Њзбекистон республикаси олий ва њрта



Download 1,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/207
Sana29.12.2021
Hajmi1,57 Mb.
#76046
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   207
Bog'liq
falsafa

Uchinchidan, «inson — tabiat» munosabatlariga esa xom-ashyo resurslarini tejash, 
aholini  oziq  —  ovqat  va  ichimlik  suvi  bilan  ta’minlash,  tabiatni  muhofaza  qilish  kabi 
muammolar kiradi. Bu guruh muammolar ijtimoiy omillar tasirida vujudga keladi, ularni 
hal  qilishda  esa  ijtimoiy  omillarning  o‘rnini  va  ahamiyatini  to‘g‘ri  anglagan  holdagina 
masalaning tub mohiyatini tushunish mumkin. 
Xuddi shuningdek, sof ijtimoiy global muammolarning echimida tabiiy omillarning 
bu jarayonga bevosita ulanib ketishini ham nazardan soqit qilmaslik kerak. Ham ijtimoiy, 
ham  tabiiy  omillar  asosida  yuzaga  chiqadigan  umumbashariy  (global)  muammolar  bir 
butunlikni  tashkil  etib,  ularga  har  tomonlama  (kompleks)  yondashish  kerakligini 
hayotning  o‘zi  taqozo  etmoqda.  Bu  esa,  o‘z  navbatida,  falsafa  fani  zimmasiga  katta 
mas’uliyatlar yuklaydi. 
Insoniyatning  kelajagi  to‘g‘risida  tarixda  turli-tuman  bashoratlar  mavjud,  ular  bir 
necha  xillarga  bo‘linadi.  Masalan,  xalqimizning  ilk  tarixiy  qadriyatlaridan  bo‘lgan 
muqaddas  «Avesto»  yozma  yodgorligi  ham  umumiy  bir  tarzda  insoniyatning  kelgusi 
istiqbolini  bashorat  qilib,  kishilarni  mushtarak  maqsadlar  tomon  yo‘naltirishga  harakat 
qilgan.  Bunday  bashoratlar  diniy  mazmunga  asoslangan  bo‘lib,  o‘z  davri  uchun  katta 
ahamiyat kasb etgan edi. «Avesto»da Zardo‘sht o‘limidan so‘ng 3000 yil o‘tgandan keyin, 
erkin  farovonlik  zamoni  keladi,  Axura  Mazda  qudrati  Axriman  yovuzligi  ustidan  to‘la 
g‘alab qozonadi, deya ishonch bildirilgan edi. 
Ikkinchi  xil  bashoratlar  o‘rta  asrlarda  keng  tarqalgan,  hozirda  ham  Farb 
mamlakatlarida  keng  shuhrat  qozonayotgan  bir  qator  Farb  futurologiyasi  mazmuniga  ega. 
Farb  futurologiyasining  mashhur  namoyandalaridan  fon Karman,  E. SHervin,  G. Kan  va 
boshqalar  insoniyatning  kelgusi  istiqbolini,  asosan,  yadro  halokati  yoki  boshqa  bir 
umumbashariy  global  muammolar  bilan  bog‘lab  pessimistik  manzaralarni  chizib 
ko‘rsatishga urinadilar. 
Kishilik  jamiyatining  kelgusi  istiqboli  to‘g‘risida  jiddiy  ilmiy  bashoratlar  orasida 
1968  yilda  A. Pechchei  tomonidan  asos  solingan  «Rim  klubi»  a’zolari  bo‘lgan 
J. Forrester,  D. Medouz,  YA. Tinbergan,  A. King  va  boshqalar  tomonidan  tayyorlangan 
hisobotlarning  ilmiy  ahamiyati  nihoyatda  katta.  Ularda  insoniyatning  kelgusi  istiqbolini 
shubha  ostida  qoldirayotgan  umubashariy  muammolar  ko‘lamining  kengayib  borishi, 
kishilar  tomonidan tabiatga qilinayotgan zug‘umning mudhish oqibatlari qanday bo‘lishi 
to‘g‘risida  jiddiy  mulohazalar  yuritiladi.  «Rim  klubi»  a’zolari  tomonidan  qilingan 
bashoratlar  ilmiy-falsafiy  mazmunga  ega  bo‘lib,  unda  asosan  tajriba  sinovidan  o‘tgan 


 
130 
bilimlar  va  mantiq  qonunlari  va  kategoriyalariga  suyangan  holda  insoniyatning  kelajagi 
to‘g‘risida muhim ilmiy xulosalar bayon qilingan. 
Demak,  insoniyat  taraqqiyotining  kelgusi  imstiqbolini  belgilashdagi  eng  muhim 
belgilar sirasiga umumbashariy muammolar tabiatini chuqur anglash, bu muammolarning 
echimi  umuminsoniy  mushtarak  manfaatlari  yo‘lida  hamjihatlikda  qilingan  sa’y-
harakatlar  ekanini  alohida  ta’kidlash  lozim.  Ana  shunday  misollar  anchagina.  Masalan, 
1955  yil  31  yanvarda  Frederiko  Julio  Kyuri  (u  shu  paytda  jahon  ilmiy  xodimlari 
federatsiyasi  tashkilotining  prezidenti  edi)  Nobel  mukofoti  sovrindori  Bertran  Rasselga 
xat orqali murojaat qilib, yadro qurolining juda xavfli tus olayotganligini, bu falokatning 
oldini olish uchun fan arboblari birgalikda harakat qilishi lozimligini bildiradi. B. Rassel 
F. Kyuri taklifini qo‘llab-quvvatlab, bu murojaatga imzo chekuvchi vakillar bir xil siyosiy 
oqim tarafdorlari bo‘lib qolmasligi, bunda jahondagi barcha kuchlar, har bir xalq, jamiyat 
vakillari  ishtiroki  zarurligini  ta’kidlaydi.  Masalaga  bunday  yondashish  falsafiy  tafakkur 
taraqqiyotining  yangi  bosqichini  boshlab  bergan  edi.  Bu  esa  ilmiy-siyosiy  adabiyotlarda 
«yangicha  tafakkur  uslubi»  deb  atalgan  va  jahonning  eng  atoqli  olimlari A. Eynshteyn, 
F. Julio-Kyuri,  M. Born,  L. Poling  va  boshqalar  tomonidan  imzo  qo‘yilgan  manifestga 
asos  qilib  olingan  edi.  Natijada  1955  yil  9  iyul  kuni  B. Rassel  tomonidan  o‘tkazilgan 
press-konferensiyada  «Rassel-Eynshteyn  manifesti»  nomi  bilan  shuhrat  qozongan, butun 
er  yuzi  aholisiga,  siyosiy  va  davlat  arboblariga  qaratilgan  mashhur  chaqiriq  e’lon 
qilingan.  U  hozirgi  paytda  tinchlik  va  qurolsizlanish  uchun  kurashuvchi  Paguosh 
harakatini  boshlab  bergan  edi.  Manifestda  «Biz  yangicha  fikr  qilishga  odatlanishimiz 
kerak.  Biz  o‘z-o‘zimizdan  u  yoki  bu  guruh  mamlakatlarining  harbiy  g‘alabasini 
ta’minlash uchun nimalar qilish zarur deb emas, balki yadro halokati va uning dahshatli 
oqibatlari qanday bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida insoniyatni ogohlantirish uchun nimalar 
qilding deb so‘rashimiz kerak», — degan so‘zlar bor edi. 
«Rassel-Eynshteyn  manifesti»  chop  etilganiga  ham  mana  45  yil  o‘tdi.  Bu  vaqt 
mobaynida  yadro  qurollarini  ishlab  chiqish  va  sinab  ko‘rish  ko‘lami  bir  necha  barobar 
ko‘paydi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi o‘tgan yarim asr mobaynida qurollanishga 16-
18 trl. dollar mablag‘ sarflandi. Hozirgi kunda harbiy sohalar uchun har yiliga 1 trl. dollar 
miqdorida  mablag‘  ajratilmoqda.  Bir  kunda  qurol-yaroqqa  ajratiladigan  mablag‘  3,4-3,5 
mlrd. dollarni tashkil etmoqda. Taqqoslash uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilamiz. 
Jahon  sog‘liqni  saqlash  tashkilotining  bezgakka  qarshi  kurash  tadbirlari  uchun  bir  yilda 
28-30 mln. dollar ajratishini, Xalqaro nufuzli tashkilot YUNESKOning bir yillik byudjeti 
950-980 mln. dollar miqdorida ekanligini hisobga olsak, masala oydinlashadi. 
Harbiy-sanoat  o‘z  domiga  tabiatning  shunday  noyob  boyliklarini  tortayaptiki,  bu 
sarf-harajatlar  o‘sish  sur’atining  tezligiga  qarab  beixtiyor  o‘z  kelajagimiz  to‘g‘risida 
xomush  xayollar  og‘ushida  qolmasdan  iloj  yo‘q.  Bu  soha  faqat  tabiiy  resurslar  bilan 
cheklanib qolmasdan, balki, o‘ta kamyob aql egalari, talantli kishilarning aqliy faoliyatini 
ham  o‘z  izmiga  solib,  oqibatda,  ilmiy-texnika  taraqqiyotining  insoniyat  manfaatiga 
qaratilgan yo‘nalishiga asosiy to‘siq bo‘lib qolmoqda. 

Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish