Ignani matodan qaytib chiqish jarayoni
Bu operatsiyani mohiyati, halqa iluvchi bilan igna ipi halqasini tikilayotgan mato ostida ushlab qolishdan iborat.
Igna ko’zchasi matodan chiqayotganda, igna ipi halqasi «a» halqa iluvchida bo’ladi (Rasm 5.1.5.), A nuqtada igna ipi ikkiga buklanadi. Chuqur govakcha uchastkasida igna ipi B igna harakati tezligida yuqoriga harakat qiladi.
A nuqtada halqa ipi harakatsiz bo’ladi, halqani boshqa ignani ko’zchasi va govakchasi orqali harakatlanadi. Ignani matodan chiqish vaqtida igna ipi eng katta taranglikni A nuqtada oladi. Igna ipini A nuqtadagi taranglik kuchi, bu nuqtada matoni qarshiligi, ipni ipga va ipni ignaga
Rasm. 5.1.5. Ignani matodan qaytib chiqish jarayoni
ishqalanish koeffitsienti va igna ipini aylanasini burchagini kattaligiga bogliq. A nuqtada ipga matoni bosim kuchi ta’sirini va shu tufayli hosil bo’layotgan
ishqalanish kuchini kamaytirish uchun, bu nuqtada ikki qavat ip tufayli hosil bo’lgan qalinlashishni kamaytirish zarur. Bu ignada kichik govakcha tarafida ko’zchadan pastroqda govakcha borligi tufayli amalga oshiriladi. Bu ovakchani chuqurligi ip qalinligi bilan teng bo’lishi kerak.
Ipni ipga va ipni ignaga ishqalanish koeffitsientini kamaytirish uchun ignani yaxshilab shlifovka qilish kerak va tekis silliq tikuv iplari qo’llash kerak.
Ignani matodan chiqishida ipni tarangligini kamaytirish uchun, ignani ip bilan qamrash burchagini kamaytirish kerak. Agar ko’zcha orqali gorizontalga o’tayotgan ipni egilish burchagini deb belgilasak, bunda 19 - rasmda ko’rinib turibdiki - 90 - bo’ladi, ya’ni burchakni kamaytirish uchun burchakni kattalashtirish zarur. kattalikni quyidagi nisbatda keltirish mumkin:
tg-b/d bunda: b- igna ko’zchasini uzunligi,
d- govakcha chuqurligi ayrilgan holda igna o’zagini qalinligi Keltirilgan formuladan ko’rinib turibdiki, burchakni kattalashtirish uchun
ko’zcha uzunligi b ni uzaytirish kerak. Ko’zcha uzunligi qancha katta bo’lsa, ip shuncha kam egiladi ( burchak kichik bo’ladi) va natijada ip tarangligi shuncha kam bo’ladi. Ammo ko’zcha uzunligi qancha katta bo’lsa, igna ipidan halqa hosil bo’lishi shuncha kech qoladi. Shuning uchun igna halqasini tez hosil bo’lishi uchun ko’zcha uzunligini kichikroq qilish kerak. Matoda igna bilan chiqayotgan ip qismi, mashinalarda qo’llaniladigan ekstsentrik yoki richagli ip tortuvchilar yordamida ignani harakat chizigida olib tashlanadi. Ip tortuvchilarni harakat teziligi igna tezligi bilan bir xilda bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |