128
Quyidagi aktivlar nolikvid ta‟minotga ega deb hisoblanadi:
ko„chmas mulk, o„zlashtirilgan va o„zlashtirilmagan yerga bo„l-
gan huquqni hisobga olgan holda;
ko„chmas mulk;
xususiy korxonalarning qimmatli qog„ozlari;
yuridik va jismoniy shaxslarning kafolatlari.
Aktivlar bo„yicha ta‟minot hisoblanuvchi garov bank tomonidan
kreditni qoplashni asosiy manbayi deb hisoblanmasligi kerak. Garov
kreditni to„lashning ikkilamchi manbayi deb qaralishi kerak. Xavfsiz va
ishonchli faoliyat andozalariga muvofiq tarzda banklar garovni kreditni
qaytarishning asosiy vositasi deb hisoblangan holda, kredit bermasliklari
kerak, shunga muvofiq ravishda bank asosiy qarz summalarining
qaytarilishini va garovni sotishdan olinadigan foizlarni baholashi kerak.
[85]. Aktivlarni tasniflash tizimi barcha turdagi kreditlar, jumladan,
bank kafolatlari, kredit liniyalari, banklararo kreditlar, overdraftlar
uchun qo„llaniladi va balansdan tashqari majburiyatlarni tasniflashni
ham ko„zda tutadi.
Mazkur tizim bank boshqa aktivlari, jumladan, investitsiyalar, qim-
matli qog„ozlar oldi-sotdisi, olishga doir hisobvaraqlar, uchinchi shaxs-
lar nomidan majburiyatlarni bajarish bo„yicha sotib olingan talab qilish
huquqi va qaytarilmaslik xatari mavjud bo„lgan boshqa aktivlarni baho-
lashda ham qo„llanilishi mumkin.
Kreditni tasniflash tizimi quyidagi mezonlar bo„yicha qarzdorni
baholashdan boshlanadi:
tendensiya va tarmoq (iqtisodiy sektor) kelajagi;
qarzdorning moliyaviy ahvoli;
mijozning kredit tarixi;
muayyan loyihaning iqtisodiy jihatdan asoslanishi (nizomi);
korxonadagi rahbarlik va boshqarish sifati (agar kredit korxonaga
berilsa).
Kredit tahlili va aktivlar tasnifi natijalari qarz oluvchining moli-
yaviy ahvoli, kreditlarni to„lash tarixi va tegishli tarzda rasmiylash-
tirilgan garovning mavjudligi kabi omillarga bog„liq. Ushbu omillarni
kredit portfeli va tijorat bankining boshqa aktivlariga xos bo„lgan
tavakkalchilikni aniqlash va baholashda qo„llash juda muhimdir.
Markaziy bank Boshqaruvining 1996-yil 20-iyul 242-sonli «Tijorat
banklari va ularni sho„balari tomonidan tashkil etilgan ssudalar bo„yicha
yo„qotish ehtimolligida aktivlarni tasniflash, zaxiralarni shakllantirish
129
va foydalanish tartibi» haqidagi yo„riqnomaga muvofiq ssudalar
bo„yicha yo„qotish ehtimolini qoplash uchun zaxiraga o„tkaziladigan
mablag„larning quyidagi mezonlari o„rnatilgan (14-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: