Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Download 4,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet409/511
Sana13.07.2021
Hajmi4,68 Mb.
#117751
1   ...   405   406   407   408   409   410   411   412   ...   511
Bog'liq
bank ishi

[280].  Bank  foizidan  foydalanish  mexanizmi  deganda  ssuda  foizi 

siyosatini olib borishda va uni amaliyotga joriy qilishda qo„llaniladigan 

vositalar,  choralar  to„plami  tushuniladi.  Ularning  ayrimlari  quyidagilar 

hisoblanadi: 

 

foiz darajasini shakllantirish usullari; 



 

foiz stavkalarini tabaqalashtirish mezonlari; 



 

Markaziy  bank  tomonidan  foiz  me‟yorlarini  muvofiqlashtirish 



usullari; 

 



foizlar bo„yicha o„zaro to„lovlar va undirishlar tartibi; 

 



foizni to„lash manbalari;  

 



qarz  oluvchilar  manfaatlarini  himoya  qilish  tizimi  bilan  foiz 

o„rtasidagi bog„lanish;  

 

kredit  tashkilotining  daromadi  va  xarajatini  shakllantirishda 



foizning o„rni.  

Bu mexanizm, bir tomondan, foizni tovar ishlab chiqarish iqtisodiy 

kategoriyasi sifatida ifodalasa, ikkinchi tomondan, uning foiz siyosatini 

olib  borish  maqsadiga  bog„liq  ekanligini  ifodalaydi.  Amaliyotda 

aksariyat  hollarda  uning  iqtisodiy  tabiatiga  qarama-qarshi  subyektiv 

ustuvorlik  namoyon  bo„ladi.  Bozor  munosabatlarigacha,  ya‟ni  xo„jalik 

mexanizmi  amal  qilgan  davrda  bank  foizidan  foydalanish  asosan 

davlatning xo„jalik yuritish siyosatiga bo„ysungan holda amalga oshgan. 

Bu  siyosat  o„zgarishi  bilan  bank  foizidan  foydalanish  mexanizmi  ham 

o„zgargan. 

Bugungi  kunda  bank  foizining  quyidagi  mexanizmlaridan 

foydalanilmoqda: 

 

foiz  darajasi  kredit  resurslariga  bo„lgan  talab  va  taklifdan  kelib 



chiqqan  holda  subyektlar  o„rtasida  tuziladigan  shartnoma  asosida 

o„rnatiladi; 

 

ssudalar  bo„yicha  foiz  stavkalarini  o„rnatishi  kredit  kelishuvlari 



amalga oshirilayotgan aniq sharoitlarga qarab, ya‟ni: 


 

446 


–  ssuda summasi va uni uzish muddati; 

–  ssuda ta‟minotining mavjudligi; 

–  mablag„larni jalb qilish sarflari; 

–  kreditni rasmiylashtirish va nazorat qilish xarajatlari; 

–  bankni rentabelli bo„lishini ta‟minlash zaruriyati; 

–    mijozning  kreditga  layoqatliligi  kabilarni  inobatga  olgan  holda 

bank va mijoz kelishuvlari asosida amalga oshiriladi. 

 



bankning  passiv  operatsiyalariga  nisbatan  foizning  ahamiyati 

oshib  borishi  kuchayadi,  bo„sh  pul  mablag„larini  omonatga  qo„yish 

rag„batlantirilib boriladi; 

 



foizlarni  o„rnatish  va  undirish  o„zaro  kelishuv  bitimi  asosida 

amalga oshirilib, odatda har oy foiz o„tkazib (to„lab) turiladi; 

 

kredit  jamg„armalarining  yo„nalishiga  qarab  foizlarni  to„lash 



(o„tkazish) turlicha bo„lishi mumkin:  

–  aylanma  mablag„lari  uchun  berilgan  kreditlar  bo„yicha  to„lovlar 

mahsulot tannarxiga qo„shiladi; 

–    asosiy  vositalar,  nomoddiy  va  boshqa  aylanma  mablag„lari 

bo„lmagan  aktivlarni  sotib  olish  uchun  berilgan  kreditlar  bo„yicha 

xarajatlar korxona foydasiga qo„shiladi.  

Bank  kreditlaridan  foydalanganligi  uchun  to„langan  foiz  xarajatlari 

MB  tomonidan  belgilangan  qayta  moliyalashtirish  stavkalari  doirasida 

soliqqa  tortiladigan  bazani  kamaytiradi.  Ammo  muddatdan  o„tgan 

kreditlar foizi soliq bazasini kamaytirmaydi.  

Foiz  mexanizmidan  foydalanish  foizlar  bo„yicha  daromad  va 

xarajatlarning  bankning  pirovard  moddiy  manfaatdorligi  bilan  bevosita 

bog„liqligida namoyon bo„ladi.  

[281]. Ssuda foizida foydalanish mexanizmidagi asosiy unsurlaridan 

biri  -  bu  ssuda  foizi  darajasini  shakllanish  usuli  hisoblanadi.  Bozor 

munosabatlarining 

rivojlanish 

sharoitida, 

kredit 


to„lovlarining 

erkinligida,  makroiqtisodiyot  darajasida  foiz  uchun  o„rtacha  foyda 

me‟yoriga erishish ustuvor vazifa  hisoblanadi. Foizning o„rtacha foyda 

me‟yoridan u yoki bu tomonga og„ishiga bir qator omillar ta‟sir qiladi. 

Ularni  ikki  guruhga,  ya‟ni  umumiy  va  xususiy  omillarga  bo„lish 

mumkin.  




Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   405   406   407   408   409   410   411   412   ...   511




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish