Ўзбекистон республикаси олий ва


Ta’lim shakllarining rivojlanishi



Download 2,43 Mb.
bet68/308
Sana25.09.2021
Hajmi2,43 Mb.
#184821
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   308
Bog'liq
Ахмедова Малохат Педгогика Психология

Ta’lim shakllarining rivojlanishi.Jahon pedagogik fani va amaliyotida ta’limni tashkil etishning turli shakllari mavjud. Ayni vaqtda ta’limning quyidagi shakllari ajratib ko’rsatiladi: individual, individual-guruhli, sinf-dars, ma’ruza, auditoriyadan tashqari. Ta’limning individual-guruhli shaklidan Yevropada XVI asrda keng foydalana boshladilar. Markaziy Osiyo davlatlarida bu usuldan qadim davrlarda ham foydalanganlar. Bunga Avesto davri misol bo’la oladi, bu davrda talabalar uchun asosiy o’quv qo’llanma zardushtiylikning muqaddas manbai “Avesto” (eramizdan avvalgi VII-XVI asrlar) bo’lib kelgan. Avesto davri jamiyatidagi maktablarda individual o’qitish jamoali o’qitish bilan birga olib borilar edi. O’qituvchi “Avesto” kitoblaridan birini ochadi va talabalar navbatma-navbat kelib ovoz chiqarib o’qiydilar, keyin hamma birgalikda o’qilganlarni takrorlaganlar, mashqlarni maxsus taxtachalarda yozganlar. Aqliy mashqlar o’qituvchining talaba bilan erkin suhbati davomida olib borilgan. Jismoniy tarbiyalash individual va jamoali mashg’ulotlar shaklida amalga oshirilgan. Otda yurish, ov qilish, qilichdan foydalanishni bilish, suvda suzish, yugurish, nayza otish va shu kabilar harbiy tayyorgarlikning majburiy turlari hisoblangan. Ta’lim olish jarayoni kun chiqqandan kun botgungacha davom etgan, uy vazifalari mavjud bo’lmagan. XI asrdayoq Abu Ali ibn Sino o’zining “Tadbiri manzil” nomli ilmiy asarining maxsus “Amuzish va parvarishi modrasas farzand” (“Bolalarni maktabda o’qitish va tarbiyalash”) bo’limida talabalarga jamoali o’qitish haqida quyidagi tavsiyalarni beradi: 1) agarda talabalar birgalikda o’qisalar, ular zerikmaydilar, fanni o’rganishga qiziqish kuchayadi; ularda bir-birlaridan ortda qolmaslik uchun o’zaro musobaqalashish istagi rivojlanadi, ular bolaning o’qishi yaxshilanishiga yordam beradi; 2) o’zaro suhbatlarda talabalar kitobdan o’qish yoki kattalardan eshitgan qiziqarli ma’lumotlarni bir-birlariga aytib beradilar; 3) bolalar birgalikda yig’ilganlarida bir-birilari bilan do’stlashadilar va bir-birlarini hurmat qiladilar; ular faqatgina musobaqalashmaydilar, balki bir-birlariga o’quv materiallarini o’zlashtirishda yordam beradilar; bu bilan bolalar mag’rurlanadilar, bir-birlaridan yaxshi odatlarni o’rganadilar.

XV asrda jamoali o’qitishni tashkil etish g’oyasini Muhammad Tarag’ay Ulug’bek davom ettiradi. Mutafakkir o’zining madrasalarida individual mashg’ulotlar tizimini bekor qiladi va “jamoa” sinf-dars tizimiga yaqin bo’lgan shaklini joriy qiladi. Umumiy ma’ruzani 50-70 nafar kishidan iborat katta guruhga odatda o’z sohasida bo’lgan olim mudarris (o’qituvchi-professor) o’qiydi, amaliy mashg’ulotlarni esa 10-15 kishidan iborat kichik guruhda kichik mudarris (o’qituvchi) olib boradi. O’qitishning muhim metodlari munozara va tortishuvlar hisoblangan. XV va XVI asrlar davomida Yevropada ishlab chiqarishning rivojlanishi kuzatildi. Ushbu o’zgarishlar bolalarga ta’lim berishning ommaviy shakli yuzaga kelishiga zamin yaratdi. Ulardan biri ta’limning guruhli (jamoali) shaklisanaladi. U G’arbiy Rossiya (hozirgi Belorussiya va Ukrainaning g’arbiy qismlari) birodarlik maktablarida ilk bor qo’llanilgan va o’qitishning sinf-dars shaklining asosi bo’lib qolgan. Bu tizimlar XVII asrda Yan Amos Komenskiy tomonidan “Buyuk didaktika” asarida nazariy jihatdan asoslab berildi va ommaviylashtirildi. Olim pedagogikaga o’quv yili, o’quv kuni, dars, mashg’ulotlar orasidagi tanaffus, o’quv ta’tillarikabi tushunchalarni kiritdi. Sinf-dars tizimi garchi 350 yil avval asoslangan bo’lsada bugungi kunda ham keng ko’lamda qo’llanilib kelinmoqda.



Ta’limning sinf-dars tizimi alohida o’quv fanlarini o’qitish metodikasi va didaktikasiga oid asarlarida uning afzallik va kamchiliklarini ko’rsatib berdi. Afzalliklari: yaxlit pedagogik jarayonning tartibli kechishini ta’minlovchi tashkiliy tizim shakllanishi; jarayonlarning oson boshqarilishi: mavzuning jamoa bo’lib muhokama qilinishi, birgalikda izlash jarayonida talabalar o’rtasida o’zaro munosabatning shakllanishi; o’qituvchi tomonidan talabalar tarbiyasiga hissiy ta’sir ko’rsatilishi; o’quv faoliyatiga musobaqalashish elementlarini kiritish imkoniyatining mavjudligi, bilimsizlikdan bilimlarni o’zlashtirish sari harakatlarning muntazamligi va ketma-ketligi. Kamchiliklari: tizimning asosan bilimlarni o’rtacha darajada o’zlashtiruvchi talabalar uchun mo’ljallanganligi, bo’sh o’zlashtiruvchi talabalar uchun qiyinchiliklarning yuzaga kelishi va kuchli o’zlashtiruvchi talabalar qobiliyatlarining rivojlanish sur’atining ortga surilishi; o’qituvchi uchun o’qitish mazmuni va o’qitish sur’atlari hamda metodlari bo’yicha individual ishlarni tashkil etish, shuningdek, talabalarning individual xususiyatlarini hisobga olishdaqiyinchilikning yuzaga kelishi; katta va kichik yoshli talabalar o’rtasidagi munosabatlarning qaror topmasligi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida aqliy rivojlanishida farqi bo’lgan talabalarni o’qitishda individuallashtirishga ahamiyat qaratish masalasi ayniqsa dolzarb xususiyat kasb etdi. Shunga mos ravishda tanlab o’qitish (tabaqalashtirilgan ta’lim) shakli yuzaga keldi (AQShda Batov, Yevropada Maingeyms tizimi). Yevropa va AQShda XX asr boshida talabalarning individual, faol, mustaqil o’quv ishlarini ta’minlashga qaratilgan ko’plab ta’lim tizimlarining samaradorligi sinab ko’rilgan. 1905 yili Dal’ton shahrida (Massachusets shtati) o’qituvchi Yelena Park Xerst tomonidan birinchi bor qo’llanilgan individual ta’lim ta’lim tizimda eng radikal hisoblangan. Bu tizim dal’ton-reja nomi bilan pedagogika va maktab tarixiga kirdi. Uni ba’zan laboratoriya yoki ustaxonalar tizimi deb ham ataydilar. Bu tizimning mazmuni quyidagilardan iborat: o’quv faoliyatining samaradorligi har bir talabaning imkoniyati, qobiliyatiga bog’liq: ta’lim faoliyati ustun turadigan o’qishni an’anaviy tashkil etish talabaning mustaqil o’quv faoliyatining asosi hisoblanishi; o’qituvchi vazifasining faoliyatni odob bilan tashkil etishdan iboratligi, sinf laboratoriyasining ustaxonalar bilan almashtirilishi; darslarning bekor qilinishi; o’qituvchining yangi materialni tushuntirmasligi, talabaning laboratoriya (ustaxona)larda o’qituvchidan olingan topshiriq asosida mustaqil shug’ullanishlari va zarur bo’lgan paytda o’qituvchidan yordam so’rashlari. XX asr 20-yillarida ta’limning loyihali tizimi targ’ib qilindi. Tizimning mazmuni talabalarning o’zlari loyiha ishlari mavzuni tanlab olishlarini ifodalaydi. Loyiha ishlari real hayot bilan bog’langan bo’lishi va o’quv guruhlari jamiyat hayotining ijtimoiy-siyosiy, xo’jalik-ishlab chiqarish yoki madaniy-maishiy jihatlarini aks ettirish kerak bo’lgan.

O’tgan asrning 60-yillarida amerikalik professor pedagog Lyuyd Tramk ishlab chiqqanTramk rejasi ommalashdi. Ta’limning bu shakli mashg’ulotlarni katta (100-150 nafar kishilik) auditoriyada 10-15 kishidan iborat guruhlarda yoki va talabalarning har biri bilan individual ishlarni olib borish g’oyasini ilgari suradi. Ma’ruzani tashkil etishga turli texnik vositalardan foydalangan holda o’quv vaqtining 40 foizi, seminarlarga 20 foizi va laboratoriyalarda individual ravishda mustaqil ishlarni bajarishga 20 foizi ajratiladi. Yevropada o’rta asrlarda dastlabki universitetlar paydo bo’lishi bilan ta’limning ma’ruza-seminar tizimi asoslandi. Ma’ruza, seminar, amaliy va laboratoriya ishlari, maslahat va ixtisoslik bo’yicha amaliyot bugungi kunga qadar ma’ruza-seminar tizimda o’qishning asosiy shakllari bo’lib kelmoqda. Ushbu tizim odatda oliy va oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim amaliyotida faol qo’llaniladi. O’zbekistonda ma’ruza-seminar tizimidan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari amaliyotida ham samarali foydalaniladi.



Dars – Oliy ta’limda dars mashg`uloti deb yuritilsada o’quv faoliyatini tashkil etishning asosiy shakli hisoblanadi. Ta’limning turli shakllaridan samarali foydalanish muhim didaktik vazifa sanaladi. Ta’lim amaliyotida ta’limning jamoaviy (ommaviy), guruhli va individual shakllaridan foydalaniladi.


Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish