Abu Ali Ibn Sino (980-1037)
Abu Ali Ibn Sino 980 yilda Buxoro shahri yaqinidagi Afshona qishlog’ida kichik amaldor oilasida dunyoga keladi. Uning otasi Abdulloh va uning do’stlari bilimdon kishilar bo’lib, ularning ilmiy munozaralarida yosh Ibn Sino ham qatnashar edi. Bunday oilaviy muhit, Buxoro shahridagi ko’plab madrasalar, kasalxona va nodir kitoblar saqlanadigan kutubxonalarning mavjudligi ham yosh va iqtidorli Ibn Sinoga o’z ta’sirini ko’rsatadi. U madrasada o’qib ko’pgina ustozlardan ta’lim oladi. Masalan: Abdulloh Notiliydan falsafa, mantiq, xandasa bo`yicha, Buxorolik Abu Mansur Qamariydan til bo’yicha ta’lim oladi. IX asr oxiri va X asr boshlariga kelib o’lkada siyosiy ijtimoiy vaziyat murakkablashadi. Shuning uchun Ibn Sino Xorazmga-Urganchga ko’chib o’tadi. Xorazmda bir qator olimlar bilan hamkorlikda Beruniy boshqarayotgan «Ma’mun akademiyasida» ilmiy ish bilan shug’ullanadi va akademiyada vazir vazifasini bajaradi. Natijada o’zining yirik asari «Tib qonunlari», «Ash-Shifo» ustida ish olib boradi. Ibn Sino umrining so’nggi yillarida Gurganj, Ray va Hamadonda yashaydi. U 1037 yil oxirida Isfahonda vafot etadi. Ibn Sinoning odob-axloq va insonparvarlik haqidagi ta’limoti katta ilmiy-ma’rifiy, tarbiyaviy ahamiyatga ega. Bu ta’limot inson olam rivojlanishining toji bo’lib, u buyuk sharaf va hurmatga loyiqdir, degan fikrga asoslanadi. Ibn Sino fanning turli sohasiga oid 450 dan ortiq asar yaratadi. Lekin bizgacha 250 ga yakini yetib kelgan bo’lib, ulardan 50 dan ortiq qo’l yozmalari O’zbekiston fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslikinstitutining kitob fondida saqlanib kelmokda. U ta’lim-tarbiyaga ta’lluqli bo’lgan quyidagi asarlarni yaratgan. Masalan: «Tadbir al-Manozil» (turar joyni boshqarish), «Axloq haqida risola», «Burch haqida risola», «Nafsni pokiza tutish», «Badanni boshqarish», «Adolat haqida kitob», «Al-qonun», «Ishq haqida risola», «Xay ibn-Yakzon», «Nomozning mohiyati haqida risola», «Ziyorat qilishning ma’nosi haqida», «An-Najot», «Ash-Shifo», «Donishnoma» kabi asarlari bilan ilm-fanga hissa qo’shgan buyuk allomadir. Shuning uchun ham Sharqda unga, "Shayx ur-Rais" - ya’ni olimlarning olimi degan yuksak unvon berilgan. U o’zining «Axloqqa oid risola»sida insonning umumiy fazilati haqida gapirib, kishilarda yuz beradigan yaxshi va yomon xulqlarning paydo bo’lish sabablari to’g’risida to’xtaladi. Uning fikricha yaxshi va yomon xulqlarning hammasi odamdan paydo bo’ladi, odamlarning yaxshi yoki yomon bo’lishida hukumat ahllarining ta’siri ham zo’r bo’ladi, deydi. Ibn Sino axloqiy hislatlardan: iffat, qanoat, saxiylik,shijoat, sabr, muloyimlik, sirni saqlay bilishlik, ilm-ma’rifatlibo’lish,kamtarlik, adolatlilik, do’stlik,vafodorlik kabi axloqiy kategoriyalarga ta’rif beradi. U insoniy fazilatlarga: Jasurlik - biror ishni bajarishda kishining jasurligi; Chidamlilik - inson boshiga tushgan yomonlikni to’xtatib turuvchi quvvat; Aqllilik - biror ishni bajarishda shoshma-shosharlik qilishdan saqlovchi quvvat; Ziyraklik - sezgi bergan narsalarning haqiqiy ma’nosini tezlik bilan tushinishga yordam beruvchi quvvat. Alloma yaratgan «Kitob ash-Shifo» 18 tomdan iborat bo’lib, falsafiy bilimlar qomusi hisoblanadi, u o’z ichiga 4 ta katta bo’lim (mantiq fizika, matematika, metofizika)ni oladi. Ibn Sinoning «Kitob ul-insof» («Adolat kitobi») asari 21 jilddan iborat bo’lgan. Ibn Sinoning fikricha insonlar xulgq-atvorida birmuncha nuqsonlar bor. Bular: aldash, rashk, o’ch olish, adovat, bo’xton, irodasizlik kabilardir. Ibn Sino Gurganjda, Rayda, keyinchalik Hamadonda va umrining so`ngi yillarini Isfaxonda yashaydi. Inb Sino 1030 yil Isfaxonda vafot etadi.
Xulosa qilib aytganda, Ibn Sino buyuk olim, faylasuf, adib, tabib bo’lishi bilan birga buyuk murabbiy edi. U ta’lim-tarbiya haqida juda ko’p bosh qotiradi. Olimning pedagogika faniga qo’shgan hissasi shundaki, u ta’limiy tarbiyaviy qarashlarida insonning ham aqliy, ham axloqiy, ham estetik hamda jismoniy tomondan rivojlanishi, kamolga yetishining mezonini ishlab chiqadi. Yana uning xizmatlaridan biri shundaki, u insonning mehnati, qobiliyati, aql-zakovatini ulug’ladi, undagi qudratga ishondi. Inson tafakkurining tantana qilishi kerakligini targ’ib qildigan buyuk mutaffakkirdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |