Ўзбекистон республикаси олий ва


Temperamentning fiziologik asoslari



Download 2,43 Mb.
bet195/308
Sana25.09.2021
Hajmi2,43 Mb.
#184821
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   308
Bog'liq
Ахмедова Малохат Педгогика Психология

Temperamentning fiziologik asoslari

Temperament haqidagi ta`limot dastlab qadimgi (bizning eramizdan oldingi 460–356 yillarda yashagan) grek olimi Gippokrat tomonidan yaratilgan. Uning ta`limotiga muvofiq sur`atda, keyinchalik «temperament» termini ham ishlatiladigan bo`ldi, shuningdek, hamma to`rt tip temperament nomlari o`rnashib qoldi.Gippokrat ta`limotiga muvofiq, odamlarning tempera­ment jihatdan turlicha bo`lishi, ularning organizmidagi suyuqliklarning (xiltlarning) turlicha nisbatda bo`lishi bilan bog`liqdir. Gippokrat fikricha, odam tanasida to`rt xil suyuqlik (xilt) bordir. Chunonchi, o`t yoki safro (yunoncha shole), qon (latincha sandus), (qora o`t- yunoncha melanhole) va balg`am (yunoncha rhlegma) bordir. Bu suyuqliklarning har biri o`z xususiyatiga ega bo`lib, ularning o`z vazifasi, ishi bordir. Chunonchi, o`tning xususiyati – quruqlikdir. Uning ishi – organizmdagi quruqlikni saqlab turish, ya`ni badanni quruq to`tishdir. Qonning xususiyati – issiqlikdir. Uning ishi – organizmni isitib turishdir. Qora o`tning xususiyati – namlikdir. Uning ishi badan namligini saqlab turish, uning namligini tutib turishdir. Balg`am (shilimshiq modda)ning xususiyati sovuqlikdir. Uning ishi – badanni sovitib turishdir. Gippokrat fikriga muvofiq, har qaysi odamda shu to`rt xildagi suyuqlikdan biri ko`proq bo`lib, ustun turadi. Bu aralashma (latincha temperamentum) lardan qaysi biri ustun bo`lishiga qarab, odamlar temperament jihatdan har xil bo`ladilar. Xoleriklarda sariq o`t ustun; sangviniklarda – qon; melanxoliklarda – qora o`t; flegmatiklarda esa balg`am (shilimshiq modda) ustun bo`ladi deb ko`rsatadi.Gippokratning mana shu to`rt xil moddalar aralashmaslik to`g`risidagi ta`limotidan kelib chiqqan temperament so`zi qadimgi zamonlardan beri hozirgacha saqlanib kelmoqda.Temperament xususiyatlarining ilmiy sabablari I.P.Pavlovning yuksak nerv faoliyat tiplari haqidagi ta`limotida ochib berildi. I.P.Pavlov yuksak nerv faoliyat turlari deganda hayvon bilan odam nerv tizimsining faoliyatidagi eng muhim xususiyatlarning chatishuvini tushunar edi.I.P.Pavlov itlar ustida ko`p tajribalar o`tkazib, reflekslarni tekshirishi natijasida, hayvonlar nerv tizimsining a) qo`zg`alish va tormozlanishning kuchiga, b) bu jarayonlarning muvozanatiga va v) ularning ildamlik darajasiga qarab bir-biridan farq qilishini aniqladi.I.P.Pavlov ajratishicha, nerv tizimsining kuchi hujayralardagi fiziologik moddalarning zapas miqdori bilan belgilanadi.

Kuchli tipdagi nerv tizimsida bunday zapas ko`p miqdorda bo`lib, kuchsiz tipda ozdir.Nerv tizimsining kuchi qo`zg`alish jarayoniga ham, shu­ningdek, tormozlanish jarayoniga ham tegishlidir. Nerv tizimsining kuchi, avvalo, kuchli qo`zg`ovchilarga «bardosh» bera olish qobiliyatida ko`rinadi.Yuqorida ko`rsatilgan belgilariga qarab, nerv tizimsi­ning quyidagi to`rt asosiy tiplarini ajratiladiki, bular, I. P. Pavlov fikricha, Gippokratning to`rtta temperament tipiga to`g`ri keladi:

a) kuchli muvozanatli va epchil tip. Serharakat tip. Bu tip sangvinik temperament asosini tashkil etadi.

b) kuchli, muvozanatli inert (sustkash) tip og`ir vazmin tip. Flegmatik temeperamentning asosini tashkil etadi.

v) kuchli, lekin muvozanatsiz, ya`ni qo`zg`alish tormozlanishdan ustun chiqadigan, qizg`in, jo`shqin, tip. Bu–xolerik temperamentning asosini tashkil etadi.

g) kuchsiz tip. Melanxolik temperamentning asosini tashkil etadi.

I. P. Pavlov nerv faoliyatinnng bunday tiplari odamlarga ham xos deb hisoblaydi. «Hayvonlar nerv tizim tip­larini klassifikatsiyalashning elementar fiziologik asoslariga suyanib turib, deydi I. P. Pavlov ana shu tiplarni ko`pchilik odamlarga nisbatan ham qabul qilish lozim»



Shunday qilib, temperament, I. P. Pavlov ta`limotiga muvofiq, yuksak nerv faoliyat tiplarining kishi hulkida namoyon bo`lishidan iboratdir.


Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish