Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта таълим вазирлиги тошкент ирригация ва қишлоқ ХЎжалигини механизациялаш муҳандислари институти


Odam organizmining tashqi muhit holatini baholash tizimlari



Download 0,61 Mb.
bet16/27
Sana30.12.2021
Hajmi0,61 Mb.
#198000
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
Bog'liq
2 5253790320738437704

Odam organizmining tashqi muhit holatini baholash tizimlari

Inson hayot faoliyati uchun tashqi nuhitda bo’ladigan o'zgarishlar haqida yetarli ciarajadia axborotning bo'lishi va bu axborotni qaysi mazmunda ishlatish imkoniyatini belgilovchi va unga tayyorgarlik ko'rish uchun tabiiy muhofaza chora-tadbirlariga ma'lum ma’noda tayyorgarlik bo'lishi insonning yashash uchun kurash omilining asosi hisoblanadi. Atrof-muhit holati haqidagi ma'lumot inson uchun shu muhitga moslashish imkoniyatini yaratadi va buni uning yetti mujjasi sifatidagi axborot qabul qilish tizimlari orqali amalga oshiriladi. Ular bu


axborotlarni inson miyasiga yetkazib beradi va bu yerda uning tahlil amalga oshiriladi. Inson yer yuzida hayot boshlangandan bed tashqi muhitda bo'ladigan har turli o'zgarishlar, bo’ronlar, tabiiy ofatlar va boshqa har qanday o'zgarishlarga ko'nikib, unga moslashib kelgan va shuning uchun ham u ilgaridan uni ta'qib qilib kelayotgan tabiiy omillarga, masalan, chang ta'siriga, zaharli moddalar ta'siriga, issiq va sovuqqa qarshi yetarli ravishda kurash vositalarining reflekslari ta'minlangan. Buni changli hududga tushib qolgan har qanday odam hech qanday ogohlantirishsiz u yerdan tezroq chiqib ketish yok bu chang ta'sirini kamaytirish imkoniyatmi beradigan ho'llangan dastro'molni burniga tutib nafas yo'llarini changdan qisman bo'lsada, muhofazalanish tadbiri ko'riladi va boshqa yuqorida sanab o'tilgan xavfli omillar uchun ham huddi shunday reflktor belgilar paydo bo'lgan. Lekin zamonaviy texnologiyalar natijasida hosil bo'ladigan xavfli omillarga insonda reflector yechimlari hal qilinmagan. Masalan, elektr xavfi,elektromagnit maydonlari xavfi, har xil nurlanishlar ayniqsa, yadro nurlanishlari inson uchun utilmagan xavf manbasi hisoblanadi. Demak, tashqi muhitdagi har qanday o'zgarishlar haqidagi axborot bosh miyaga yetkazib beriladi va u yerda tahlil qilinib, qanday javob reaksiyasi bo'lishi ta'minlanadi. Bu javob reaksiyasida albatta inson hayotiga xavf solishi mumkin bo'lgan holatlardan chetlab o'tiladi, ya'ni uning zarbalar va halokatlardan saqlanish chora-tadbirlari ko'riladi. Masalan, tashqi muhit havosi harorati ko'tarilganda, agar bu butun tana haroratini ko'tarilishiga olib keladigan .bo'lsa va bu inson organizmiga (bosh miyaga, ko'zga buyraklarga) zararli bo'lsa, bunga qarshi tezda chora ko'riladi, ya'ni harakat yo'nalishi bo'yicha salqinroq yerga o'tib ketiladi yoki ichki zaxiralar hisobiga, ya'ni ichki issiqlikni kamaytirish, issiqlik ajralishini ko'paytirish hisobiga bo’lishi mumkin. Odamning tashqi muhit bilan bog'lovchi sezgi organlarining tashqi muhit ta'siridan jumbushga kelishi holatlarini bir necha turkumga bo'linadi:

- mexanik sezgilar, bular tashqi atroflicha ta'sir ko'rsatuvchi umumiy tanaga suyak va pay to'qimalariga ta'sir ko'rsatganda, ten va harakatlanish organlari va yurak-qon aylanish tizimlari xabarini bildiruvchi sezgilar hisoblanadi;

- issiqlik sezgilari, bu organizm ichki issiqligi va tashqi muhit issiqligini birdek ko'rsatadigan sezgi bo’lib, bular, shuningdek, ichki organlar sezgilarini va markaziy bosh miya qobig'iga joylashgan neyronlar sezgilarini ham o'zida mujassamlagan bo'ladi;

- kimyoviy sezgilar, bular kimyoviy birikmalar ta'siriga asoslangan sezgilar bo'lib, o'zida hid bilish va maza bilish sezgilarini mujassamlagan bo'ladi;

- foto sezgilar, bular yorug'lik ta'sirida jumbushga keladigan sezgilar hisoblanadi;

- og'riq sezgilari,ular ma'lum turkumlarga bo'linib, ba'zi birlari mexanik bg'riqlar sifatida, kimyoviy og'riqlar va issig'lik ta'sirida vujudga keladigan sezgilar hisoblanadi. Psixofiziologiya sinflanishiga asosan sezgilar: ko'rish, eshitish; hid bilish, tam bilish, og'riq sezgilari va inson tanasining fazodagi holatiga taalluqli bo'lgan sezgilar mavjudligi belgilanadi. Sezgilar morfologiya jihatdan hujayralardan tashkil topgan bo'lib, unda harakatlanuvchi nerv tolasi bilan ta'minlanganligi sababli u nihoyatda sezgirligi kuchli bo'ladi. Masalan, foto sezgilar uchun 5-10 kvant yorug'lik yetarli bo'lsa, hid bilish sezgisi uchun moddaning bir molekulasi kifbya qiladi. Sezgilarga jumbushga keltiruvchi moddalarning ko'p vaqt ta'sir qiiishi, ularnibunioddaga moslashishi natijasida ularning sezish qobiliyatini kuchsizlantirib yuborishi mumkin. Ammo bu modda birmuncha vaqt yo'q bo'lib qolsa, sezgi yangidan kuchayishi kuzatiladi. Sezgilarning moslashish bo'yicha biror qonuniyati yo'q. Lekin har xil sezgilar jumtushga keltiruvchi moddalarga yoki holatlarga moslashishi har xil ekanligi kuzatilgan. Sezgilar og'riq va kimyoviy sezgilarga umuman moslashmaydi.


Sezgilar tomonidan qabul qilingan ma'lumotlar nervlarda mujassamlanib, uni markaziy organlarga tahlil qilish uchun yuboriladi. Bu ma'lumotlar tahlildan keyin bajarish organlariga yuboriladi. Ba'zi bir .ma'lumotlar to'g'ridan-to'g'ri bajarish organlariga jo'natiladi. Bu so’zsiz tug’ma nasldan naslga o'tuvchi reflekslarga asoslangan sezgilar bo'lib bularga elektr toki va issiqlik yoki kimyoviy moddalar ta'siriga tushib qolgan taqdirda inson organizmida bo'ladigan reaksiya natijasida undan keskin chiqib ketish hoiatiarini ko'rsatish mumkin. Shuni ham ta'kidlash joizki, bunday so'zsiz reflekslar ham juda mukammal ko'p komponentli reaksiyalardan tashkil topganligini unutmaslik kerak. Jumbushga keltiruvchi moddalarning uzoq vaqt ta'siridan olingan tajriba asosida shartli reflekslar paydo bo'ladi. Odam organizmida tavsif o'zgarishi tashqi muhit ta'sirining davomliylgaiga bog'liq bo'ladi. Masalan, nafas olayotgan havo tarkibida kislorodning qisqa muddatli kamayishi tezroq nafas olish yo'li bilan va qon aylanishni tezlashtirish hisobiga organizmdagi kislorod tanqisligini bartaraf etadi. Uzoq muddat davom etadigan kislorod tanqisligini qoplashda (masalan, baland tog'larda) butunlay boshqa mexanizmlar ishga tushadi, qon tarkibidagi eritrotsidning miqdori ortadi va bu gemoglabinning kislorod bog’liqligini o'zgartiradi va fernientlar aktivligini oshiradi. Ko'pincha tashqi sezgilarga organizmdagi o'zgarishlar bir necha sezgilarning birgalashib yuborgan ma'lumotlari asosida markaziy nerv tizimining qaysi biriga asoslanganligiga chegara qo'yish imkoniyati deyarli yo'q. Masalan, engashib ishlayotgan odamga sezgilarning bir nechtasi ta'sir ko'rsatadi. Bularning asosiy sezgi yo'nalishlari asosan ko'tarish va harakatlanish mexanizmlarini muvofiqlashtirishga
asoslanganligi ma'lum. Insonning ko'zi uning asosiy hayot kechirish bmilida qanday mavqeni egallashini idrok etish mumkin. Ko'zning ko'rishi tashqi muhitning yoritilganligiga bog'liq bo'lib, odamning ko'zi 380—770 nm to'lqin tebranishlaridagi ko'rinadigan nurlarni ko'rish imkoniyatigi va buning natijasi sifatida hamma narsani shu nur yorug'ligida ko'radi. Eshitish vositasi quloq mukammal tuzilgan, tovush to'lqinlarning 16-0000 Gs chegaradagi tovushlarni aynan eshitish imkoniyatini beradigan insonning yetti muchasidan biri hisoblanadi. Sezgi sifatida insonni kerakli ma'lumotlar bilan ta'minlovchi asosiy vosita hisoblanadi. Hid bilish xususiyati har xil moddalarning hidini har xil sezish
imkoniyatlari mavjud. Ba'zi bir moddalarning hidi nihoyatda oz miqdorda seziladi. Hid bilish xususiyati inson uchun tashqi muhit bilan bog'lanish imkoniyatini yaratuvchi asosiy mujjalardan biri hisoblanadi. Ba'zi bir moddalarning hidini nihoyatda kam miqdorda bo'lsa-da, inson uni sezadi. Tam bilish ham muhim ahamiyat kashf etadigan maxsus sezgi sifatida ifodalanadi Sezish xususiyati odamda juda murakkab xususiyat bo'lib, odamning tashqi muhit bilan bo'ladigan hamma muloqotlarini hisobga oladi. Bunda teri, pay-muskul birikmalari va shilimshiq moddadan tashkil topgan odam tanasidagi ma'lum joylarda jumbushga kelish natijasida vujudga keladigan sezgi ifodasi hisoblanadi. Teri inson tanasini o'rab turuvchi tashqi qatlam sifatida murakkab tuzilishga ega bo'lgan tuzilmadan iborat bo'lib, uning bajaradigan vazifalari hayot uchun juda muhim hisoblanadi. Teri odam tanasini tashqi muhit ta'siridan saqlabgina qolmasdan, balki sezgi belgilarini va sezgi qabul qilgan axborotlarini yetkazish bilan birga yana hayot uchun zarur bo'lgan modda almashish jarayonini ham bajaradi va shuningdek, organizm issiqlik balansini tutib turadigan termoregulatsiya jarayonida ham ishtirok etadi. Terining asosiy vazifasi tanani saqlash. Demak, teri muhofazalovchi vosita sifatida muhim rol o'ynaydi. Teri ostida ma'lum qavat yog'ning bo'lishi tananing har xil urilish, turtilish, ma'lum kuch bilan ta'sir ko'rsatilganda, uning elastiklik xususiyati turtkilarni tanaga o'tmasligini ta'minlaydi. Terining ustki qatlami terining chuqurroq qismlarini qurib qolishdan saqlaydi. Terining tashqi qismi va yog'simon qatlami kislota va boshqa o’yuvchi moddalar ta'siriga chidamli. Terida melanin pegmenti bo'lganligi sababli, u quyosh nurlari va ultrabinafsha nurlardan saqlaydi. Terining har xil mikroblarni zararsizlantirish va o'ldirish xususiyati muhim hisoblanadi. Terining tashqi qismidan kasallik tarqatuvchi mikroblar o'taolmaydi, chunki teri yuzasida paydo bo'ladigan ter moysimon moddalar bilan qo'shilishi natijasida nordon muhit paydo bo'ladi. Bu muhofaza muhiti yog' va teri bezlarining birgalikdagi xizmatlari hisoblanadi. Ularda shuningdek, ma'lum miqdorda yog’ kislotalari ham ajralib chiqadi. Shuningdek, terining tashqi qismlarida ham oksidlanish jarayoni bo'lib turadi. Shuning uchun ham teri nafas oladi deb yuritiladi. Teri tarkibiga kislorodning kirib turishi teri kasalliklarini kelib chiqishini oldini oladi. Terining yana bir muhim xususiyati uning organism termoregulatsiyasida ishtirok etishidir. Issiqlik ajratishning deyarli 80% i teri orqali amalga, oshiriladi. Atmosfera havosi isib ketsa, teri tarkibidagi qon tomirlari kengayadi va buning natijasida tashqi muhitga issiqlik ajralishi ortadi. Past haroratlarda aksincha teri tarkibidagi qon tomirlari torayadi,
teri rangsizlanadi va issiqlik ajralishi kamayadi. Teri ma'lum ma’noda
organizmdagi moddalar almashinuvi jarayonida ham ishtirok etadi. Ayniqsa, orgamzmdagi suv, mineral moddalar va karbonvodorodlarning almashinuv jarayonida erining xizmati beqiyos. Uni juda katta hajmdagi va qon tomir sistemasiga boy va tanadagi hamma ichki organlar bilan aloqada bo'lgan ulkan sekretsiya bezi sifatida qabul qilinishi mumkin. Teri bu tashqi bosh miya sifatida tinim bilmas sog'lik qo'riqchisi bo'lib, har doim markaziy bosh miyani har bir xavf- xatardan ogohlantiradi.

Demak, ko'rib o'tilgan sezgilarning hammasi inson organizmini qaratilgan. Hayot faoliyatini meyorida kechirishini ta'minlashga




Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish