51. Quyida qayd qilingan riskni kamaytirish usullaridan qaysi
biri kredit riskini kamaytirish usuli hisoblanadi?
a) mijozni kreditga layoqatliligini baholash usuli;
b) bitta qarz oluvchiga beriladigan kredit summasini kamaytirish
usuli;
c) yetarli ta’minlashni talab qilish usuli;
d) noto‘g‘ri javob yo‘q.
52. Quyida qayd qilingan qaysi bir usul vositasida foiz riskini
minimallashtirish mumkin?
a) kreditlarni suzuvchi foiz stavkasida berish;
b) forvard kursini hisobga olish;
c) valuta riskini sug‘urtalash;
d) valuta svoplari kelishuvini tuzish.
53. Quyida qayd qilingan qaysi bir usul vositasida valuta riskini
minimallashtirish mumkin?
a) foiz riskini quyi bo‘g‘indagi tegishli sug‘urta tashkilotiga
o‘tkazish yo‘li bilan sug‘urtalash;
b) foizli fyuchers shartnomalarini tuzish;
c) forvard kursini hisobga olish;
d) bank va mijoz o‘rtasida belgilangan summa va o‘rnatilgan
foizda, ma’lum bir kelishilgan kunda ssuda bilan ta’minlash to‘g‘risida
maxsus forvard bitimini imzolash.
Do'stlaringiz bilan baham: |