Ўзбекистон республикаси олий ва


Abdulla Avloniy (1878-1934)



Download 2,43 Mb.
bet28/308
Sana25.09.2021
Hajmi2,43 Mb.
#184821
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   308
Bog'liq
Ахмедова Малохат Педгогика Психология

Abdulla Avloniy (1878-1934)

Taniqli o’zbek pedagogi va olimi A.Avloniyning pedagogikaga oid asari asarlari ichida uning 1913 yilda yozgan va 1917 yilda ikkinchi bor nashr qilingan «Turkiy guliston yoxud axloq» nomli asari XX asr boshlaridagi pedagogik fikrlar taraqqiyotini o’rganish sohasida katta ahamiyatga molikdir. Bu asar mazmun tomonidan muallifning boshqa ijtimoiy va pedagogik asarlari bilan uzviy bog’liqdir. «Turkiy guliston yoxud axloq» asari axloqiy va ta’limiy tarbiyaviy asardir. Asarda insonlarni «yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi» ilm-axloq haqida fikr yuritiladi. O’zbek pedagogikasi tarixida A.Avloniy birinchi marta pedagogikaga «Pedagogiya», ya’ni bola tarbiyasining fani demakdir», deb ta’rif berdi. Tabiiy, bunday ta’rif Avloniyning pedagogika fanini yaxshi bilganligidan dalolat beradi. Abdulla Avloniy ko’plab xorijiy tillarni bilgan, arab, fors, rus, ozarboyjon tillarini mukammal egallagan. Sharq xalqlari ilmiy merosini "Chuqur o’rganganligi «Turkiy guliston yoxud axloq» kitobini yaratishda, o’zbek pedagogikasidan ijodiy foydalanish imkonini berdi. U mazkur asarni «yozishda xalq pedagogikasidan o’rinli foydalanib, asarni 64 bobdan iborat tarzda bayon etdi. Darhaqiqat, Abdulla Avloniy tarbiyadagi asosiy g’oya, bu bizlar uchun: «Yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir» deya mushohada qilishi, uning tarbiya sohasida juda katta va keng bilimga ega ekanligi, komil insonni tarbiyalashda ta’lim-tarbiyaning har bir yo’nalishiga e’tibor berish kerakligini, ong va tafakkurni, ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda tarbiya katta rol o’ynashini mohirona ifodalai bilishi, tahsinga loyiqdir.

Avloniy insonga va uning, aqliga ana shunday yuksak baho beradi. «Ilm insonlarning madori, hayoti, rahbari najotidur. Agar, aqlingning qo’li nafsingning jilovini ushlasa, seni yomon yo’llarga kirmoqdan saqlar. Har narsa ko’p bo’lsa, bahoi arzon bo’lur, ammo aql esa ilm va tajriba soyasida qancha ko’paysa, shuncha qimmatbaho bo’lur».Avloniy «Turkiy guliston yoxud axloq» kitobida ilm haqida yana shunday deydi: «Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidur. Ilm inson uchun g’oyat oliy muqaddas bir fazilatdur. Zeroki, ilm bizga o’z ahvolimizni, harakatimizni oyina kabi ko’rsatur. Zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o’tkur qilur... Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidur». Avloniy ilmni umuman emas, balki uning amaliy va hayotiy foydalarini aytib, «Bizlarni jaholat, qorong’ulikdan qutqarur. Madaniyat insoniyatni ma’rifat dunyosiga chiqarur, yomon fe’llardan, buzug’ ishlardan qaytarur, yaxshi xulq va odob sohibi qilur deydi. Abdulla Avloniyning «Turkiy guliston yoxud axloq» kitobining ikkinchi bobi insonning ijobiy xulqlariga bag’ishlanadi. Buni «Yaxshi xulqlar» sarlavxasi ostida bayon etadiki, unda biz insonning kamol topishida muhim rol o’ynaydigan 30 dan ortiq axloqiy fazilatlarning mohiyatini, axloq tarbiyasi mezonlarini, ulardan foydalanish uslublarini mohirona ta’riflaganini bilib olamiz. Asarnig ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati beqiyos darajada kattadir. Chunki asar yozilganiga sal kam bir asr bo’lsada, o’z qimmatini yo’qotmadi. Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, «u asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo’lgan bo’lsa, hozirgi kunda biz uchun ham shunchalik, balki undan ham muhim va dolzarbdir».

Zero, Abdulla Avloniyning pedagogik qarashlari hozirgi kunda ham yangi insonni kamol toptirish yo’lida, kishilarni chinakam umuminsoniy tuyg’ular, ezgu-g’oyalar ruhida, vijdoniylik ruhida tarbiyalash borasida qimmatli tarixiy material sifatida e’tiborni o’ziga jalb qiladi.

Jadidchilik harakati tufayli XIX asr oxiri XX asr boshlarida ta’lim tizimi qayta o`rganilib maktab, maorif, Oliy ta’lim tizimi qayta o`rganildi.

1917-yil to`ntarishidan keyin Markaziy Osiyo xalqlarining hayotida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-mafkuraviy va xalq maorifi sohalarida keskin o`zgarish yuz berdi.

Turkiston o`lkasida milliy demokratiya vakillari, mashhur ma’rifatparvar ziyoliliar tomonidan yangi usuldagi maktablarning keng tarmog`ini yaratish, maktab-maorif borasida zudlik bilan islohotlarni amalga oshirish yuzasidan bir qancha takliflar ilgari surildi.

Bu davrda milliy ziyolilar faoliyati keng tus oldi, jumladan: jadidchi ziyolilar Mahmudxo`ja Behbudiy, Munavvar qori, Sadriddin Ayniy, Fitrat, Cho`lpon, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Hamza, G`ozi Yunus, Xurshid va boshqa ziyolilar madaniyat, maorif sohalarida jonbozlik qildilar va yangi usuldagi maktablarning keng tarmoqlarini yaratish sohasida faoliyat ko`rsatdilar.

Bosib o`tilgan tarixiy taraqqiyot, ajdodlarimizning fan, maorif sohasidagi xizmatlari yosh avlodlarning qalbida ularga nisbatan mehr-muhabbat, fahrlanish tuyg`usini o`zida aks ettiradi.

Mustaqillik e’lon qilingan (1991-1yil sentabr) dastlabki yillardanoq O`zbekiston hukumati ta’limga ustivor soha sifatida e’tibor berib kelmoqda. Respublika ta’lim sohasida aniq va ravshan davlat siyosati mavjud bo`lib, u insonparvarlik va demokratik tamoyillarga asoslanadi hamda har bir fuqoroning bilim olishini konstitutsiya bilan kafolatlaydi.



Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish