati,  yurish-turishi  va  boshqalarga  bo‘lgan  munosabatlarida 

namoyon  bo‘lgan.  Ana  shu  tartib-qoidalarsiz  biron-bir  jamiyat 

bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham.

Axloqiy faziiatlar hech qachon o‘z~o' zidan vujudga keimaydi, 

balki  ulaming  keiib  chiqishining  haqiqiy  manbai,  ularni  keltirib 

chiqargan  sabablar  va  harakatga  keltiradigan  kuchlar  mavjuddir. 

Zero,  har  qanday  axloqiy  qoidalar  muayyan  tarixiy  zaruriyat 

natijasida vujudga keladi va muayyan qonuniyat asosida rivojlanib 

boradi.  Demak,  axloqning  rivojlanishi  obyektiv  shart-sharoitlari 

bilan  subyektiv  omillaming  o‘zaro  munosabati  qay  darajada 

ekanligi bilan bog£Iiqdir.

Inson  ijtimoiy hayotga  aralashar  ekan,  ijtimoiy  munosabatlar 

ta’siriga tushadi. Ijtimoiy munosabatlar o‘zgarishi bilan shaxsning 

ma’naviy  qiyofasi,  yangi  dunyoqarash,  g‘oya  va  tasawurlari, 

jumladan  axloqi  ham,  shuningdek,  unga  boigan  qarashlari  ham 

o‘zgarib  boradi.  Har  qanday  shaxs  o‘z  dunyoqarashi,  axloqiy 

qoidalarini  va  ular  ta’sirida  shakllangan  odat  va  ko4nikmalarini 

o‘zlashtirib  borishi  bilan  birga,  aniq  ijtimoiy  voqealarga,  o‘zini 

o‘rab  olgan narsa va  hodisalarga,  kishilarning  xatti-harakatlariga. 

yurish-turishlari  va  muomalalariga  muayyan  hayotiy  mavqeda 

turib, maqsadga muvofiq tarzda baho beradi.

“Axloq”  so‘zi  arabchadan  olingan  bo‘lib,  “hulq”  so‘zining 

ko‘plik  shaklidir.  “Axloq”  iborasi  ikki  xil  ma’noga  ega:  umumiy 

tushuncha  sifatida  farming  tadqiqot  obyektini  anglatsa,  muayyan 

tushuncha  sifatida  inson  fe’l-atvori  va  xatti-harakatining  eng 

qamrovli qismini bildiradi.

Axloqni  umumiy  tushuncha sifatida  olib,  uni  doira  shaklida 

aks  ettiradigan bo‘lsak, doiraning eng kichik qismini odob,  undan 

kattaroq qismini xulq, eng qamrovli qismini axloq egallaydi.

Odob  -   inson  haqida  yoqimli  taassurot  uyg'otadigan,  lekin 

jamoa, jamiyat va  insoniyat hayotida u  qadar  muhim  ahamiyatga 

ega  bo‘lmaydigan,  milliy  urf-odatlarga  asoslangan  chiroyli  xatti- 

harakatlami o ‘z ichiga oladi.

272



Xulq  -   oila, jamoa,  mahaIla-ko‘y  miqyosida  ahamiyatli  bo‘l- 

gan,  ammo  jamiyat  va  insoniyat  hayotiga  sezilarli  ta’sir  ko‘rsat- 

maydigan yoqimli insoniy xatti-harakatlaming majmui.

Axloq  esa  -  jamiyat,  zamon,  insoniyat  tarixi  uchun  na’muna 

bo‘la  oladigan  ijobiy  xatti-harakatlar  yig‘indisidir.  Axloq 

me’yorlari hulq atvoming regulyatori sifatida odat me’yorlariga zid 

xatti-harakat axloqsizlik harakati deb qaraladi.  Shunisi ham borki, 

huquq majburiy bo‘lsa, axloq ixtiyoriydir.

Axloqiy tarbiyaning maqsadi jamiyat talablariga bog‘liq boiib, 

bu talablar o ‘z navbatida ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish 

darajasi  va jamiyatda yoshlami  o‘qitish va tarbiyalash ishlarining 

hammasi  yosh  avlodda  ma’naviy  axloq  va  e’tiqodni  shakllanti- 

rishga, ularni Vatanga cheksiz sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat. 

qilishi  lozim.  Yoshlami  ma’naviy-axloqiy  tarbiyalash  tizimini 

takomillashtirishda  boshlang‘ich  maktab  muhim  o‘rin  egallaydi. 

Insonning  jamiyatga  bo‘lgan  munosabatini  shakllantirish,  salbiy 

illatlarga qarshi nafrat uyg‘otish. ongli intizomni tarbiyalash, komil 

insonni voyaga yetkazish kabilar axloqiy tarbiyaning vazifalaridir.

Axloqiy  tarbiya  vazifalaridan  yana  biri  insonning jamiyatga 

bo‘lgan munosabatini yuqori pog‘onaga ko‘tarishdir.

Iymon  va  insof,  so‘z  va  ish  birligi,  insonparvarlik  -   yangi 

qurilayotgan jamiyatning asosiy xususiyatlari bo‘lib qoladi.  Shun- 

day  ekan,  jamiyat  va  xalq  manfaati,  uning  baxt-saodati  uchun 

kurashish mas’uliyatini har bir fuqaro teran his etishi va unga amal 

qilishi  lozim.  Yoshlami  tarbiyalashda  sharqona  va  milliy  axloq- 

odob normalari  asosida ish yuritish bilan birga jamiyatga hurmat, 

mustaqillikni  mustahkamlash,  insonlarga  insoniy  munosabatda 

bolish kabi  fazilatlarni  singdirish taqozo etiladi.  Axloqiy tarbiya 

odamlami  nomusli.  vijdonli,  adolatli,  vatanparvar,  mehnatsevar 

bo‘lishga  o‘rgatish  bilan  profilaktika  ishlarini  ham  olib  boradi. 

Axloqiy  tarbiyada  yaxshi  xulqni  takomillashtirish  uchun  kura- 

shiladi.  Xalq  ta’limi  tizimida  o‘qitish  tarbiyalanuvchilaming 

axloqiy mukammallashish bilan bog‘liq bo‘ladi.  Ularda ong bilan 

xulq birligi tarbiyalanadi. Shaxsning jamoat va vatanga, mehnatga, 

kishilarga,  o‘z  hulqiga  munosabatlami  quyidagilarda  o‘z  aksini 

topgan:

273



—  jamiyatga, vatanga muhabbat va sadoqatni tarbiyalash;

—  mehnatga axloqiy munosabatni tarbiyalash;

—  atrofdagi  kishilarga  axloqiy  munosabat,  yuqori  muomala 

madanlyatiga ega bo‘lgan  shaxsni shakllantirish;

—  shaxsning  o‘ziga,  o‘z  xulqiga,  axloqiy  munosabatni 

tarbiyalash.

Dars va darsdan tashqari tarbiyaviy ishlar jarayonini Alpomish, 

To‘maris,  Shiroq  kabi  xalq  qahramonlari;  A.Temur,  Ulug'bek, 

Bobur  singari  davlat  arboblari  va  sarkardalarimiz,  Ibn  Sino, 

Beruniy  kabi  olimu  fuzalolarimiz  qarashlariga  tez-tez  murojaat 

qilishimiz, yoshlami Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash ishning 

asosini tashkil qiladi. Shu bilan birgalikda tarbiya borasidagi jahon 

standartlariga ham e ’tibomi qaratmoq lozim. Estetik tarbiya ancha 

kengma’noga ega bo‘lib shaxsni tabiat va jamiyatdan go‘zalliklarni 

ideal nuqtayi nazardan idrok etishga o‘rgatadi.1

Tarbiya  turlarining  hammasi  bir-birlari  bilan  o‘zaro  uzviy 

bogTiq,  lekin  shunga qaramasdan o‘z mazmunidan kelib chiqqan 

holda, ular o‘z spetsifikasiga ham egadir. Endi biz quyidagi:  aqliy 

tarbiya, axloqiy tarbiya, iqtisodiy tarbiya, ekologik tarbiya, huquqiy 

tarbiya,  estetik  tarbiya,  jismoniy  tarbiya,  mehnat  tarbiyasi  kabi 

tarbiya turlarining har biriga alohida-alohida to‘xtaiib o‘tamiz.

Inson  kundalik  hayotida  undan  (axloq  normalaridan)  norma 

sifatida foydalanadi. Axloqiy tarbiya normalari har bir jamiyatning 

huquqiy normalariga asos bo‘ladi. Axloqiy tarbiyada kishi axloqiy 

bilimlami  o‘zlashtiribgina qolmay,  har qanday vaziyatlarda o‘zini 

ana  shu  nonnalarga  munosib  tuta  oladigan  kishilar  axloqiy 

tarbiyalangan hisoblanadi. Axloqiy tarbiyalangan kishida barqaror 

ma’naviy  motivlar  shakllangan  bo‘ladi.  Bu  motivlar  esa  o‘sha 

kishini jamiyatda munosib xulq-atvorga rag'batlantiradi.

Yosh avlodni jamiyatga, mehnatga, o‘ziga munosabatni ochib 

beruvchi  ma’naviy  fazilatlarga  muvofiq  ravishda  tarbiyalash  - 

tarbiyalanuvchi  shaxsni,  axloqiy  tarbiyaning pedagogik va psixo- 

logik  asoslarini  chuqur  bilishni  talab  qiladigan  murakkab  jara- 

yondir.  Axloqiy  bilimlami  ongli  ravishda  o‘zlashtirib  olishgina

1 Mirjalilova Yu. “ Milliy va umummsoniy qadriyatlar asosida talaba shaxsini  axloqiy  jihatdan 

tarbiyalash” Biliruv malakaviy ishi. 2004 yii.



274


o‘quvchilarga  atrofdagi  kishilar  xatti-harakatidagi  qaysi  jihatlar 

yaxshi-yu,  qaysilari  yomon  ekanligini  anglab  oiishga  yordam 

beradi.


Download 19,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish