Nazorat shakllari
|
Jami ballar
|
1. Joriy baholash :
a) Tinglovchining ma’ruza va amaliy mashg’ulotdagi aktivligi;
b) Uy vazifasini bajarish;
v) Berilgan topshiriqlarni bajarishi ( tablisalar, slaydlar tayyorlash va h.k.)
|
45 ball
|
2. Oraliq baholash (referat yozish va testlar o’tkazish)
|
40 ball
|
3. Yakuniy baholash (og’zaki nazoratlarni o’tkazish)
|
15 ball
|
Jami:
|
100 ball
|
O’zlashtirish ko’rsatkichlari
|
Baho
|
85,01 – 100
|
A’lo
|
70,01 – 85
|
Yaxshi
|
55,01 – 70
|
O’rta
|
55 gacha
|
Qoniqarsiz
|
Har bir ma’ruzada – 0 dan - 4 ballgacha, amaliy mashg’ulotda - 0 dan -7,25 ballgacha olishlari mumkin.
Turi\ hafta
|
12
|
13
|
14
|
15
|
16
|
17
|
18
|
19
|
Jami
|
Joriy baholash:
|
|
|
|
|
|
|
|
|
45
|
Ma’ruza
|
4
|
|
4
|
|
4
|
|
4
|
|
16
|
Amaliy mashg’ulotdagi faolligi
|
7,25
|
|
7,25
|
|
7,25
|
|
7,25
|
|
29
|
Oraliq baholash:
|
|
|
|
|
|
|
|
|
40
|
Referat
|
|
|
|
|
|
|
15
|
|
15
|
Test nazorati
|
|
|
|
|
|
|
25
|
|
25
|
Yakuniy baholash
|
|
|
|
|
|
|
|
15
|
15
|
Jami:
|
|
|
|
|
|
|
|
|
100
|
3-ilova.
Мавзу юзасидан назорат саволлари саволлари
4-ilova.
KLASTERNI TUZISH QOIDALARI
1-shakl.
O‘quv vizual materiallar
SAN’AT ASARLARINI ESTETIK IDROK
ETISHDA IJODIYLIK
Санъат асарларини эстетик идрок этишда ижодийлик
бадиий
образ
бадиий
талқин
ҳиссий идрок
қобилият
эстетик идрок
1
тасаввур
бадиий идрок
бадиий
ижод
бадиий
қиёфа
бадиий
ҳақиқат
бадиий
режа
ақлий идрок
2 -MAVZU
|
ESTETIK ONG VA ESTETIK FAOLIYAT, ESTETIK KATEGORIYALAR
|
|
|
2.1. MA’RUZANI OLIB BORISH TEXNOLOGIYASI
Talabalar soni 50-70
|
O‘quv vaqti-2 soat
|
Mashg‘ulot shakli
|
Informatsion ma’lumotga ega bo‘lgan bahs munozarali ma’ruza
|
Ma’ruza rejasi
|
1.Estetik faoliyat.
2.Estetik ong va uning individuallik xususiyati.
3.Estetik kategoriyalar. Go‘zallik va ulug‘vorlik tushunchalari.
4.Fojiaviylik va kulgililik tushunchasi
|
Mashg‘ulotning maqsadi: Estetik ong va estetik faoliyat haqida dunyoqarashni shakllantirish, estetik kategoriyalar xaqida tushuncha hosil qilish.
|
Pedagogik vazifalar
|
O‘qo‘v faoliyatini natijalari
|
Estetik faoliyat mohiyatini yoritib beradi.
|
Estetik faoliyat mohiyatini aytib beradi.
|
Estetik ong va uning individuallik xususiyatlarini tahlil qilib beradi;
|
Estetik ongning individuallik xususiyatlarini izohlab beradi;
|
Estetik kategoriyalar bilan tanishtiradi, go‘zallik va ulug‘vorlik tushunchalarini tahlil qilib beradi.
|
Estetik kategoriyalarni, go‘zallik va ulug‘vorlik tushunchalarini izohlaydi.
|
Fojiaviylik va kulgililik tushunchalari bilan tanishtiradi.
|
Fojiaviylik va kulgililik tushunchalarini izohlab beradi.
|
O‘qitish usulllari va texnikasi.
|
Ma’ruza, Blits-so‘rov, FSMU texnologiyasi, Klaster organayzeri.
|
O‘qitish vositalari.
|
Ma’ruza matni, tarqatma materiallar, slaydlar, kompyuter texnologiyasi, proektor, elektron darslik.
|
O‘qitish shakllari.
|
Jamoaviy ishlash, to‘g‘ridan-to‘g‘ri, juft-juft bo‘lib ishlash.
|
O‘qitish sharoiti.
|
Texnik vositalar bilan ta’minlangan auditoriya.
|
Monitoring va baholash.
|
Og‘zaki nazorat, o‘z-o‘zini nazorat qilish, savol javob reyting tizimi asosida.
|
Ma’ruzaning texnologik kartasi
Ish jarayonlari bosqichlari
|
Faoliyatning mazmuni
|
o‘qituvchi
|
talaba
|
1-bosqich.
Mavzuga kirish.
(10 min)
|
2.1. Mashg‘ulotning mavzusini e’lon qiladi, o‘quv mashg‘ulotining maqsad va vazifalari tushuntiradi.
|
Mavzu nomini yozib oladilar
|
2.2. Har bir talabaga mavzu bo‘yicha tarqatma materiallar tarqatadi.
|
Tarqatma materiallarni ko‘rib chiqadi.
|
2-bosqich. Asosiy bo‘lim.
(60-min)
|
2.1. Talabalarni jonlantirish maqsadida ularga “Klaster” usulidan foydalangan holda “Estetik faoliyat nima?” degan savol bilan murojaat qiladi. (1-shakl).
|
Talabalar juft-juft bo‘lib “Klaster” organayzerini to‘ldiradilar va o‘z fikrlarini bildiradilar.
|
2.2. Talabalarning fikrlarini umumlashtirib, slaydlar yordamida 1-masalani tushuntirib beradi (1-ilova).
|
Tinglaydilar yozadilar O‘UMga qaraydilar.
|
2.3. Estetik ong va uning individuallik xususiyatini slaydlar orqali tahlil qilib beradi (1-ilova).
|
Tinglaydilar yozadilar
|
2.4. 2-savolni mustahkamlash maqsadida talabalarga jonlantiruvchi saol beradilar: “Estetik anglash nima?”. Talabalarni fikrlarini umumlashtiradi.
|
Savollarga javob beradi.
|
2.5. 3-masala bayonini FSMU texnologiyasidan foydalangan holda talabalarga “Estetik kategoriyalar, go‘zallik va ulug‘vorlik tushunchalari haqida nima deya olasiz?” degan savol bilan murojaat qiladi (2-ilova).
|
Tinglaydilar , juft-juft bo‘lib jadvalni to‘ldiradi va o‘z fikrlarini bildiradi.
|
2.6. Talabalar fikrini slaydlar bilan umumlashtirib, 3-masala yakuniga xulosa chiqaradi.
|
Tinglaydilar, yozadilar
|
2.7. “fojiaviylik va kulgililik tushunchalarini” slaydlar orqali yoritib beradi (1-ilova).
|
Tinglaydilar, yozadilar
|
2.8. Tayanch iboralarga qaytiladi, talabalar ishtirokida ular yana bir bor takrorlanadi.
|
Har bir tayanch tushuncha va iboralarni muhokama qiladilar.
|
3-bosqich. YAkuniy qism.
(10-min)
|
3.1. Ma’ruzaning har bir savoliga umumiy yakuniy xulosa beradi.
|
Eshitadi.
|
3.2. Talabalarni faolligi baholash mezonlari orqali baholanadi.
|
O‘zini qiziqtirgan savollarni beradi.
|
3.3. YAna ushbu mavzu bo‘yicha qanday adabiyotlardan foydalanish mumkinligini eslatib o‘tadi.
|
Tinglaydilar, yozadilar
|
3.4. Amaliy mashg‘ulotda o‘tiladigan mavzuning rejasi bilan tanishtiradi, tayyorlanib kelishni so‘raydi (1-ilova).
|
YOzib oladilar.
|
3.5. Uyga vazifa beradi: “Estetik anglash” mavzusida esse yozib keling.
|
YOzib oladilar.
|
1-shakl.
ESTETIK FAOLIYATNING TARKIBI
2-shakl.
2.ESTETIK ONGNING ASOSIY UNSURLARI
Эстетик онг кенг асосий унсурлари
2,3
mavzu.
|
Estetik ONG VA ESTETIK FAOLIYAT
ESTETIKANING ASOSIY tushunchalari (kategoriyalari)
|
1. Ma’ruzani olib borish texnologiyasi
Talabalar soni:
|
Vaqti: 2 soat
|
Mashg‘ulot shakli
|
Ma’ruza
|
Ma’ruza rejasi
|
1. Go‘zallik - estetikaning markaziy kategoriyasi sifatida.
2.Ulug‘vorlik va tubanlik tushunchasining mohiyati,.
3. fojeaviylik va kulgililik tushunchalari.
|
Mashg‘ulotning maqsadi: estetik ong va estetik faoliyatning va estetik kategoriyalarning belgilovchi, muayyan tafakkur tarzi sifatida faoliyatga yo‘naltiruvchi jihatlarining nazariy, amaliy asoslari haqida tushuncha hosil qilish.
|
Pedagogik vazifalar
|
O‘quv faoliyati natijalari:
|
Estetik ong va estetik faoliyatning tasnifi aniqlanadi.
|
estetikaning nazariy jixatlari tadqiq etiladi.
|
Estetik kategoriyalarning bilimning tarkibiy tuzilishi va mexanizmlari haqida tushuncha beriladi.
|
Estetik kategoriyalarning bilimning o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganiladi.
|
Estetikaning asosiy funksiyalari tasniflanadi.
|
Estetika nazariyasining amaliy ahamiyati ochib beriladi.
|
O‘qitish usullari va texnika
|
Ma’ruza, «aqliy hujum», T-sxema, munozara, muammoli vaziyatlar usuli.
|
O‘qitish vositalari
|
Ma’ruza matni, tarqatma materiallar, slaydlar, proektor.
|
O‘qitish shakllari
|
Jamoa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va guruhlarda ishlash.
|
O‘qitish shart-sharoiti
|
Texnik vositalar bilan ta’minlangan auditoriya.
|
Monitoring va baholash
|
Og‘zaki nazorat, savol-javob, o‘z-o‘zini nazorat qilish, reyting tizimi asosida baholash.
|
2. Ma’ruzaning texnologik kartasi
Ish jarayonlari vaqti
|
Faoliyatning mazmuni
|
o‘qituvchi
|
Talaba
|
I-bosqich. Kursga va mavzuga kirish.
(20 minut)
|
1.1. O‘quv kursi nomini aytib, kurs doirasida dastlabki umumiy tasavvurni beradi hamda uslubiy va tashkiliy tomonlari bilan tanishtiradi.
|
Tinglaydilar.
|
1.2. Kurs bo‘yicha o‘tiladigan barcha mavzular bilan tanishtiradi, ularning uzviyligi haqida qisqacha ma’lumot beradi.
|
Tinglaydilar.
|
1.3. Kurs yakunida qo‘yiladigan reyting baholash mezonlari bilan tanishtiradi
|
O‘UM ga qaraydilar.
|
1.4. Kursni o‘zlashtirishda foydalanish uchun zarur bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxati bilan tanishtiradi.
|
O‘UM ga qaraydilar.
|
|
1.5. O‘quv mashg‘uloti mavzusi bilan tanishtiradi va uning maqsadi, o‘quv faoliyati natijalarini bayon qiladi.
|
Mavzu nomini yozib oladilar.
|
|
1.6. Birinchi mavzu yuzasidan aqliy hujum qoidasi asosida dars o‘tkazishni taklif etadi. Doskaga «Estetika fanining kategoriyalari nimani anglatadi?» deb yozadi. Talabalar tomonidan aytilgan fikrlarni yozib boradi va umumlashtiradi
|
Tushunchalarni erkin fikr orqali bildiradi.
|
II-bosqich. Asosiy
(50 minut)
|
2.1. Mavzu rejasi va tayanch tushunchalar bilan tanishtiradi.
|
Tinglaydilar.
|
2.2. Ma’ruzani reja bo‘yicha tushuntiradi, har bir rejani nihoyasida umumlashtiradi. Jarayon kompyuter slaydlarini namoyish qilish bilan olib boriladi
|
Tinglaydilar. Slaydga e’tibor qaratadi, uni o‘ziga yozib oladi va savollar beradi.
|
2.3. Har bir rejani mustahkamlash uchun quyidagicha savollar beradi:
1. Estetik ong va estetik anglash o‘rtasidagi farqlarni izohlang
Voqelikka estetik munosabatni tushuntirib bering
2. nafosat va uning mohiyati nimadan iborat?
3.Estetikaning asosiy tushunchalarini izohlab bering ?
4. Estetikaning jamiyatdagi rolini tushuntirib bering?
5. Inson go‘zalligini muhim mezonlarini izohlab bering.
|
Savollarga javob beradilar, erkin bahs-munozara yuritadilar.
|
2.4. Tayanch iboralarga qaytiladi. Talabalar ishtirokida ular yana bir bor takrorlanadi.
|
Har bir tayanch tushuncha va iboralarni muho-kama qiladilar. Konspekt qiladilar.
|
III-bosqich.
YAkuniy bosqich.
(10 minut)
|
3.1. T-sxema texnikasidan foydalanilgan holda juft-juft bo‘lib ishlash uchun tinglovchilarga: «San’at asarlarida estetik tushunchalarning ifodalanishi ”, “ Estetik did va unirng shaxs kamolotidagi axamiyati qanday?” degan savol yozilgan tarqatma materiallar tarqatadi. Ushbu texnika orqali mavzu bo‘yicha yakunlovchi xulosa qiladi
|
Mustaqil
T-sxemani to‘ldiradilar. Erkin fikrini bayon etadi.
|
3.2. Talabalarning faoliyatiga baho qo‘yiladi va rag‘batlantiriladi.
|
Eshitadi.
|
3.3. Kelgusi mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘-rish uchun topshiriqlar va foydalani-ladigan adabiyotlar ro‘yxati beriladi.
|
Eshitadi va
O‘UM ga qaraydilar.
|
3-shakl.
Guzallikni anglashning shaxs va jamiyat xayotidagi axamiyati.
“KLASTER” ORGANAYZERI
5-shakl.
F | Estetik kategoriyalar. Go‘zallik va ulug‘vorlik tushunchalari deganda nimani tushunasiz? Fikringizni bayon eting. | S | Fikringiz bayoniga biror sabab ko‘rsating. | M | Ko‘rsatilgan sababni tushuntiruvchi misol keltiring. | U | Fikringizni umumlashtiring. |
6-shakl
FOJIAVIYLIK TUSHUNCHASI
7-shakl.
КУЛГИЛИЛИК ТУШУНЧАСИ
Mavzu bo‘yicha o‘quv topshiriqlar
I – guruh
Savol: Estetik faoliyat deganda nimani tushunasiz?
1. Estetik faoliyatning mehnatining o‘ziga xos turi sifatidagi ahamiyatini tushuntirib bering?
2. Hunarning estetik vazifalarini tushuntirib bering?
II – guruh
Savol: Estetik ong va uning individuallik xususiyati tahlili:
1. Estetik ehtiyoj va estetik munosabat, estetik tuyg‘u va estetik did, estetik baho va estetik ideal kabi tushunchalarga izoh bering?
2. Estetik qarashlar va estetik nazariyalar haqida ma’lumot bering?
III – guruh
Savol: Estetik kategoriyalar. Go‘zallik va ulug‘vorlik tushunchalarinining mohiyati.
1. Estetik kategoriyalarning – estetik bilishning muhim omili sifatidagi o‘rnini ko‘rsatib bering?
2. Go‘zallik va ulug‘vorlik tushunchalarining san’atda namoyon bo‘lishi jarayonini yoritib bering?
IV – guruh
Savol: Fojiaviylik va kulgililik tushunchalarini mohiyati.
1. Fojiaviylik tushunchasining san’at janri sifatidagi o‘rnini ko‘rsatib bering?
2. Kulgililik tushunchasining estetik tushuncha sifatida san’atda namoyon bo‘lishi va uning ifoda shakllari – hajv, mutoiba, hikoya, kesatiq, istehzolarning ahamiyatini ko‘rsatib bering?
ЭСТЕТИКАНИНГ НАЗАРИЯСИ
ЭСТЕТИКАНИНГ ТАРИХИ
ЭСТЕТИКА ФАНИ ТАРИХИНИНГ АСОСИЙ БОСҚИЧЛАРИ
ҚАДИМГИ ДУНЁ ЭСТЕТИКАСИ
ЎРТА АСРЛАР ЭСТЕТИКАСИ
ЯНГИ ДАВР ЭСТЕТИКАСИ
ЭНГ ЯНГИ ДАВР ЭСТЕТИКАСИ
ЖАДИДЧИЛИК ДАВРИ ЭСТЕТИКАСИ
МУСТАҚИЛЛИК ДАВРИ ЭСТЕТИКАСИ
ЭСТЕТИК ЭХТИЁЖ
ЭСТЕТИК АНГЛАШ ВА УНИНГ ТУЗИЛМАСИ
ЭСТЕТИК БАҲО
ЭСТЕТИКАНИНГ АСОСИЙ КАТЕГОРИЯЛАРИ
ЭСТЕТИК ҚИЗИҚИШ
ГЎЗАЛЛИК
УЛУҒВОРЛИК
ФОЖЕАВИЙЛИК
ХУНУКЛИК
ТУБАНЛИК
КУЛГИЛИЛИК
4
mavzu.
|
San’atning estetik mohiyati. San’at – estetik tarbiyaning asosiy vositasi
|
1. Ma’ruzani olib borish texnologiyasi
Talabalar soni:
|
Vaqti: 2 soat
|
Mashg‘ulot shakli
|
Ma’ruza
|
Ma’ruza rejasi
|
San’atning kelib chiqishi.
San’atning xususiyatlari va tamoyillari.
San’atning asosiy vazifalari.
Badiiy ijod jarayoni.
4. Estetik idrok va badiiy idrok.
5 .Estetik idrokning xususiyatlari.
6. Estetik tarbiya va uning asosiy vositalari
|
Mashg‘ulotning maqsadi: San’atning kelib chiqishi va taraqqiyoti ,estetik idrok,estetik tarbiyaningahamiyati haqida tushuncha hosil qilish.
|
Pedagogik vazifalar
|
O‘quv faoliyati natijalari:
|
Estetika fanining uzviy va o‘ziga xos jihatlari qiyosiy tahlil qilinadi.
|
Estetika fani va san’atning asosiy jihatlari o‘rganilib, tasniflanadi.
|
Estetika va san’atda ijodkorlikning namoyon bo‘lishi tadqiq etiladi.
|
San’atning estetik, falsafaning intellektual xususiyati ochib beriladi.
|
Falsafiy tafakkurning yaratuvchi xususiyati tadqiq etiladi.
|
Saen’at va badiiy ijod jarayonining madaniyatning tarkibiy qismi sifatidagi o‘rni tadqiq etiladi.
|
O‘qitish usullari va texnika
|
Ma’ruza, «aqliy hujum», T-sxema, munozara, muammoli vaziyatlar usuli.
|
O‘qitish vositalari
|
Ma’ruza matni, tarqatma materiallar, slaydlar, proektor.
|
O‘qitish shakllari
|
Jamoa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va guruhlarda ishlash.
|
O‘qitish shart-sharoiti
|
Texnik vositalar bilan ta’minlangan auditoriya.
|
Monitoring va baholash
|
Og‘zaki nazorat, savol-javob, o‘z-o‘zini nazorat qilish, reyting tizimi asosida baholash.
|
2. Ma’ruzaning texnologik kartasi
Ish jarayonlari vaqti
|
Faoliyatning mazmuni
|
o‘qituvchi
|
Talaba
|
I-bosqich. Kursga va mavzuga kirish.
(20 minut)
|
1.1. O‘quv kursi nomini aytib, kurs doirasida dastlabki umumiy tasavvurni beradi hamda uslubiy va tashkiliy tomonlari bilan tanishtiradi.
|
Tinglaydilar.
|
1.2. Kurs bo‘yicha o‘tiladigan barcha mavzular bilan tanishtiradi, ularning uzviyligi haqida qisqacha ma’lumot beradi.
|
Tinglaydilar.
|
1.3. Kurs yakunida qo‘yiladigan reyting baholash mezonlari bilan tanishtiradi
|
O‘UM ga qaraydilar.
|
1.4. Kursni o‘zlashtirishda foydalanish uchun zarur bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxati bilan tanishtiradi.
|
O‘UM ga qaraydilar.
|
|
1.5. O‘quv mashg‘uloti mavzusi bilan tanishtiradi va uning maqsadi, o‘quv faoliyati natijalarini bayon qiladi.
|
Mavzu nomini yozib oladilar.
|
|
1.6. Birinchi mavzu yuzasidan aqliy hujum qoidasi asosida dars o‘tkazishni taklif etadi. Doskaga «San’at turlari ?» deb yozadi. Talabalar tomonidan aytilgan fikrlarni yozib boradi va umumlashtiradi
|
Tushunchalarni erkin fikr orqali bildiradi.
|
II-bosqich. Asosiy
(50 minut)
|
2.1. Mavzu rejasi va tayanch tushunchalar bilan tanishtiradi.
|
Tinglaydilar.
|
2.2. Ma’ruzani reja bo‘yicha tushuntiradi, har bir rejani nihoyasida umumlashtiradi. Jarayon kompyuter slaydlarini namoyish qilish bilan olib boriladi
|
Tinglaydilar. Slaydga e’tibor qaratadi, uni o‘ziga yozib oladi va savollar beradi.
|
2.3. Har bir rejani mustahkamlash uchun quyidagicha savollar beradi:
1. San’atning ijtimoiy mazmuni nimadan iborat?
2. san’at turlarining o‘zaro aloqadorligi haqida gapirib bering.
3. Badiiy idrokning estetik idrokdan farqi nimada?.
4. Estetik tarbiyaning asosiy maqsadi nima?
|
Savollarga javob beradilar, erkin bahs-munozara yuritadilar.
|
2.4. Tayanch iboralarga qaytiladi. Talabalar ishtirokida ular yana bir bor takrorlanadi.
|
Har bir tayanch tushuncha va iboralarni muho-kama qiladilar. Konspekt qiladilar.
|
III-bosqich.
YAkuniy bosqich.
(10 minut)
|
3.1. T-sxema texnikasidan foydalanilgan holda juft-juft bo‘lib ishlash uchun tinglovchilarga: «Badiiy asar tuzilmasida shakl va mazmunning ahamiyatini tushuntirib bering ”, “ Estetik tarbiyaning bugungi kunda shakllarini ko‘rsatib bering” degan savol yozilgan tarqatma materiallar tarqatadi. Ushbu texnika orqali mavzu bo‘yicha yakunlovchi xulosa qiladi
|
Mustaqil
T-sxemani to‘ldiradilar. Erkin fikrini bayon etadi.
|
3.2. Talabalarning faoliyatiga baho qo‘yiladi va rag‘batlantiriladi.
|
Eshitadi.
|
3.3. Kelgusi mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rish uchun topshiriqlar va foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati beriladi.
|
Eshitadi va
O‘UM ga qaraydilar.
|
САНЪАТ ТУРЛАРИ
АНЪАНАВИЙ САНЪАТ ТУРЛАРИ турлариТУРЛАРИ
ЭСТРАДА
ФОТО САНЪАТ
КИНО САНЪАТИ
БАДИИЙ ИЖОД ЖАРАЁНИ
G L O S S A R I Y
BADIIY IJOD - adabiyot va san’at fenomeni,ilhom bilan bog‘liq ma’naviy hodisalardan biri,estetik ijod shakli.U tarixiy mazmunga ega bo‘lib,san’at va adabiyot turlari yo‘nalishlari bilan bog‘liq. Insoniyat taraqqiyotining turli davrlarida klasitsizm,romantizm,tanqidiy realizm,naturalizm kabi yo‘nalishlar hamda shunday badiiy ijod usullari shakllangan va rivoj topgan.
GARMONIYA (yun. Harmonia - aloqa, uyg‘unlik) - ma’lum tizim elementlari, tarkibiy qismlari rivojlanishining muayyan davrida o‘zaro muvofiq, mutanosib,uzviy bog‘liqlik va aloqadorlik holatini anglatuvchi tushuncha. Garmoniyaning namoyon bo‘lish shakllari ko‘p. Masalan, falsafada mazmun va shakl,butun va bo‘lak, sistema va elementlar o‘rtasidagi mutanosiblikka nisbatan ishlatiladi; musiqa san’atida ko‘pchilik ijro etadigan qo‘shiqlar, xorlar uyg‘unlikni bildirsa, oilada er va xotin o‘rtasidagi bir biriga moslik, bahamjihatlik va totuvlikni anglatadi, ma’naviyatda o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik asosida quriladigan barqarorlik va insoniy munosabatlardagi o‘zaro uyg‘unlikni ifodalaydi.
GO‘ZALLIK - estetika kategoriyasi bo‘lib, narsa hodisalarning nafisligi va nafosatini ijtimoiy ma’naviy jihatdan baholovchi mezon, ijtimoiy ma’naviy hayotda biron bir narsa yoki kishiga xos xususiyatlarning shaklan va mazmunan uyg‘unligini anglatadigan, turli shakllarda namoyon bo‘ladigan va insonda yoqimli tuyg‘u, zavq, kuchli hayrat hissini hosil qiladigan tushuncha. Go‘zallikni yaratilishi xususida ikki xil qarash mavjud. Birinchisi - inson tafakkuri va mehnatining mahsuli natijasida yaratilgan go‘zallik bo‘lib, bunda aql, tafakkur, bilim, ilhom va hissiyot ustuvordir. Ikkinchisi - inson salohiyatidan tashqarida yuzaga keladigan,uning tafakkuri va bilimining mahuli bo‘lmagan go‘zallik bo‘lib,unda makon va zamon o‘zaro uyg‘un holda namoyon bo‘ladi. Insoniy go‘zallik uning uchinchi shaklidir. Bunda nafaqat tashqi ko‘rinish, qiyofa, balki insonning ichki dunyosi,ma’naviy axloqiy fazilatlari ham muhim o‘rin tutadi.
SAN’AT - ijtimoiy ong va inson faoliyatining o‘ziga xos shakli. San’at inson mehnati,aql idroki, shuuri bilan yaratilgan ijod mahsulotidir. San’at asarida shaxsning o‘ziga xos iste’dodi namoyon bo‘ladi. San’at insoniyat ma’naviy madaniyatining tarkibiy qismi, dunyoni ma’naviy anglashning maxsus turidir. San’at tushunchasi keng ma’noda, badiiy qadriyatlar,ularni yaratish va iste’mol jarayonlarini qamrab oladi. San’at hozirgi davrga qadar insoniyat taraqqiyoti bilan bog‘liq holda rivojlanib kelgan. San’atning quyidagi ikki turi farqlanadi, amaliy va badiiy, amaliy san’at turlariga kulolchilik, naqqoshlik, kashtachilik kabi sohalar kirsa, badiiy san’at turlariga rassomlik, musiqa, haykaltaroshlik, kino,teatr,badiiy adabiyot mansub. SHuningdek, ifodali va tasviriy san’at turlari farqlanadi. Musiqa- ifodali, rassomlik- tasviriy san’at turlariga kiradi.
ULUG‘VORLIK - tabiat, jamiyat, inson va uning faoliyati mahsulotlarida namoyon bo‘ladigan man’naviy ahloqiy tushuncha. Ulug‘vorlik belgisiga ega bo‘lgan barcha narsa va hodisalarga xos umumiylik me’yoriy barkamollikdir.Tabiatda ulug‘vorlik baland tog‘lar, qudratli sharsharalar timsolida namoyon bo‘ladi. Ulug‘vorlik hissi umuminsoniy, umumiy belgilari bilan birga ijtimoiy shartlangan, aniq tarixiy tabiatga ham molik qahramonlikda alohida nafosat va axloqiy birlikda to‘liq hamda bevosita namoyon bo‘ladi. San’atning turli ko‘rinishlari ulug‘vorlikni tasvirlashni xilma-xil imkoniyatlaridan foydalanadi. San’atdagi ulug‘vorlik badiiy mazmun va shakl imkoniyatlari vositasida ifodalanadi, lekin bunda hal qiluvchi rolni g‘oya o‘ynaydi. G‘oya mukammal shaklning zarurligini yuzaga keltirib, san’at asarining buyuklik darajasini belgilab beradi. Ulug‘vorlikni Kant ikkiga ajratadi; matematik va dinamik ulug‘vorlik. Matematik ulug‘vorlik ekstensiv miqdorni, makon va zamondagi ko‘lamli miqdorni, dinamik ulug‘vorlik kuch va qudrat miqdorini o‘z ichiga oladi.
FOJIALILIK - voqelikning eng muhim, chuqur ziddiyat va to‘vnashuvlari hayot va o‘lim,ozodlik va mutelik, aql va tuyg‘u, qonun va burch shaxsiy va ijtimoiy munosabatlarni o‘ziga xos tarzda ifoda etuvchi falsafiy tushuncha. San’atdagi fojealilik haqida fikr yuritganda san’at asarlaridagi fojeali ohanglar, fojeaviylik san’ati va nihoyat, fojeaviylik san’at turi kabi muammolar alohida mushohada qilinishi lozim. Har qanday fojea zamirida muayyan fojeali to‘qnashuv, ziddiyat yotadi. Fojea uslubining umumiy belgilari qatoriga keng umumlashgan intilish, tafakkur boyligi, soddalik va yaxlitlik, hayajon va ehtiroslarning yuksakligi kabilar kiradi. Fojea tarixiy davrning burilish paytlarida, eski ijtimoiy aloqalar va munosabatlar barbod bo‘lib, qarashlar, estetik va axloqiy aqida qoidalar qayta baholanayotgan sharoitda ravnaq topadi.
KULGILILIK haqidagi mavjud barcha nazariyalar kulgililikning predmetini ob’ektiv xususiyat sifatida yoki shaxsning sub’ektiv imkoniyatlari natijasi yohud sub’ekt va ob’ekt o‘zaro aloqadorligining natijasi sifatida ko‘rib chiqishadi. Mazkur uchta metodologik yondoshuv kulgililikdagi ko‘pma’nolikning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
Estetik tafakkur tarixida kulgililik bir qadar keng o‘rganilgan. Jumladan, Aflotun ojiz va layoqatsizlarni kulgili odamlar, deydi. Nodonlik esa insonni kulgili qiladi. Biroq, kulgililikning mohiyati, uning kelib chiqishi sabablari haqida Aflotun biror-bir fikrni aytgan emas. Quldorlik tuzumi zodagonlarining namoyondasi bo‘lgan Aflotun uchun kulgililikning demokratik mohiyati begona edi.
Arastuning fikriga ko‘ra, kulgi ayrim xatoliklar hamda kishilarga ozor etkazmaydigan va zarar keltirmaydigan hunuklikni keltirib chiqaradi. Insondagi jahldorlik, suskashlik, qizg‘onchiqlik, subutsizlik, izzattalablik, shuhratparrastlik kabi illatlar kulgililik uchun ob’ekt bo‘ladi. Aristotel fikricha, kulgi-axloq hududlarini bezarar buzishdir
ESTETIKA - (yun.aistethikos - hissiy idrok, sezgi) 1)voqelikni hissiy ta’sirchan,emotsional o‘zlashtirish; 2)estetik faoliyat qonuniyatlari to‘hriidagi fan,nafosatlik.estetikaga oid dastlabki ta’limotlar miloddan avvalgi 2-3 ming yil muqaddam Qadimiy Misr, Hindiston, Xitoyda Aflotun, Arastu, rimlik Lukretsiy, Goratsiy singari mutafakkirlarning asarlarida har tomonlama rivojlandi. Markaziy Osiyoda ham o‘ziga xos estetik g‘oyalar vujudga keldi. Tasavvufona qarashlar keng yoyildi. O‘rta asrlar Evropasida Avgustin, Foma Akvinskiyning fikrlari keng yoyildi.Nemis mutaffakirlaridan Lessing, Gerder, Gyote, SHiller san’atda haqqoniylik g‘oyasini ilgari surdilar. XVIII asr o‘rtalarida nemis ma’rifatparvari Aleksandr Baumgarten (1714-1762) estetikani alohida fan deb hisobladi.va uning san’atda yorqin namoyon bo‘lishini ko‘rsatdi. Estetik fan sifatida estetik tafakkur tarixi, estetikaning metodologik muammolari va estetik tarbiya masalalarini o‘z iiga oladi. Estetika milliy istiqlol g‘oyasi, sotsiologiya, san’atshunoslik, psixologiya, pedogogika kabi fanlar bilan uzviy bog‘langan.
ESTETIK DID - voqea hodisalarning estetik sifatlarini idrok etish va baholash jarayonida olinadigan qoniqiy yoki qoniqmaslik tuyg‘usi, estetik mezon. Estetik did insonning fikr mulohazalari, xulq atvori, xatti harakatlari, moddiy va ma’naviy ijod mahsulotlarida o‘z ifodasini topadi. Estetik did zaminida go‘zallikni hunuklikdan ajrata bilish va undan beg‘araz shodlanish hamda lazzatlanish yotadi.estetik did odamlarning dunyoqarashidan, ayniqsa, estetik qarashlaridan ajralmagan holda amal qiladi. Estetik didning zidditli tabiati haqida dastlab Kant munosabat bildirgan edi. Estetik did badiiy did bilan bog‘liq bo‘lib, ko‘p jihatdan uning ustiga quriladi, lekin u bilan qo‘shilib ketmaydi.
ESTETIK MUNOSABAT - sub’ekt bilan ob’ekt o‘rtasidagi o‘zaro harakat va o‘zaro ta’sirning maxsus turini anglatuvchi falsafiy tushuncha. Estetik munosabat nafosatli ob’ektdir. Aslini olganda, nafosatli bo‘lmagan narsalarning o‘zi yo‘q. Muayyan shart-sharoitda har qanday narsa, voqea-hodisa nafosatli tabiatga ega bo‘lib, estetik munosabat va nafosatli baho ob’ektiga aylanishi mumkin. Lekin ular ma’lum bir talablarga javob berishlari kerak: birinchidan, aniq his tuyg‘u, sezgi idrok qobiliyati va imkoniyatiga ega bo‘lishi, ikkinchidan, u yoki bu voqea-hodisa insoniy aloqalar va munosabatlarga kirishib, ijtimoiy ahamiyat kacb etishi kerak. SHundagina muayn voqea-hodisa estetik munosabat ob’ektiga aylanadi, ya’ni u o‘z qadrini topadi, baholash esa voqea-hodisalarning qadri yoki ijtimoiy ahamiyatini anglashning maxsus shaklidir.
ESTETIK ONG - olamni estetik anglash, dunyoga inson munosabatining sub’ektiv tomoni. U ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatida axloqiy ong, siyosiy ong, huquqiy ong, diniy ong, falsafiy ong kabi ijtimoiy hodisalar bilan bir qatorda turadi. Estetik ong ma’naviy ruhiy voqea hodisalar bilan bir qatorda turadi. Estetik ong ma’naviy ruhiy voqea-hodisalar majmui bo‘lib, ular ijtimoiy hayot zaminida vujudga keladigan estetik his, estetik did, fikr, orzu qilish nazariy qismini anglatadi. Estetik ong axloqiy ong bilan barobar tarzda, ijtimoiy ongningboshqa shakllaridan oldin vujudga kelgan. Estetik ongning rivojiga san’at ta’sir kuchining tobora ortib borishini ham ta’kidlash kerak. Estetik ong odamlarning mehnat faoliyati, uning natijalari, moddiy va ma’naviy qadriyatlarida o‘z ifodasini topadi.
SAN’AT FALSAFASI - san’at bu fanning yagona tadqiqot ob’ekti emas. Hozirgi paytda texnika estetikasi va uning amaliyotdagi sohasi dizayn, atrof-muhitni go‘zallashtirish, tabiatdagi nafosat borasidagi muammolar bilan ham shu fanimiz shug‘ullanadi. Demak, uning qamrovini san’atning o‘zi bilangina chegaralab qo‘yishga haqqimiz yo‘q.
GO‘ZALLIK FALSAFASI - bugungi kunda inson o‘zini o‘rab turgan barcha narsa-hodisalarning go‘zal bo‘lishini, har qadamda nafosatni his etishni istaydi. YUqorida aytilganlardan kelib chiqsak, «Go‘zallik falsafasi» degan ibora bu fani mohiyatiga ko‘proq mos keladi. Negaki, u faqat san’atdagi go‘zallikni emas, balki insondagi, jamiyat va tabiatdagi go‘zallikni ham o‘rganadi. SHuningdek, go‘zallikdan boshqa ulug‘vorlik, fojiaviylik, kulgililik, mo‘‘jizaviylik, hayolilik uyg‘unlik, noziklik singari ko‘pdan-ko‘p tushunchalar mavjudki, ularni tadqiq etish ham estetika fanining zimmasida. Lekin, bu o‘rinda, shuni unutmaslik kerakki, mazkur tushunchalarning har birida go‘zallik, bir tomondan, unsur (element) sifatida ishtirok etsa, ikkinchi tomondan, ularning o‘zi go‘zallikka nisbatan unsur vazifasini o‘taydi. Ana shu xususiyatlarning voqelikda namoyon bo‘lishini biz nafosat deb ataymiz.
RIGVEDA - «Veda»-muqaddas bilim, «Rigveda»-alqovlar vedasi demakdir. «Rigveda» o‘sha davr kishisining o‘zi va atrof muhit: ma’budlar, iblislar, devlar, fazo, ijtimoiy turmush axloqiy va estetik qadriyatlar haqidagi bilimlarni o‘z ichiga oladi.
Dhi - «fikr, tasavvur, qarash, tushuncha; intuitsiya (fahm), bilish, aql; bilim, san’at, ibodat», shuningdek, «ko‘z o‘ngiga keltirish, fikrlash» ma’nolariga uyqash. SHoir dhira-«dhi» egasi, donishmand, iste’dod egasi» deb atalgan. SHoirlar ma’budlardan dhi ato etishlarini so‘raganlar. Dhi tufayli shoirlar ma’budlar odamlar orasidagi vositachiga aylanganlar. Zero shoir-«doimo ma’budlar olami bilan uchrashuv» timsolidir. Ma’budlar olami esa mutloq go‘zallik maskani Vedalardagi tasavvurga ko‘ra, shoirlar o‘zlari yangi manzaralar yaratmaydilar, balki oddiy bandalar ko‘rolmaydigan ma’budlar dunyosiga tegishli manzaralarni so‘zga aylantiradilar.
UPANISHAD - so‘zi to‘g‘ridan-to‘g‘ri «davra», «davra olmoq» (ustoz atrofida) demakdir. Lekin uning ikkinchi botiniy ma’nosi - «sirli bilim», «yashirin bilim». Upanishadlar vedalarga borib taqaladigan, ularning sirlarini tushuntiradigan diniy-falsafiy tabiatga ega ta’limotdir. Aynan milodgacha bo‘lgan YII asrlarda vujudga kela boshlagan ana shu upanishadlarda qadimgi hindlarning estetik tasavvur va qarashlari shakllangan. Upanishadlardagi nafosatli tasavvurlar ham axloqiy qarashlar bilan mustahkam bog‘liq.
SHITS-ZIN («Qo‘shiqlar kitobi») - U qadimgi Xitoy xalqi tarixini ko‘pgina tarixiy, etnografik va boshqa yodgorliklarga nisbatan to‘laroq, chuqurroq aks ettiradi, desak yanglishmaymiz. «SHitszin» 305 she’riy asarni o‘z ichiga oladi. Ular to‘rt qismga bo‘lingan: «Gofun» («Saltanatlar odatlari»), «Syao ya» («Kichik qasidalar»), «Da ya» («Ulkan qasidalar») va «Sun» («Alqovlar»), «SHitszin»dagi she’riy asarlar asosan xalq og‘zaki ijodining yozib olingan variantlaridir, to‘g‘rirog‘i musiqaga solingan she’rlardir. Agar qadimda musiqa va raqs bir-biridan ajralib chiqmaganini nazarda tutsak, bu yodgorlikda ham so‘z san’ati, ham musiqa san’ati, ham raqs san’ati ruhini, unsurlarini ko‘rish mumkin.
DAOCHILIK - ushbu yo‘nalishining muhim belgisi, bu-fazo (kosmos) va tabiatning azaliy va abadiy go‘zalligi; jamiyat va inson go‘zalligi darajasi esa ana shu borliq go‘zalligiga qanchalik o‘xshash, yaqin ekanligi bilan belgilanadi.
XUAYNAN-SZI - san’atning uch xil darajasini ko‘rsa bo‘ladi. Birinchisi, daoga asoslangan san’at, bu-donishmandlik. U eng yuksak darajadagi narsalar bilan bog‘liq; bular yaxlitlik, yo‘qlik, dao, olam (kosmos). Bunday san’atning maqsadi «oliy uyg‘unlikka» (toy xe) erishish va oxir-oqibatda tabiat bilan barobar darajada narsalar ijod qilish. Ikkinchi darajadagi san’at hisob-kitobga, ya’ni me’yorga asoslanadi. Bu-«boshqarish» (odamlarnimi, narsalarnimi-baribir) san’ati. Uchinchi xil san’at esa bizning tushunchamizdagi hunarga to‘g‘ri keladi; u yuzaki mohirlik oqibati bo‘lmish tashqi bezak sifatida talqin etiladi.
ANTROPOLOGIK YONDOSHUV - ungacha falsafaga faqat kosmologik yondoshuv hukmron edi. Suqrot diqqatni kosmos-fazoga emas, balki insonga qaratdi, insonni amaliy xatti-harakati, axloqiyligi nuqtai nazaridan o‘rganishga kirishdi. Suqrot axloqshunoslik va estetikaning, axloq va go‘zallikning uzviy aloqasini ta’kidlab ko‘rsatadi. Uning ideali-ma’nan va jisman go‘zal inson. U insonni san’atning asosiy obekti sifatida olib qaraydi, san’atning estetik va axloqiy me’zonlari masalasini o‘rtaga tashlaydi hamda shular orqali ijodiy jarayonni ochib berishga urinadi
G‘OYALAR MUAMMOSI Aflotunning nazdida asl borliq ana shu g‘oyalardan iborat. Umumiy tushunchalar qancha bo‘lsa, g‘oyalar ham shuncha. G‘oyalarning o‘rni narsalarga nisbatan birlamchi; avvalo g‘oyalar, undan keyin narsalar. Atrof-tevarakdagi his etiluvchi narsalar hissiyotdan yuksak turuvchi g‘oyalarning in’ikosidir. Aflotunning fikriga ko‘ra, asl go‘zallik his etilguvchi narsalar dunyosida bo‘lmaydi, u g‘oyalar olamiga taalluqli. Go‘zallik ham haqiqiy borliqqa taalluqli. Unga hissiyotlar yordamida etishish mumkin emas, faqat aql orqaligina uni anglash mumkin; u-o‘zgarmas, zamon va makondan tashqarida. Bu o‘rinda Aflotunning haqiqiy go‘zallik sifatida Xudoni nazarda tutayotganini ilg‘ash qiyin emas
SAN’ATNING BILISH TABIATI- Arastu u bilishning o‘ziga xos turi ekanini ta’kidlaydi va bu bilan ustozi Aflotunga raddiya bildiradi. «Birinchi muallim»ning fikriga ko‘ra, badiiy asarning mazmuni aniq-ravshan unda aks ettirilgan voqea-hodisa esa bilib olinishi oson bo‘lishi kerak, xuddi hayotdagidek idrok qilinishi lozim. Biroq, badiiy idrok etish uchun estetik masofa zarur. Ana shu masofa tufayli badiiy reallik muxtor tarzda, amaliy hayotdagiga aynan bo‘lmagan tarzda idrok etiladi. Bunday masofa badiiy til, musiqiy kompozitsiya v. h. vositasida yaratiladi. Boshqacha aytganda, badiiyat olamining o‘z zamoni, o‘z makoni, o‘z tili mavjud. Faqat undagi o‘ziga xos mantiq haqiqiy hayot mantiqini aks ettirishi lozim. SHu bois badiiy asar inson tomonidan qandaydir qalbga yaqin, tanish hodisa sifatida idrok etiladi va masofa tufayli idrok etuvchida mushohada qilish erki saqlanib qoladi
FORIG‘LANISH-KATARSIS - bu tushunchani mohiyatan diniy ma’noda qo‘llagan edi. Arastu esa uni san’atga nisbatan ishlatadi. Forig‘lanish, Arastu talqiniga ko‘ra, san’at o‘z oldiga qo‘ygan maqsad, xususan, fojea (tragediya)ning maqsadi. U mohiyatan qo‘rquv yoki achinish tufayli inson qalbini salbiy hissiyotlardan forig‘lantiradi. Natijada inson, bir tomondan, taqdir ko‘rgiliklariga xotirjam qaray boshlasa, ikkinchi tomondan, baxtsizlik girdobiga tushganlarga o‘zida hamdardlik hissini tuyadi. YA’ni, san’at insonni olijanob qilish, yaxshilash, go‘zallashtirish xususiyatiga ega.
DINIY-BADIIY ASARDA RAMZ -. Ramzning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u o‘z mazmuniga emas, butunlay boshqa mazmunni anglatadigan shakl, o‘z mohiyatini emas, butunlay boshqa mohiyatni ifodalaydigan hodisa, qisqasi, butunlay boshqa botinni ifodolovchi zohirdir. SHu bois ham u sirli, yashirin hodisa: uni muayyan bilimga ega bo‘lmay turib anglash mumkin emas.
IDEAL - Diniy-badiiy janrda o‘ziga xos tarzda talqin etiladi. Umuman olganda, idealni ma’lum ma’noda, antiqa holat-paradoks deyish mumkin: unda bor narsa yo‘q narsaning mezoni bilan o‘lchanadi, ya’ni mavjud narsaga yoki hodisaga o‘sha paytda mavjud bo‘lmagan narsa yoki voqelik talablari bilan yondashiladi. Masalan, axloqiy idealni olaylik. U, shubhasiz, insonni kelajakda erishilishi lozim bo‘lgan axloqiy yuksaklikka, ya’ni oldinga chorlaydi. Lekin uning uchun o‘tmishdagi axloqiy qiyofa xizmat qiladi. Buning ustiga, diniy-badiiy ideal hayotiy idealdan keskin farq qiladi-u hech qachon o‘zgarmaydi: hech qachon biz uchun - Muhammad alayhisalomdan, nasroniylar uchun - hazrati Isodan, yahudiylar uchun - hazrati Musodan o‘zga ikkinchi payg‘ambar paydo bo‘lmaydi
DINIY-BADIIY QONUN - me’morchilikda ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan, yirik masjid-jomening tashqi va ichki ko‘rinishiga e’tibor qilaylik: kiraverishdagi peshtoqda Kalomullodan oyatlar, bir yonda mezona-minora, tomda gumbaz, hovlida tahorat uchun hovuz, ichkarida diniy va dunyoviy rahbarlarga atalgan maxsus joy-maqsura, fatvolar o‘qiladigan, va’z aytiladigan minbar, qibla tomonda mehrob va hokazo. Bularsiz jome masjidni tasavvur qilish qiyin. YOki nasroniylar cherkovida mehrob (altar), devor va shiftlarda Bibi Maryam, Iso alayhissalomning tasvirlari, gumbazlar, qo‘ng‘iroqxona singari unsurlar albatta bo‘lishi kerak.
NISBIY GO‘ZALLIK - G‘azzoliy unga alohida to‘htaladi. Faqat o‘z kamolotining barcha qirralariga to‘liq ega bo‘lgan narsanigina u oliy darajadagi go‘zallik deb ataydi. Bunday komillikni faylasuf faqat Allohda ko‘radi va payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning «Allox go‘zal va u go‘zallikni sevadi» degan so‘zlarini keltiradi. SHunday qilib, faylasuf mutlaq go‘zallik faqat Allohga taalluqli bo‘lishini, boshqa go‘zalliklarning hammasi nisbiy ekanini aniq-ravshan bayon etadi.
RUHIY TAXLIL ESTETIKASI - Froyd inson ruhiy hayotida uch bosqichni ajratib ko‘rsatadi; ong, ongoldi va ongtubi yoxud onglanmagan, ya’ni ongga aylanmagan holat. Onglanmaganlik va ongoldi ongdan nazorat (senzura) degan o‘rta bosqich orqali ajralib turadi. Nazorat ikki vazifani bajaradi; birinchisi, shaxs o‘ziga maqbul ko‘rmagan va qoralagan his-tuyg‘ular, fikrlar, tushunchalarni onglanmaganlik hududiga siqib chiqaradi; ikkinchisi, ongda o‘zini namoyon etishga intilgan faol onglanmaganlikka qarshi kurashadi
NAFOSAT - bir tomonlama, real voqelikni, ikkinchi tomondan ilmiy tushunchani anglatadi. U real voqelik sifatida inson hayotining barcha sohalarini nurlantirib turuvchi qamrovli ma’naviy hodisa, tushuncha sifatida esa estetika faniga oid yuzlab, ehtimol, minglab atamalarni o‘z ichiga olgan eng yirik istiloh, ovro‘pacha ta’rifda-metakategoriya. Boshqacha qilib aytganidan bo‘lsak, nafosatning «hududi» nihoyatda keng, u ob’ektiv voqelik sifatida narsa-hodisalarning estetik xususiyatlarini anglatsa, sub’ektiv voqelik tarzida insonning ana shu estetik xususiyatlarini anglash va idrok etish borasidagi botiniy faoliyatidir
ESTETIK ANGLASH - va shu asosdagi faoliyat jarayonining ibtidosi estetik ehtiyojga borib taqaladi. Estetik ehtiyoj inson hayotida ro‘y beradigan barcha estetik hodisalarning asosi sifatida ham tabiiy-biologik, ham ijtimoiy-ma’naviy mohiyatga ega; «go‘zal nafs», nafosatga tashnalik, insonda estetik hissiyotni qo‘zg‘atish xususiyatini saqlab qolgan holda, keyinchalik uning butun umri mobaynida takomillashib boradi estetik muhokama, estetik baho, estetik did va estetik idealning shakllanishiga xizmat qiladi
ESTETIK HISSIYOT -. Ko‘pincha adabiyotlarda estetik hissiyot «estetik tuyg‘u» so‘zida, birlik shaklida beriladi. Goh estetik kechinmaning, goh estetik hayajonning sinonimi tarzida talqin qilinadi. Bizningcha, bu unchalik to‘g‘ri emas. CHunki hayajon ham, kechinma ham bitta tuyg‘udan emas, tuyg‘ular silsilasidan iborat bo‘ladi, shu sababdan uni ko‘plikda-hislar yoki hissiyot shaklida qo‘llash maqsadga muvofiq.
Endi estetik hissiyotni tashkil etadigan hislarning ba’zilarini qisqacha ko‘rib o‘taylik.
ESTETIK QIZIQISH - Ma’lumki, qiziqish hissi, sog‘inch va qo‘msashdan farqi o‘laroq o‘tmishda ro‘y bergan hodisani emas, balki ko‘p hollarda kelajakda, tez muddat ichida ro‘y berishi lozim bo‘lgan voqelikni nazarda tutadi, unga intiladi; intilish jarayoni esa-»uchrashuv»ga tayyorgarlik degani. Estetik qiziqish sub’ektning ob’ekt haqida, hali u bilan yuzma-yuz kelmasdan turib, muayyan bir umumiy tushunchaga ega bo‘lishini, uni idrok etishga o‘zini hozirlashini taqozo etadi.
ESTETIK MUSHOHADA - odatda biz «mushohada» deganimizda «kuzatish» so‘zining sinonimini tushunamiz. Aslida esa bunday emas: kuzatish, falsafiy qilib aytganda, bilish munosabatining tajribaviy asosi, u ob’ektga yunaltirilgan bo‘lib, qo‘yilgan maqsad va ilmiy bilim mantiqi tomonidan boshqarib, tuzatilib boriladi, unga o‘zgartirishlar kiritib turiladi, ya’ni u maqsad asosida ish ko‘radigan fikriy faoliyat
ESTETIK BAHO - qadriyat deganda biz, odatda shaxs, millat, jamiyat tomonidan qadrlanadigan ma’naviy—moddiy ob’ektlarni tushunamiz. Har qanday qadriyat yoki qadriyat darajasiga ko‘tarilgan har bir ob’ekt inson tomonidan baholanmay qolmaydi. Qadriyatlar sohaviylik tabiatiga ega (axloqiy, estetik, diniy va h.k.) bo‘lishi barobarida darajalarga bo‘linishi bilan ham ajralib turadi
ESTETIK DID - insondagi go‘zallik, ulug‘vorlik, fojiaviylik singari estetik xususiyatlarni, umuman, nafosatni idrok etish qobiliyatini nazarda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |