Diqqat jarayoni va uning turlari
Agar odam diqqatini o`zi idrok etayotgan narsaga yoki bajarayotgan ishiga to`play olmas ekan, unda hech bir ruhiy jarayon maqsadga yo`naltirilgan va unumli bo`la olmaydi.Biron bir buyumga qarab turgan bo`lsak ham, uni ko`rmasligimiz mumkin. O`z fikrlari bilan band odam yaqin atrofdagi kishilarning gaplarini mutlaqo eshitmaydi.Agar diqqatimiz biron narsaga qaratilgan bo`lsa, biz og`riqni sezmasligimiz mumkin. Aksincha, odam biron narsa yoki faoliyatga butun diqqatini qaratsa, u holda o`sha buyum yoki hodisaning hamma xususiyatlarini bilib olishi va ishi juda ham samarali bo`lishi mumkin.
Diqqatning o`zi nima?
Diqqat – bu ongning biron predmet yoki hodisa ustida to`planishidan iborat bo`lgan psixologik hodisadir. Diqqat kishining holatiga (og`lig`i,toliqqan-toliqmaganligiga,to`yib uxlagan-uxlamaganligiga),oldiga qo`ygan maqsadi va vazifalariga bog`liq bo`ladi.
Diqqat hamisha kishining yuz harakatlarida, ya`ni mimikasida, ko`z qarashlarida, qaddining holatida namoyon bo`ladi. Lekin diqqatning tashqi ifodasi diqqat jarayonining borishiga muvofiq kelmasligi ham mumkin. Masalan, kishining biror narsaga tikilib,qimirlamay turishi uning diqqatini biror narsaga juda ham jalb bo`lganini ko`rsatadi.Ta`lim olishda diqqatning rolini buyuk rus pedagogi K.D.Ushinskiy shunday ta`riflaydi: “...diqqat aynan bir eshikki, tashqi olamdan kishi qalbiga kirib keladigan jamiki narsalarning barchasi shu eshik orqali kirib keladi”.
Diqqatning fiziologik asosini bosh miya yarim sharlarida asosiy nerv jarayonlarining o`zaro bir-biriga ta`sir etishidan(qo`zg`alish va tormozlanish) iborat. Diqqat individning hissiy, aqliy va harakatlantiruvchi faolligi darajasining oshirilishini taqazo etadigan tarzda onganing yo`naltirilganligi va bir narsaga qaratilganligidir. Yo`naltirilganlik sub`ektning ehtiyojlariga, uning faoliyati maqsadlari va vazifalariga mos keladigan ob`ektlarning tanlanishi (ixtiyoriy yoki ixtiyoriy), ajratib olinishidir.
Iroda kuchining qanchalik ishtirok etishiga qarab diqqat uch turga bo`linadi: ixtiyoriy va ixtiyorsiz hamda ixtiyoriydan keyingi diqqat.
Ixtiyoriy diqqat ongli ravishda qo`yilgan maqsadga muvofiq tarzda vujudga keladi, ya`ni muayyan ob`ekt va hodisalarga qaratilgan bo`ladi.O`qituvchining tushuntirishlarini diqqat bilan eshitib, diqqatni iroda kuchi bilan saqlab turilishida diqqatning barqarorligiga erishishimiz mumkin.
Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatdan farqli ravishda irodaviy zo`r berish bilan hosil qilinadi. Diqqatning bu turi o`zining mantiqiy izchilligi va barqarorligi bilan ajralib turadi.
Ixtiyorsiz diqqatning boshlang`ich shakli “orientirovka refleksi” – yangilikka nisbatan bo`lgan refleksdir.Buni I.P.Pavlov “Bu nima ekan” refleksi deb atagan.
Ixtiyorsiz diqqat bizga ta`sir etuvchi tashqi qo`zg`atuvchilarning xususiyati asosida vujudga keladi:
Qo`zg`atvchilarning kuchi (o`tkir hid, yorqin rang,qattiq tovush,katta buyum);
Qo`zg`atuvchining yangiligi,g`ayritabiiyligi;
Qo`zg`atuvchining harakatchanligi.
Ixtiyorsiz diqqat qo`zg`atuvchining xususiyatlariga bog`liq holda yuzaga kelmay, balki kishining ehtiyoji, qiziqishlari,kayfiyati,unga ta`sir etib turgan narsaga nisbatan munosabatlariga bog`liq holda vujudga keladi.
Ixtiyorsiz diqqat bilan ixtiyoriy diqqat o`zaro uzviy bog`liq bo`lib, ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatga o`tishi mumkin va aksincha.
Ixtiyoriydan keyingi diqqat ixtiyoriy diqqatdan kelib chiqadi.Inson biron bir hodisaga nisbatan o`z diqqatini iroda kuchi bilan yo`naltiradi.Oradan ma`lum muddat o`tgandan keyin esa uning diqqati iroda ta`sirisiz ushbu faoliyat ustida yig`ila boshlaydi.Diqqatlilik shaxsga xos bo`lgan muhim sifat bo`lib, muvaffaqiyatli faoliyat yuritishning omili hisoblanadi.
Diqqat jarayoninig quyidagi xususiyatlari: diqqatning ko`lami; diqqatning barqarorligi; diqqatning ko`chuvchanligi va taqsimlanishi va bo`zilishimavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |