Irodaviy akt strukturasi.
Irodada motivlar va extiyojlar asosiy rol uynaydi.
Intilish-xali diferensiyalashmagan, etarli darajada anglanilmagan ehtiyojdan iborat faoliyat motividir.
Istak- faoliyatning motivi sifatida ehtiyojning etarli darajada tushunib etilganligi bilan xarakterlanadi .Bunda faqat ehtiyoj obekti emas balki uni qondirishning mumkin bo‘lgan yo‘llari ham tushunib etiladi. Bunda har bir harakatlar hisobga olinadi va qayta ko‘rib chiqiladi va xakozolar...
Irodaviy zo‘r berish. Irodaviy aktning eng muxim bug‘inlari -karor kabul qilish va uni ijro etish ko‘pincha aloxida hissiy holatning irodaviy zo‘r berish sifatida tavsiflanadigan holatni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Kishining irodaviy fazilatlari va ularning shakllantirish:
Irodasi sust kishilar qiyinchiliklar oldida ojizlik qiladilar, kat’iylik sabot matonat ko‘rsatmaydilar, xulq atvor va faoliyatining ancha yuksak, ma’naviy jihatdan oqlagan motivlar uchun o‘zlarini tuta bilmaydilar, bir daqiqalik maylni yo‘qota olmaydilar. Irodasi sustlikning eng chekka darajasi abuliya va apraksiya bo‘ladi.
Abuliya - bu miya potologiyasi zaminida yuzaga keladigan faoliyatga intilishning yo‘qligi harakat qilish uchun yoki uni bajarish uchun o‘zi tushungan holda qilmasligidir.
Apraksiya -bu miya tuzilishining shikastlanishi natijasida kelib chiqadigan harakatlar maqsadga muvofikligining murakkab buzilishidir. Agar nerv to‘qimalarining buzilishi miyaning peshona qismlarida tuxtab kolsa, xatti harakatlarni erkin tuzilishni buzilishida nomoyon bo‘ladigan apraksiya boshlanadi. SHaxsning irodaviy sifatlari quyidagilardir:
A. Mustaqillik V. Dadillik S. Qat’iylik
D. O‘zini tuta bilish yoki matonatchilik, esankiramaslik. E. YAlqovlik.
A. Mustaqillik -uning mohiyati shundan iboratki,odam o‘zining ish harakatlarini tevarak atrofdagilarning tazyiqi tasodifiy bilan emas balki o‘z ishonch-akidalari, bilimlari va tegishli vaziyatda qanday ish tutishi kerakligi haqida tasavvurlarga asoslanib belgilanadi.
V. Dadillik - shaxsning shunday irodaviy sifatiki, bunda odam o‘z vaqtida ortiqcha ikkilanishlarsiz etarli darajada asoslangan qarorga keladi va shundan so‘ng ularni o‘ylab xayotga tadbiq qiladi.
S. Qat’iylik - o‘ylab quyilgan qarorni muvofakkiyatli amalga oshirishni ta’minlovchi g‘oyat muxim sifatdir. Qat’iylik qaysarlikdan butunlay farq qiladi. Kaysarlik shundan iboratki, bunda odam oqilona asoslarga ega bo‘lishiga qaramay ,harakat qilish rejasidan ilgari o‘zi o‘ylab kabul qilgan qaroridan voz kechish qobiliyatiga ega bo‘lmaydi.
D. O‘zini tuta bilish. -Inson irodaviy faoliyatining yuksalish darajasidir.
E. YAlqovlik - kishining qiyinchiliklarni engadigan bosh tortishga intilishi irodali kuch g‘ayrat ko‘rsatishni qat’iy ravishda istamasligi iroda sustligini tipik ko‘rinishidir.
Irodani tarbiyalash va uning o‘zini-o‘zi tarbiyalashi:
Irodaning ahloqiy tarbiyalanganligi, agar xal qiluvchi bo‘lmasa ham muxim ahamiyatga egadir. Irodani mustaqil tarbiyalash usullari juda ham har xil bo‘lishi mumkin ekan, lekin ularning hammasi quyidagi shartlarga amal qilishni o‘z ichiga oladi:
1. Irodani tarbilashni nisbatan arzimas qiyinchiliklarni bartaraf etishni odat qilishdan boshlash kerak. Oldingi unchalik katta bo‘lmagan qiyinchilikni, vakt utishi bilan ancha katta qiyinchiliklarni muntazam ravishda engib borib, kishi o‘zining irodasini mashk qildiradi va chiniktiradi.
2. Qiyinchiliklarni va to‘siqlarni bartaraf etish ma’lum maqsadlarga erishish uchun amalga oshiriladi
3. Kabul qilingan qaror bajarilishi shart: Kabul qilingan qarorning bajarilishi yana va yana kechiktirilaversa kishining irodasi izdan chiqadi. Kabul qilingan qarorlarning muntazam ravishda baajarilmasligi kishi irodasini intizomsiz qilib qo‘yadi.
4. Agar kishi uzoqqa mo‘ljallangan maqsadni oldiga kuygan o‘qibda uzoq istiqbolni nazarda tutishi lozim. Irodasi bo‘sh odamlar o‘z ishlarini tashkil qila olmaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |