9.2. Foiz riski, ularni baholash va boshqarish usullari
[283]. Foiz riski – foiz stavkalarining o„zgarishi ta‟sirida bankning
moliyaviy zarar ko„rish ehtimolidir. Bu risk tijorat banklarida uning sof
daromadining kamayishidan tortib to bank kapitali qiymatining
yo„qotilishigacha namoyon bo„lishi mumkin. Natijada jalb qilingan
mablag„larning o„rtacha qiymati joylashtirilgan mablag„larning o„rtacha
qiymatidan oshib ketadi.
Bazel Qo„mitasi foiz riskining yuzaga kelishida quyidagi sabablarini
qayd qiladi:
Bahoning o„zgarish riski. Bu omil tijorat – foiz riskiga
bog„liqligi, shuningdek, bank aktiv va passivida to„lovlarning o„z
muddatida bajarilmaslik hamda foiz stavkasini zudlik bilan qayta ko„rib
chiqish holatlarida kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |