Xarakter to`g`risida umumiy tushuncha
Xarakter – bu Shaxs xususiyati bo`lib, yunoncha “zarb qilish”, “tamg`a yoki belgi” demakdir. Xarakter atrofdagi shart-sharoitlarga, faoliyatga, boshqa insonlarga va o`z-o`ziga bo`lgan munosabatlar tizimini tashkil etadi. Insonning individual xususiyatlari uning xarakterida to`liq o`z ifodasini topadi. Shaxs xususiyati sifatida xarakter- bu barqaror ruhiy jihatlarning yig`indisi bo`lib, u inson xulq-atvorining hamma tomonlariga ta`sir etadi hamda uning individual o`ziga xosligini ifodalaydi.
Xarakter kishining nima qilayotgani bilan emas, balki qanday bajarilishi bilan belgilanadi. Kishi xarakterini tashkil etuvchi individual xususiyatlar iroda kuchi, shaxsning yo`nalganligi, e`tiqodi va hayotga bo`lgan qarashlari bilan belgilanadi va turmush tarzining kechishi bilan rivojlanadi..
Xarakter deganda shaxsda mehnat va tarbiya asosida tarkib topgan va uning irodaviy faolligida, tevarak –atrofdagi olamga, o`z-o`ziga bo`lgan munosabatlarida psixologik nuqtai-nazardan qaraganda, uning temperamanti va qobiliyatiga xos individual sifatlarini tushunamiz. Xarakter yunoncha “Bo`rtma chiziq” degan ma`noni anglatib, xarakterga tegishli sifatlar shaxsning asosiy hayot mazmunini,barcha psixologik sifatlarining mukammal tomonlarini o`z ichiga oladi. Mardlik, insof, g`ayrat-shijoat, tashabbuskorlik, mehnatsevarlik, vijdoniylik, qo`rqoqlik, dangasalik, nomardlik, maqtanchoqlik – bularning hammasi kishining butun aft-angoriga, fikrining yo`nalishiga va umuman olganda shaxs xarakterini belgilovchi ruhiy qiyofasiga alohida rang beruvchi doimiy xulq-atvor manbaidir.Kishining tasodifiy, kutilmaganda uchrab qolgan holatini xarakter tarkibiga kiritib bo`lmaydi. Balki ma`lum bir sharoitda aniq maqsad bilan doimiy tusda ko`rinadigan xislatlargina xarakterga taalluqlidir.Insonning atrofdagi voqelikka bo`lgan ongli munosabati nafaqat uning dunyoqarashi, e`tiqodi va fikrlarida, balki uning xarakterida ham namoyon bo`ladi. “Xarakter” tushunchasini eramizdan oldingiIV asrda yashagan grek olimi Teofrast birinchi marta ilmiy iste`molga olib kirgan. U o`zining “Axloqiy xarakterlar” degan asarida xarakterni 31 ta turga bo`lib o`rgangan. Teofrast xarakterni jamiyat axloqiy hayotining shaxsdagi aksi sifatida tushungan. Aristoteldan boshlab esa xarakterni shaxsning irodaviy sifatlari bilan bog`lab tushunish an`anasi paydo bo`lgan. Oqibatda esa iroda xususiyatlarining namoyon bo`lishiga qarab xarakter kuchli va kuchsiz tiplarga bo`lingan. Inson xarakterining asosiy jihati – uning voqelikka , dunyoga munosabatidir.
Har bir odamning xarakteri individual va umumiy jihatlarni o`z ichiga oladi. Umumiylik deganda alohida kishilar guruhiga, jamiyatga xos bo`lgan sifatlarni tushunamiz: Vatanga muhabbat, mehnatsevarlik, jamoatchilik tuyg`usi va hakozo.
Xarakter tarkibida axloqiy jihatlar alohida ajralib turadi: to`g`ri so`zlik, muloqotga tez kirishuvchanlik, qat`iylik, fidoiylik, intizomlilik, topqirlik, mustaqillik va hakozolar. «Xarakter» yunoncha «haraktir» degan so`zdan olingan bo`lib, «qalqiq chiziq» ma`nosini anglatadi. Bu yerda tanga, chaqa yuziga tushirilgan bo`rtma tamg`a ko`zda tutiladi.
Xarakter deganda shaxsda muhit va tarbiya ta`siri ostida tarkib topgan va uning irodaviy faolligida, tevarak-atrofdagi olamga (boshqa kishilarga, mehnatga, buyumlarga), o`z-o`ziga bo`lgan munosabatlarida namoyon bo`ladigan individual xususiyatlarini tushunamiz.
Shaxsning xarakteriga tegishli bo`lgan xususiyatlarni xarakter xislatlari deyiladi. Xarakter – xislatlari – kishida tasodifiy uchraydigan xususiyat bo`lmay, balki kishining hulkidagi doimiy, barqaror xususiyatlar bo`lib, bu xususiyatlar shaxsning o`zigagina xos bo`ladi. Har bir odam ayrim paytlarda mardlik, salobatlilik, rostgo`ylik, sofdillik ko`rsatishi mumkin. Lekin kishining hayoti va faoliyatida ayrim paytlardagina yuz beradigan bunday xususiyatlar hali uning barqaror xarakter xususiyatlari bo`la olmaydi. Kishi xarakterida markaziy o`rinni ishg`oletadigan sifatlar mazkur odamning iroda sifatlari va ma`naviy qiyofasida ifodalanadigan sifatlardir.Kishining xarakteri uning o`ziga xos xislatlarining majmuidir. Ana shu xislatlar orasida shu kishini jamiyat a`zosi sifatida xarakterlab beruvchi xususiyatlar eng muhim ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |