Bahya hosil qilishda igna ipidan halqa hosil qilishdan maqsad, igna o’zagini va ip halqa (oraliq) hosil bo’lishi uchun, hamda bu halqaga igna matodan chiqayotganda bu halqaga halqailuvchini tumshuqchasi kirishini ta’minlash. Igna 1 kattalikka tushgach materialdan qaytib chiqishga harakat qila boshlaydi. Bunda ignadan ipni (Rasm 5.1.3) itarilishi va uni egilishi hisobiga, igna sterjeni va igna ipi orasida hosil bo’ladi.
Igna sterjeni va ip orasida halqa hosil bo’lishi uchun, igna chiqayotganida ipni bir qismi materialda ushlanib qolishi kerak. Bu ignani bir tarafida kichikroq bo’lgan chuqurlikda o’yiqcha borligi tufayli amalga oshiriladi. Igna materialdan qaytib chiqayotganda kichkina govakchadan chiqib turgan ip, materialga R kuch bilan bosib tegib turadi. Material ham o’z navbatida R kuch bilan qaytaradi. Bunda material bilan ip orasida ishqalanish kuchi hosil bo’ladi, ya’ni
T1 = M1 * R
-bu erda: M1 - ipni materialga ishqalanish koeffitsienti. Ip bilan igna orasidagi ishqalanish kuchi esa
T2 = M2 * R
-bu erda: M2 - ipni ignaga ishqalanish koeffitsienti. T1 ishqalanish kuchi ipni to’xtatib, materialdan chiqib ketishiga qarshilik qiladi, T2 ishqalanish kuchi esa ip bilan ignani harakatiga ko’maklashadi.
Oddiy hollarda T1>T2 bo’ladi, chunki ipni materialga ishqalanish koeffitsienti ipni ignaga ishqalanish koeffitsientidan kattaroq. Buni evaziga kichik govakchasi tarafidagi ip igna bilan birga qaytib chiqmaydi, balki material ostida qoladi. Chuqur govakcha tarafidagi ip esa matoda ushlanib qolmay, igna bilan qaytib chiqadi. Ko’zchani uzunligi ip diametridan kattaroq bo’lganligi uchun igna yuqoriga harakatlana boshlaganda, ipni pastga tortayotgan ignani ta’siri to’xtaganda, ip bo’sh holatda bo’ladi. Bikirlik kuchlari tufayli u to’g`rilanishga harakat qiladi va bunda ignani ikkala tarafidan bir oz chekinadi. Yuqoriga harakati davomida ko’zchani pastki qismi ipga yaqinlashganda igna unga F kuch ta’siri oqibatida ip 5.1.3. - rasmda ko’rsatilganidek bukiladi. Ip va igna orasida eng katta
masofa, ko’zcha yonida hosil bo’ladi. Halqani hosil bo’lish jarayoni igna plastinkasi tirqishini o’lchamiga boQliq. Eng tirqish bo’lganda igna pastga tushayotib matoni tirqish ichkarisiga buklaydi, yuqoriga harakatlanganda esa uni tepaga ko’taradi. Bu holda matoni bukilishi tufayli halqa hosil bo’lishi kechikib qolishi mumkin. Igna nomeriga mos holda igna plastinkasi tirqishini kichaytirib yoki igna uchi burchagi kattaligiga bog`liq bo’lgan eguvchi S kuchini kamaytirib matoni buklanishini kamaytirish mumkin. Tirqish ko’p kichaytirib yuborilsa tirqish qirralaridan mato shikastlanadi, bundan tashqari bahya tashlashlar bo’lishi mumkin. Igna diametri va tirqish orasidagi eng optimal nisbat
D tir= 1,5 d hisoblanadi.
bunda, d tir- igna plastinkasi tirqishining diametri, D - igna diametri.
Igna ipini halqasi igna govakchasi va ko’zchadan o’tuvchi tekislikda joylashadi. Tikuv ipi notekis pishitilgan bo’lsa, ip kursatilgan tekislikda yotmaydi va igna sterjeni orasidagi oraliq kichrayib qoladi, bu esa bahya tashlashlarga sabab bo’ladi.
1- igna, 2- igna ipidan hosil bo’lgan halqa, 3-igna ipi
Rasm. 5.1.3. Igna ipidan halqa hosil qilish jarayoni
Halqa ipini tumshuqchasi igna ipi halqasiga oson kirishi uchun, ignada kichik govakcha tomonidan, ko’zcha tepasida kichkina o’yiqcha qilinadi. Bu halqa kengligini kattalashtiradi.
Egri ignalarda igna o’zagi va igna ipi orasida oraliq, ignani egriligi hisobiga bo’ladi.
Egri ignalarda oraliq hosil qilishda ipni notekis pishitilganligi oraliqqa ta’sir qilmaydi, chunki ip egri ignalarda tortilgan holatda bo’ladi. Shu tufayli biror tarafga buralib qolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |