Ўзбекистон республикаси олий ва


Temuriylar davrida ma’rifiy fikrlar taraqqiyoti



Download 2,43 Mb.
bet25/308
Sana25.09.2021
Hajmi2,43 Mb.
#184821
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   308
Bog'liq
Ахмедова Малохат Педгогика Психология

Temuriylar davrida ma’rifiy fikrlar taraqqiyoti.

Amur Temur (1336-1405)

Amir Temur Ko`ragon ibn Amir Tarag`ay Kesh (Shahrisabz)ning Xo`ja Ilg`or (hozirgi paytda bu qishloq Yakkabog tumaniga qarashli) qishlog`ida 1336-yilning 9-aprelida tavallud topgan. Uning otasi amir Tarag`ay o`ziga to`q, badavlat kishi bo`lgan. Onasi Tegina begim esa buxorolik taniqli olim Ubaydullohning qizi bo`lgan.



Temur 7 yoshidan bilim ola boshlaydi. U bolalikdan mard, dovyurak, jasur bo`lib o`sadi. Harbiy san’atni mukammal egallaydi. Qur’oni Karimni yod oladi, hadis ilmini o`rganadi. Dunyoviy bilimlarga ega bo`ladi. Shuning uchun ham iymon-e’tiqodli, halol-pok, aqlzakovatli, o`z e’tiqodiga mustahkam rioya qiladigan, adolatli inson bo`lib yetishadi.

Tarixdan bizga ma’lumki, Movarounnahrda qariyib bir yarim asr davomida Movarounnahr mo’g’ul istilochilari tomonidan vayron etildi. Fan- madaniyat, ma’rifatga juda katta putur yetkazildi. Xonavayron bo’lgan Movarounnahr xalqi XIV asrning boshlariga kelib Mo’g’ul istilochilari zulmidan kutila boshladi. Movarounnahrda kuchli davlat tuzishga bo’lgan intilish g’olib keldi. Mo’g’ul istilochilariga qarshi Buxoroda xalq Maxmud Torobiy boshchiligida qo’zg’aldi, Samarqand va Xurosonda esa Sarbadorlar qo’zg’alonlari ro’y berdi. Natijada Sarbadorlar uzoq muddat hatto hokimiyatni ham boshqarib turdilar. XIV asrning o’rtalarida Markaziy Osiyoda mayda feodal hokimlar o’rtasida nizo kuchaydi, iqtisodiy qiyinchiliklar yuz berdi, siyosatda qat’iyatsizlik avj oldi. Hokimlar o’rtasida nizolar kuchayishi natijasida mamlakat 10 ta mustaqil beklik va amirliklarga bo’linib ketdi. Beklar va amirlar o’rtasida o’zaro kurash kuchaydi, mamlakat urush va tolon-tarojlar iskanjasida qoldi. Shunday og’ir bir parokandalik vaziyatda el-yurtning og’ir yukini Amir Temur o’z yelkasiga oldi va qariyib 10 yil (1360-1370) davom etgan og’ir kurashdan so’ng mamlakatni mo’g’ullar istibdodidan xalos qildi. 1370-1380 yillar mobaynida Amir Temur say’i harakatlari samarasi natijasida beklar va amirlar o’rtasida nizolarga barham berildi va Movarounnahrdagi tarqoq, amirliklar markazlashgan yagona feodal davlatning bayrog’i ostida birlashtirildi. Shunday qilib, XIV asrning ikkinchi yarmida Movarounnahrning feodal tarqoqligiga barham berildi, mamlakat mo’g’ul bosqinchilaridan tozalandi. XIV asrning oxiri XV asrlarda Markaziy Osiyoda feodal munosabatlar yanada rivoj topa boshladi. Sohibqiron Temur va dastlabki temuriylar hukmronlik qilgan davr Movarounnahr tarixida alohida o’rin egalladi. Markazlashgan buyuk Temur davlatining barpo etilishi bilan Movaraunnaxrda yana fan va madaniyat, maorif qaytadan ravnaq topa boshladi. Shuning uchun ham tarixda XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr o’rta Osiyoda Sharq uyg`onish davrining ikkinchi bosqichi deyilishi bejiz emas... chunki, bu davrga kelib, Markaziy Osiyoda iqtisodiyot, fan va madaniyat gurkirab rivojlanadi. Amir Temur hukmronligi davrida jahonning ko’plab shaharlaridan Samarqandga hunarmandlar, san’atkorlar, muhandislar, olimu-fozillar olib kelindi va ularning tajribalaridan ilm-ma’rifat, madaniyat va qurilish jabhalarida keng foydalanildi. Riyoziyot, falakiyot, jo’g’rofiya, tarix, adabiyot, falsafa, huquqiy, targ’ibot, tarbiyashunoslikka oid bir qator ajoyib va muhim asarlar yaratildi. Sohibqiron Amir Temur say’i harakati tufayli Samarqand shahri yangidan qayta tiklandi. Shaharda Ko’k saroy, Bibixonim masjidi, Shohizinda maqbarasi, shahar atrofida Bog’i Chinor, Bog’i Shamol, Bog’i Dilkusho, Bog’i Behisht, Bog’i Nav kabi bog’ va saroylar barpo etildi. Ko’xak - Zarafshon, Amudaryoga ko’priklar qurildi. Toshkent atrofida kanallar qazildi- Sirdaryodan Oxangarongacha bo’lgan kanallar shular jumlasidandir. Markaziy Osiyoda rassomchilik, naqqoshlik, bezakli-badiiy buyumlar ishlab chiqarish yuqori darajaga ko’tarildi. Sohibqiron Temur va temuriylar davrida - she’riyat, mantiq, falsafa, tarix, huquq,astronomiya, matematika, nafosat, tilshunoslik, lug’atshunoslik, musiqashunoslik, tarbiyashunoslik, me’morshunoslik, tijorat - tadbirkorlik, tarjimonlik, xattotlik, jo’g’rofiya va elshunoslik kabi boshqa o’nlab dunyoviy bilimlarni o’rganish, shu bilimlar asosida asarlar yaratish yo’lga qo’yildi. Amir Temur hukmronligi davrida o’rnatilgan tinchlik mamlakatda madaniyat, ilm-fan, xalq og’zaki ijodi, adabiyot va san’atning rivojida, madrasalarda ta’lim-tarbiyaning yuqori saviyada bo’lishida muhim omil bo’ldi.

Darhaqiqat o’tmishga nazar tashlaydigan bo’lsak, Amir Temur nomi tariximiz sahifalaridan qora bo’yoq bilan o’chirildi, unutilishga mahkum etildi. Maqsad xalqimizning yuragidan milliy ong, milliy g’urur tuyg’usini yo’qotish, uni qaramlikka, tobelikka ko’ndirish II uyg`onish davrining asoschisi sifatida tan olinmasligi edi. Lekin o’zbek xalqi o’z ajdodlarini, o’z bahodirlarini unutmadi, hamisha yuragida, qalb to’rida saqladi. Muhammad Taragay Bahodir o’g’li Amir Temur yoshlik chog’idan mard, dovyurak, g’ururli, o’tkir zehn va aqlu idrok egasi bo’lib o’sdi. Turli dunyoviy ilmlarni, harbiy san’atni egalladi. Qur’oni Karimni yod oldi, Hadis ilmini o’rgandi. Iymon-e’tiqodli, halol-pok inson bo’lib yetishdi». Darhaqiqat, Yurtboshimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek insof-iymon tuyg’usi, diyonat mezoni Amir Temur hayotining mazmunini tashkil etadi. Olamning qariyib yarmiga jahongir ersa-da, u kuch-qudrat zo’rlik, zo’ravonlik emas, adolatda ekanini teran anglatdi. Shu bois bo’lsa kerakki, o’tmishda jahon ilm ahli, mashhur muarrixlar o’z asarlarida Amir Temur ismiga Ko’ragon, Sohibqiron, Qutbiddin, Abulmansur kabi unvonlarni qo’shib, uni e’zozlab, ulug’lab, hikoyat, rivoyat va xotiralar bitganlar. «Tarixiy manbalarda zikr etilishicha, Amir Temur xushfe’llik, adolat, saxovat, lutfi-karam, islom axloq-odob qoidalariga rioya va amal qilish, insonlarni jamiyatda tutgan o’rinlari qanday bo’lishidan qat’iy nazar barobar hurmat qilish, ular bilan samimiy muomalada bo’lish, berilgan va’da va zimmaga olingan ahdnomalarni vaqtida bajarish kabi qator yuksak insoniy fazilatlarga ega bo’lgan. U yoshligidan boshlab o’z oldiga ona yurtni mo’g’ul bosqinchilaridan ozod qilish maqsadini qo’ydi, yer yuzida buyuk saltanat sohibi sifatida el va elatlarning boshini qovushtirdi. Mamlakat qudratini har sohada yuksaklikka ko’tarib, dunyoga mashhur qildi. Amir Temur davlati qurilishi, harbiy san’ati ko’p asrlar davomida Sharqu G’arb davlatlariga o’rnak va andoza bo’ldi. Uning zamonida madaniyat, ilmu fan, me’morchilik, tasviriy san’at, musiqa she’riyat beqiyos rivoj topdi, xalqimizning ko’p an’analari takomilga yetdi. Amir Temurning madaniyat va din ahillariga ko’rsatgan cheksiz mehr-muruvati ayniqsa ibratlidir. Amir Temur nomi umumbashar tarixida Movarounnahr va buyuk Turkiston o’lkalarida ilm-fan homiysi sifatida ham qolganini ta’kidlash lozimdir.



Ma’lumki, u nafakat o’z mamlakatini, balki o’zga o’lkalarni ham obod qilish uchun katga kuch va g’ayrat sarflagan. Tarixchi Shamsuddin Samiyning «Al’q A’lom» qomusining «Temur» bandida Amir Temurning o’zi olim bo’lgani, ulamolarning rahnamosi, ularni yaxshi ishlarga rag’batlantiruvchi shaxs ekanligi zikr etilgan va o’z poytaxti Samarqandni katta g’ayrat bilan obod qilib, u yerda qator madrasa, kutubxona va madaniyat saroylarini barpo etgani, «Tuzuklar» nomi bilan asar yozib, turli qonunlar yaratgani, o’z tarjimai holini ham adabiy, chig’atoy tilida yozgani hamda Temur va temuriylar davrida san’at va adabiyotning rivoj topganini eslatib o’tadi. Shuningdek, tarixchi Shamsuddin Boboxonov Amir Temur buyuk lashkarboshi, mohir sarkarda sifatida mukammal, yaxshi qurollangan, tezkor hujum qilishga qodir, muayyan taktika va strategiyaga ega bo’lgan qudratli armiyaga asos soldi.Bu armiya o’nlik, yuzlik, minglik va tumanliklarga bo’lingan edi. Amir Temurning harbiy san’ati, uning taktika va strategiyasi ko’p mamlakatlarda, jumladan, Fransiya, Rossiya va boshqa mamlakatlarning harbiy akademiyalarida maxsus o’rganilgan va hozirgi kunga qadar o’rganib kelinmokda deb, ta’kidlashi ham Sohibqiron Amir Temurning buyukligidan dalolat beradi. Zamondosh tarixchilarning e’tirof etishicha, Sohibqiron Temurning eng xarakterli xususiyatlari - davlat, mamlakat va fuqaroning g’amxo’ri bo’lganligi edi. Jahongirlik qoidasi esa haqiqat - sixat-salomatlik, haqiqat-tartib, haqiqat - adolat deb tushunilgan. Buyuk bobokalonimiz har vaqt: «Insonparvarlik va mardlikni Alloh ham, xalq ham uluglaydi», degan hikmatli so’zni takrorlashni xush ko’rgan va hayotda o’zlari bunga amal qilganlar. Dastavval shuni aytish kerakki, Amir Temur, odob - axloq, iymon-e’tiqod, ta’lim-tarbiya sohasida o’zi yuksaklikka, mukammallikka erishgan siymolardan biridir. Bunga ishonch hosil qilish uchun uning o’zi tomonidan yaratilgan odob-axloqqa oid dasturlar, o’gitlar, pand-nasihatlarni, shuningdek Sohibqiron haqidagi tarixiy asarlarni ko’zdan kechirish kifoya. Tarixchi Ashraf Axmad Sohibqiron Amir Temurning o’zi amal qilgan sifatlarni yuksak baholaydi. Bular quyidagilar: ... hammaga ham bir xil: jiddiy va odil qaradim... boyni kambag’aldan ustun qo’ymadim; ...islomga qat’iy rioya qildim. ...men kambag`allarga ko’p xayr-eh,son qildim; har mojaro va muammoni diqqat bilan tekshirdim va uni mumkin qadar to’g’ri hal qilishga butun jon-jahdimni sarf qildim; xaloyiqqa rahm qildim, barchaga naf’ yetkurdim, ... birovga nohaq ozor yetkazmadim va mendan yordam so’rab kelganlarni ko’kragidan itarmadim...; islomga taalluqli ishlarni men har doim kundalik va dunyoviy ishlardan ustun qilib keldim...; barcha so’zlarimdan doim haqiqatgo’ylikka amal qildim; ...men har kimga va’da bersam, unga vafo qildim...; doimo o’zimni Allohning yerdagi mulkining posboni deb bildim va parvardigor iznsiz uni sarf etmadim...; men har doim insof bayrog`ini baland ko’tardim va iymon tarqatishni o’z buyukligimning qudratli zamini deb bildim...; men doim saidlarga ehtirom bilan qaradim, ulamo va shayxlarni e’zozladim...

Shunday qilib Sohibqiron Amir Temurning ibratli, hayotiy pand-nasihatlari va purma’no o’gitlarining har bir mazmun va ma’no kengligi, mantiqning kuchliligi, teranligi, ta’siri umuminsoniy qadriyatlar asosiga qaratilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi, ularni hisobsiz xazina, odob-axloqqa oid dasturlar deya olamiz. Bu o’gitlar Sohibqironning juda mashaqqatli va sertashvish; goh muvaffaqiyatli, goh muvaffaqiyatsiz, goh quvonchli, goho sertashvish anduhli umrining ijodiy mevasidir. Bu o’gitlar xalqlarning bir maqsad sari birlashtirgan, jipslashtirgan, muvaffaqiyatlarga erishtirishda sehrli tarbiyaviy kuchga ega bo’lgan durdona - pedagogikadir.



Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish