His-tuyg‘ularning turlari va ularning shakllantirilishi
Psixologiyada his-tuyg‘ular turlarining hamma uchun ma’qul bo‘ladigan tasnifi yo‘k. Lekin psixolog olimlar tomonidan quyidagi turlarni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin: 1) ma’naviy; 2) intellektual (aqliy); 3) estetik (nafosat) his-tuyg‘ular.
1) Ma’naviy (ahloqiy) his-tuyg‘ular o‘z mazmuniga ko‘ra kishining kishiga va kengroq ma’noda olganda jamiyatga, halqqa munosabatini bildiradi. Ma’naviy his-tuyg‘ularga muxabbat (keng va tor ma’noda), hamdardlik, hayrihohlik, insonparvarlik, sodiqlik va hokazolar kiradi.
2) Intellektual (aqliy) his-tuyg‘ular shaxsning bilish jarayoniga, uning muvaffaqiyatliligi yoki muvaffaqiyatsizligiga munosabatini ifodalaydi va aks ettiradi.
3) Estetik (nafosat) his-tuyg‘ular sub’ektning hayotida yuz beradigan turli xildagi narsalarga va ularning san’atda aks ettirilishiga nisbatan allaqanday ajoyib yoki bema’ni, fojiaviy yoki kulgili, olijanob yoki jirkanchli, nafosatli yoki xunuk narsa sifatida munosabatini aks ettiradi va ifodalaydi.
“T-sxema” jadvalini to‘ldiring
INTELLEKTUAL (aqliy) his-tuyg‘ular
|
MA’NAVIY (ahloqiy) his-tuyg‘ular
|
|
|
Iroda shaxs faolligining shaklidir: Iroda - bu kishining oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishishda qiyinchiliklarni engib utishga karatilgan faoliyati va xulq atvorini ongli ravishda tashkil qilishi va o‘z o‘zini boshqarish demakdir. Irodda - bu shaxs faolligining aloxida shakli, uning xulq atvorini tashkil etishning u tomonidan quyilgan maqsad bilan belgilanadigan aloxida turidir. Iroda o‘zaro bog‘liqligi bilan ikkita vazifaning - undovchi va tormazlash vazifasini bajaradi. Undovchi vazifa kishining faolligi bilan taminlaydi. Irodaning undovchi vazifasi bilan uning tormazlash vazifasi faollikning yokimsiz ko‘rinishlarni jilov-lashda namoyon bo‘ladi.
Determinizm va iroda erkinligi filosofiya va psixologiyada idealizm nazariyasiga binoan kishi irodasini xech narsa bilan belgilamaydigan va xech narsa bilan bog‘liq bo‘lmagan u yoki bu harakatni tanlash va akmalga oshirish imkonini beradigan kuch deb qaraydi. Bunda butun psixik faoliyat xech narsa bilan belgilanmaydigan; ongsiz ravishda bo‘ladigan dastlabki faollikka buyso‘ngan bo‘ladi
Iroda va tavakkal :kishining tavakkalchilik sharoitidagi xati harakati irodaning xarakterli ko‘rinishlaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi.
Tavakalchilik- bu subekt uchun uning cheki no’malum va muvafakkiyatsizlikka duch kelganda mumkin bo‘ladigan noqulay oqibatlar haqidagi taxminlar mavjudligi sharoitidagi faoliyatning harakteristikasidir. SHunday savol tugiladi agar mag‘lubiyat extimoli ko‘p bo‘lsa mag‘lubiyat uchun esa jazo ancha kuchli bo‘lsa kishi nimani deb tavakkal qiladi. Psixologiya tavakkal qilish uchun zarur shart sifatida irodaning qo‘shilishini nazarda tutuvchi tavakkal qilish xati harakatning ikkita o‘zaro bog‘langan sababini ajratib ko‘rsatadi. Birinchi sababi: bu yutuqqa umid bog‘lash. muvafakkiyot kozonilganda kutilayotgan kattalikning muvafakkiyatsizliklar oqibati darajasidan ortishidir. Bu urinda muvaffakiyat motivizitsiyasi muvafakiyatsizlikdan qutilib qolish motivizitsiyasidan kuchlirokdir.
Oklangan va oklanmagan tavakkalchilik farq qilinadi. Oklangan tavakkalchilik yakunining har qanday noaniqligi va muvafakiyatsizlik keltirishi mumkinligiga qaramay oqlanmagan tavakkalchilikdan farqi bo‘lib irodali karorga kelayotgan payitda namoyon bo‘ladi.Bunda harakat yakuni tasodifga bog‘liq bo‘ladigan yoki aksincha muvofakkiyat tavakkal qilayotgan kishining shaxsiy sifatlari bilan belgilanadigan vaziyatlar bo‘lishi mumkin.
Ikkinchi sabab- shaxsning vaziyat usti aktivligi, kishining vaziyat talablari ustidan qutqarila bilish,dastlabki vaziyatdan ustun keladigan maqsadni quyish qobiliyati to‘g‘ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |