Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
“Estetika” fani –kuv rejadagi inson va jamiyat hayoti hamda faoliyatini o‘rganuvchi “O‘zbekiston tarixi”, “Falsafa”, “Ma’naviyat asoslari”, “Dinshunoslik”, “Madaniyatshunoslik”, “Sotsiologiya”, “Psixologiya”, “Milliy g‘oya” kabi fanlar bilan uzviy bog‘liq.
4
Fanni ishlab chiqarishdagi o‘rni
“Estetika” fani jamiyatni ma’naviy jihatdan yangilash, moddiy va ma’naviy ne’matlar ishlab chiqarishda estetik madaniyatning ustuvorligiga erishish va ularning estetik asoslarini mustahkamlash, shuningdek, texnika, dizayn va atrof-muhit go‘zalligini ta’minlashda ishlab chiqarishning ajralmas bo‘g‘ini hisoblanadi.
“Estetika”ni o‘zlashtirish orqali bakalavr kelgusida jamoatchilik faoliyatida, davlat birlashmalarida, o‘z-o‘zini boshqarish organlarida, madaniy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |