Fondlar manbalarini bir-biridan ajratish usuli yordamida bosh-
qaruvchi asosiy mablag„lar qanday aniq manbalar hisobiga jalb qilina-
yotganini o„rganadi. Bunda u talab qilib olgunga qadar qo„yilgan qo„yil-
malarning nisbatini aniqlashi lozim. Shu bilan birga, u pul bozoridagi
qarzlar hajmi va bankning majburiyatlari hajmini ham aniqlashi lozim.
Agar bankning fondlari asosan qisqa muddatli manbalar hisobiga tashkil
qilingan bo„lsa, u holda mablag„larning asosiy qismi qisqa muddatli
kreditlarga va qimmatli qog„ozlarga yo„naltiriladi.
Aksincha, o„z fondlarini qisqa muddatli mablag„lar hisobiga tashkil
qilayotgan bank, bu mablag„larni ozgina tavakkalchilik bilan qisqa
muddatli kreditlarga yo„naltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |