Idrok va uning qonuniyatlari
Kishi tevarak atrofidagi narsa va hodisalarni yaxlit (butun) holicha bilib olish jaryoniga idrok deyiladi. Idrokimiz orqali tashqi olamning katta va murakkab tasvirining bir qisminigina aks ettirishimiz mumkin. Idrok jarayonida narsalarning yaxlit obrazi hosil qilinishiga sabab shuki, odamda hayot davomida murakkab kompleksga ega bo`lgan qo`zg`atuvchilar ta`siri tufayli muvaqqat bog`lanishlar vujudga keladi. Shuning uchun idrok narsalarning ayrim xususiyat va sifatlarini o`zida aks ettiruvchi sezgilardan farq qilib, doimo yaxlitlik va predmetlilikka egadir.
Idrok bir qator sezgi tahlilatorlarini birlashtiradi. Inson idroki hayvonlarnikidan farqli o`laroq, idrok qilinayotgan narsani tushunishni o`z ichiga oladi( burgut uzoqni ko`ra oladi , lekin inson ko`p narsani ko`radi, itning hid bilish qobiliyati insonnikiga qaraganda nozikroq, lekin narsalarning muhim belgilari bo`lgan hidlarning yuzdan birini ham farqlay olmaydi).
Kishilar o`rtasidagi individual frqlarning muhim xususyaiti idrok qilish tezligi o`rtasidagi farqdir, ya`ni qo`zg`atuvchi qanchalik murakkab bo`lsa, uning idrok qilinish vaqti shunchalik ko`p bo`ladi. Idrok qilish tezligi charchash, kasallik va zo`riqish ta`sirida pasayadi. Idrok qiziqish bilan bog`liq.
Idrok jarayoni har doim figura va fonda namyon bo`ladi.
Idrok jarayonida tanish katta rol o`ynaydi,binobarin idrokni tanishdan tashqarida tassavur qilib bo`lmaydi.
Tanish jarayonida kishi ilgari idrok qilingan va xotirasida saqlangan obrazlarga ayni chog`da ko`rib turgan obrazini qo`shadi.Agar bu obrazlar bir biriga mos kelsa,oldida turgan buyumni tanib oladi.
(Masalan:mashina,katta tajriba profili.) Adaptatsiya.
Idrok jarayonining quyidagi qonuniyatlari mavjud:
Figura va fonning bog`liqlik qonuni.Figura bo`lmasa fon bo`lmaydi va uning aksi. Yaxshi ko`rgan gulimiz figura, boshqa gullar fon bo`lib xizmat qiladi.
Idrokning o`zgarmaslik qonuni. Bu qonun ma`lum ma`noda avvalgisiga bog`liq bo`lib, bunda tajriba katta ahamiyatga ega. Odam o`ziga tanish bo`lgan narsalarni o`sha xossa va xususiyatlari bilan o`zgarishsiz idrok qilishga moyildir (mas., samolyot ichida o`tirgan odamga daryo va katta avtomobil yo`llarining kichkina bo`lib ko`rinishi)..
Idrokning anglanganlik qonuni.Idrok qilayotgan shaxs uchun figuraning anglanganligi, mazmuni va ma`nosi muhim ahamiyatga ega. Agar biz ko`zatayotgan jarayon, eshitayotgan nutq yoki his qilayotgan narsamiz ma`nosiz, tushunarsiz va noaniq bo`lsa, biz juda tez charchaymiz va toliqamiz. Mas., rus tilini bilmaydigan talabaning noroziliklari.
Kutish va taxminlarning mos tushish qonuni.Inson idroki vaziyatga qarab va uning holatlaridan kelib chiqqan holda shaxsiy ma`no va ahamiyat kasb etgan ma`lumotlar vositasida ongdagi bo`shliqni to`ldirishga harakat qiladi. Bunda qo`rqqan holatda har xil tovushlarni eshitish, ko`p vaqt davomida ko`tish oqibatida adashish mumkin.
O`zgarmas ma`lumotning qabul qilinmaslik qonuni.Bu qonunning mohiyati shundaki, muntazam ta`sir etib turgan ma`lumot ongda uzoq ushlab turilmaydi. Mas., soatning chiqqillashi, dars davomida qo`ng`iroqning chalinishi, mashinalarning qatnovi.
Idrok jarayonida barcha ruhiy hayotimiz,ongimizning butun mazmuni bilimlarimiz va tajribalarimiz ishtirok etadi.Idrok odamning faoliyati bilan bog`liq faol jarayondir.Idrok qilishda insonning kuzatish qobiliyati muhim ahamiyat kasb etadi.
Vaqtni idrok qilish bizga voqelikdagi hodisalarning davomiyligi, ketma-ketligi haqida tasavvur beradi. Tabiatdagi davriy harakatlar va bir maromdagi o`zgarishlar(Erning aylanishi, kyecha-kundo`zning almashinishi, yil fasllari) vaqtni aniqidrok qilishga yordam beradi.
Idrok jarayoni quyidagi xossalarga ega:
Do'stlaringiz bilan baham: |