Ikkinchi yondashuvda esa aktiv va passivlarning real hayotga mos
kelmasligi asos qilib olingan. Chunki eng katta bank ham moliya-kredit
siyosatidagi o„zgarishlar, iqtisodiy inqirozlar va boshqa o„zgarishlardan
kafolatlanmagan. Bunday o„zgarishlar ayniqsa, bozor iqtisodiyotiga
o„tish yo„lidan borayotgan davlatlarga xos bo„lib, u bank likvidligini
ta‟minlash zaruriyatini, ya‟ni tijorat banklari aktivlari va passivlarini
samarali boshqarishni talab qiladi.
Aktivlarni boshqarish nazariyasi quyidagi uslubiy qoidaga
asoslanadi:
Birinchidan, tijorat bank mablag„larini qisqa muddatli ssudalarga
berganda uning likvidligi saqlanadi. Bu qoida ba‟zi g„arb davlatlari
qonunlarida o„z aksini topsa-da, amaliyotda esa u «ikkinchi darajali
zaxiralar» nomini olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |