Ўзбекистон республикаси олий ва


-mavzu. Shaxsning emotsional – irodaviy va motivatsion sohasi. Shaxs emotsional sohasi. Iroda. Motiv va motivatsiya. (2 soat)



Download 2,43 Mb.
bet187/308
Sana25.09.2021
Hajmi2,43 Mb.
#184821
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   308
Bog'liq
Ахмедова Малохат Педгогика Психология

12-mavzu. Shaxsning emotsional – irodaviy va motivatsion sohasi. Shaxs emotsional sohasi. Iroda. Motiv va motivatsiya. (2 soat)
1. Hissiyotning umumiy tavsifi va uning turlari.

2. Hissiyotning fiziologik asosi va psixologi nazariyalari.

3. Hissiyotning rivojlanishi va inson hayotidagi o‘rni.

4. Irodaviy harakatlar haqida tushuncha.


Tayanch iboralar:

Hissiyot, emotsiya, Iroda, Irodaviy harakat, motivatsion asoslar, shaxs yo‘nalganligi, motivatsiya

Odam idrok etish, xotirlash, hayol surish va fikrlash jarayonlarida faqat voqelikni bilib qolmay, balki shu bilan birga hayotdagi u yoki bu narsalarga, qanday bo‘lmasin, munosabat bildiradi, unda ularga nisbatan u yoki bu tarzda tuyg‘u paydo bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligiga erishgandan keyin, hayotiy yo‘limizni ko‘p jihatdan belgilab beradigan vatanni sevmoqni ham his-tuyg‘u deb atashimiz kerak. Bizlarni aldagan yolg‘onchi odamlarga nafratlanish his-tuyg‘usi namoyon bo‘ladi va hokazo. Shunday qilib, his-tuyg‘ular - kishining o‘z hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg‘ul bo‘layotganiga nisbatan o‘ziga turli xil shaklda bildiriladigan ichki munosabatidir.

His-tuyg‘uni boshdan kechirishning turli formalari - emotsiya, affekt, kayfiyat, stress, ehtiros, muxabbat va nihoyat tor ma’nodagi so‘z bilan aytganda, his-tuyg‘ular -shaxsning emotsional sohasini tashkil etadiki, ular kishi xulq-atvorini tartibga solib turadi,bilishning jonli manba, odamlar o‘rtasidagi murakkab va ko‘p qirrali munosabatlarining ifodasi bo‘lib hisoblanadi.

His-tuyg‘ular va kishining ehtiyojlari: His-tuyg‘ular shaxs ehtiyojlariga javob beradigan narsalarni aniqlab olishga yordam beradi. Ehtiyoj namoyon bo‘lishining alohida shakli sifatidagi qiziqish doimo erkin hissiy tusga ega bo‘ladi.Kishi uchun sub’ektiv hisoblangan his-tuyg‘ular uning ehtiyojlari qondirilish jarayoni qanday kechayotganligining belgisi sifatida namoyon bo‘ladi. Munosabat va faoliyat jarayonida paydo bo‘lgan ijobiy hissiy holatlar (zavklanish, mamnunlik va shu kabilar) ehtiyojlarni qondirish jarayonining xush keladigan tarzda kechganligidan dalolat beradi. Ehtiyojlarning qondirilmasdan qolishi salbiy hissiy kechinmalarga (uyalish, o‘kinish, xasrat va shu kabilarga) olib keladi. Emotsional holatlarning regulyativ (bir xil tarzda tartibga solib turadigan) funksiyasi ularning eng muhim belgisi hisoblanadi. Kishida paydo bo‘ladigan kechinmalar unga ehtiyojlarning qondirilish jarayoni qay tarzda borayotgani, u qanday tusiqlarga duch kelayotgani, nimalarga e’tiborni qaratish lozimligi, nimalar haqida mulohaza qilishi kerakligi, nimalarni o‘zgartirish zarurligi haqida axborot beruvchi signallar rolini bajaradi. His-tuyg‘ular-voqelikni aks ettirishning o‘ziga xos shakllaridan biridir. Agar bilish jarayonlarida narsalar va voqelikdagi hodisalar aks etsa, his-tuyg‘ularda esa sub’ektning o‘ziga xos ehtiyojlari bilan qo‘shilib, o‘zi bilib olayotgan va o‘zgartirayotgan narsalarga va voqelik hodisalariga nisbatan uning munosabati aks etadi.

His-tuyg‘ularning fiziologik asoslari: Barcha psixik jarayonlar kabi emotsional holatlar, his-tuyg‘ularning kechishi ham miya faoliyatining natijasi hisoblanadi. Emotsiyalarning paydo bo‘lishi tashqi olamda ro‘y beradigan o‘zgarishlardan boshlanadi. His-tuyg‘ular kechinishiga xos fiziologik jarayonlar ham murakkab shartsiz va shartli reflekslar bilan bog‘liqdir. Ma’lumki, shartli reflekslar sistemasi katta yarim sharlar qobig‘ida tutashgan va mustaxkamlangan bo‘ladi, murakkab shartsiz reflekslar esa yarim sharlarning qobiq osti bo‘lmalari, miya ukiga tallukli ko‘rish tepaliklari va nerv qo‘zg‘olishini miyaning oliy bo‘lmalaridan vegetativ nerv sistemasiga etkazib turadigan boshqa markazlar orqali amalga oshiriladi. His-tuyg‘ularning kechirilishi miya qobig‘i va qobiq osti markazlarning birgalikdagi faoliyati natijasi hisoblanadi. His-tuyg‘ular kishining katta yarim sharlar qobig‘i bo‘ylab tarqalgan holda qobiq osti markazlariga ta’sir qiladigan qo‘zg‘alish jarayonlarini yuzaga keltiradi. Agar miya qobig‘i g‘oyat kuchli qo‘zg‘atuvchilar ta’siri ostida, ortiqcha charchash va mast bo‘lish oqibatida me’yoridan ortiqcha qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, bu holda irradiatsiya natijasida qobiqdan pastdagi markazlar ham qayta qo‘zg‘aladi, oqibatda odatdagi vazminlik yo‘qoladi. Agar teskari induksiya yuz bergan taqdirda yarim sharlarning qobiq osti yo‘llarida va oraliq miyada keng tormozlanish jarayoni yoyiladigan bo‘lsa, ruhan ezilish, mushaklar harakatida susayish yoki qisilish, yurak-qon tomir faoliyati va nafas olishda zaiflashish va hokazolar kuzatiladi. Shunday qilib, his-tuyg‘ular boshdan kechirilayotganda, emotsional holatlarga tushib qolganda kishi hayoti va faoliyatining turli jihatlari jadalligi ham oshib, ham susayib turishi kuzatiladi.




Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish