Shaxs shakllanishiga irsiyatning ta'siri.
Biologik omilning inson shakllanishidagi o'rni muhim va o'ziga xos irsiyatning ahamiyatini inkor etib bo'lmaydi, insonga xos xususiyatlar – aqliy va jismoniy mehnat qobiliyati, tafakkur va nutq ham tug'ma o'tishi mumkin, lekin bu tug'ma imkoniyatlar rivojlanishi uchun shaxs insoniy muhit, odamlar orasida yashashi, odamlar bilan aloqa qilishi, ijtimoiy hayotda qatnashishi va ma'lum xulq-odob qoidalariga amal qilishi lozim. Biologik omilning o`ziga xos xususiyati gen, gendagi o`zgarishlar, irsiyat kiradi, masalan, otasida bor bo`lgan ishki his-tuyg`u, xarakterning farzandda namoyon bo`lishi, yoki qizining xatti-xarakterlarining onasiga o`xshashligi. Gen ya`ni naslning toza saqlanishi uchun yaqin qarindoshlarning quda-anda kirishmasligi qadimgi Zardushtiylik ta`limotining “Avesto” kitobida ko`rsatilgan. Ibn Sinoning “Tib qonunlari” nomli kitobida ham ta`kidlab o`tilgan.
Demak, shaxsning sog`lom shakllanishida ota-onalarning, qarindosh- urug`ning nasli toza saqlanishi kerak. Gendagi ijobiy va salbiy xislatlar qiz bolaning turmushga chiqishi orqali yangi bir avlodga o`tadi, masalan qiz bolaning avlodida ilmli yoki biror bir kasbga kuchli qiziqish bo`lsa o`zidan keying avlodga albatta ta`sir etadi. A.Navoiy, A.Temur, I.Sino, Betxovenlarni misol qilib keltirish mumkin. Shaxsning shakllanishida nutq, aqliy tafakkur va mehnat asosiy vazifani bajaradi. Ijtimoiy muhitning buyuk insonlar shakllanishidagi o'rni muhim bo'lib, Alisher Navoiy – shoir, Eynshteyn – fizik, Ulug'bek – astronom, Ibn Sino – tabib bo'lib tug'ilmagan, albatta. Ulardagi qobiliyat kurtaklarining rivojlanishi, iste'dodga aylanashida gen, irsiyat, ijtimoiy muhit, ta'lim-tarbiya muhim rol o'ynagan. Davlatimizning barkamol insonni tarbiyalash borasidagi siyosatida ham shaxs shakllanishida muhitning o'rni muhimligini ko'rsatadi. Shaxs rivojlanishiga ta'sir etuvchi muhitga quyidagilarni kiritish mumkin: axborot vositalari (turli manbalar, oynoma, ro'znoma, radio, televideniye, internet va boshqalar), geografik muhit (tashqi muhit: ekologik muhit, tabiat, yashash joyi va boshqalar), oilaviy muhit (ota-ona, bobo-buvi, qarindoshlar va oilaviy munosabatlar).
Umumiy holda olib qaraganda ijtimoiy muhit va biologik omillar o'zaro bog'langan bo'lib, shaxsning shakllanish jarayonini ijobiy yoki salbiy tomonga o'zgartirish mumkin. Yuqorida keltirilganlardan kelib chiqib muhitga quyidagicha ta'rif berish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |