Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта таълим вазирлиги тошкент ирригация ва қишлоқ ХЎжалигини механизациялаш муҳандислари институти



Download 0,61 Mb.
bet24/27
Sana30.12.2021
Hajmi0,61 Mb.
#198000
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
2 5253790320738437704

Boshqaruv prinsiplari deb, xavfsizlikni ta'minlash jarayonining alohida bosqich va etaplari orasida o'zaro bog'lanish va munosabatlarni aniqlovchi prinsiplarga aytiladi. Ularga rejali, nazoratli, boshqarmali, majburiyli, qayta aloqali, samarali, javobgarlik, rag'batlantirish, iyerarxik, bir ma’noli, adekvatli prinsiplar kiradi.

Tashkiliy prinsiplarga xavfsizlik maqsadida mehnatni ilmiy tashkil qilish qoidalarini amalga oshiruvchi prinsiplar kiradi. Ularga vaqt bo'yicha himoyalash, ma'lumot berish, rezervlashtirish, normallashtirish, kadrlarni tanlash, ketma-ketlik, ergonomik. mehnatni ratsional tashkil qilish va zidlik prinsiplari kiradi. Bir vaqtda ayrim prinsiplar bir nechta sinflarga kiradi. Xavfsizlikni ta'minlash prinsiplari tizimlarni xosil qiladi va bir vaqtning o'zida har bir prinsip nisbatan mustaqillik kashf qiladi. Ayrim prinsiplarni alohida ko'rib chiqamiz. Har bir ko'rib chiqayotgan prinsipga ta'rif beramiz va misollar keltiramiz. Tizimlilik prinsipi - shundan iboratki, har qanday hodisa, harakat va obyekt tizimlilik konsepsiyasi bilan quriladi. Sistema so'zi grekcha so'zdan olingan bo’lib, butun, qismlar va birikmalardan tuzilgan demakdir. Tizim deganda elementlar majmuasi tushuniladi, ular orasidagi o'zaro ta'sirlar adekvatik ravishda bir xil natijaga olib keladi. Bunday sistemani aniq tizim deb ataymiz. Agar elementlarning o'zaro ta'siri har xil natijalarga olib kelsa, buni noaniq tizim deyiladi. Tizimning noaniqlik darajasi qancha yuqori bo'lsa, shunga ko'ra har xil natijalar paydo bo'ladi. Tizimdagi noaniqlik uning elementlarini va ular orasidagi o'zaro ta'sir xarakterini to’liq hisobga olmaslikdan tug'iladi. Tizimning elementlariga moddiy obyektlar hamda ular orasidagi munosabat va aloqalar kiradi. Misol: Yong’in-fizik hodisa, u quyidagi sharoitlarda paydo bo'ladi:

1) yonuvchi modda;

2) havodagi kislorod miqdori kamida - 14%;

3) o't olish manbayi ma'lum quwatda va yuqoridagi uchta shartda;

4) bo'shliqda;

5) vaqt bo’yicha olib chiqish.

Bu yuqoridagi 5 ta shart bitta tizimni tashkil qiladi. Bularning o'zaro

birgalikdagi ta'sirida aniq bir oqibat paydo bo’ladi - yong'in. Yuqoridagi elementlarning loaqal bittasini bartaraf qilish, yong’inning to'htashiga olib keladi, binobarin, berilgan tizimning buzilishiga olib keladi. Destruksiya prinsipi lotincha bo'lib, buzuvchi degan ma'noni beradi. Uning mohiyati shundan iboratki, bunda xavfli natijaga olib keluvchi tizirn undagi bitta yoki bir necha elementlarni bartaraf qilish bilan buziladi. Destruksiya prinsipi tashkilan ko'rib o'tilgan tizimlilik prinsipiga bog'lik va qisman universal ahamiyatga egadir. Xavfsizlikni tahlil qilganda oldin tizimlilik prinsipi ishlatiladi, keyin destruksiya prinsipini hisobga olib, tizimning ayrim elementlarini bartaraf qilishga yo'naltirilgan tadbirlar ishlab chiqiladi (istalgan maqsadga olib keluvchi). Xavflarni bartaraf qilish prinsipi - o'z ichiga texnologiyalarni o'zgartirish, xavfli narsani xavfsiziga almashtirish, xavfsiz jihozlarnif qo’llash, mehnatni ilmiy tashkil qilish va vositalarni takomillashtirish bilan xavfli va zararli omillar bartaraf qilinadi. Bu prinsip o'zining mazmuni bilan juda ilg'or va amalga oshirish shakli bilan juda ko'pdir.

Misol: Ko'pchilik texnologik jarayonlarni olib borganda ko'p portlashga xavfli va o'tkir zaharli gazlar yo'q qilinadi. Xavfsizlikni ta'minlash uchun bu gazlarni yig'ish, ishlatish va yo'q qilishga mash'ala qo'llash tizimidan foydalaniladi. Xavflarni kamaytirish prinsipining mohiyati shunday qarorlarni qo'llashga asoslangan bo’lib, xavfsizlikni oshirishga yo'naltiriladi, lekin talab qilingan darajada yoki me'yoridagi yutuq amalga oshirilmaydi. Bu prinsip ma'lum ma'noda kompromiss xarakterga egadir.

Misol: Elektr toki urishidan himoyalanish uchun xavfsiz kuchlanishi (12,24,36 V) qo'llaniladi. Bunday kuchlanishlarda tokdan zararlanishi xavfl kamayadi. Biroq bunday kuchlanishlarni mutlaq xavfsiz debt bo'lmaydi, shunday holatlar ma'lumki, insonlarni tok urishi asosan shunday kuchlanishlar ta’sirida sodir bo’ladi.

Operatorni almashtirish prinsipi shundan iboratki, bunda operatorning vazifasi ishlab chiqarish robotlariga, avtomatik manipulyatorlarga topshiriladi yoki texnologik jarayonni o'zgartirish hisobiga butunlay yo'q. Informatsiya prinsipi lotincha so’z bo’lib, xabardor qilish, bir narsa haqida qilinadi. Bu ishlovchilarni zararli omillar ta’siridan xalos qiladi, lekin omillarning o’zi yo’q qilinmaydi.ma'lum qilish degan ma’nolarni beradi. Uning mohiyati bir ma’lumotni xizmatchiga yetkazish va uni egallab olish ko’zda tutilgan xavfsizlik darajasini ta’minlaydi. Buni amalga oshirish usullari: o’qitish, instruktajlar o’tkazish, xavfsizlik rang va belgilarini qo’yish, ogohlantiruvchi yozuvlar va jihozlarni markirovka qilish va hokazo. Klassifikatsiya prinsipi - bu xavf bilan bog’liq belgilariga qarab obyektlarni sinf va kategoriyalarga bo’lishdan iborat.

Misol: sanitar-himoya zonalarini 5ta sinfga, yong'in-portlash xavfi bo’yicha ishlab chiqarish binolarining A,B,V,G,D kategoriyalarga bolinishi.

Kompensatsiya prinsipi lotincha – to’lash degan so’zini anglatib, ishlovchilarga psixologik va psixofiziologik jarayonlarning buzilgan muvozanatini tiklash uchun beriladigan har turdagi yyengilliklar tushuniladi. Metod - maqsadga erishish usulidir. Hozirgi qarayotgan holatimizda maqsad xavfsizlikni ta’minlashdir.

Metodlar prinsiplarni konstruktiv va texnikaviy jihatidan haqiqiy borliqda gavdalantirish bilan amalga oshiriladi. Xavfsizlikni ta’minlash usullarini bilgan holda inson bilan ishlab chiqarish muhiti tavsiflari orasidagi o’zaro ta’sirlarni kelishtirish mumkin, ya’ni ma’lum xavfsizlik darajasiga erishish mumkin. Xavfsizlik usullarini o'rganishdan oldin, biz quyidagi yangi tushunchalarni kiritamiz. Ko'rilayotgan faoliyat jarayonida insonning turgan joyi gomosfera deyiladi. Har doim va davriy ravishda sodir bo’lib turadigan xavflijoy

noksosfera deyiladi. Bu sferalarni xavfsizlik nuqtayi nazardan qo’shish mumkin emas. Xavfsizlikni ta'minlash usullari 3 xil turga bo’linadi:

A -metodi, gomosfera bilan noksosferani bir-biridan joy yoki vaqt jihatidan ajratish usuli. Bu usul ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, jihozlarni masofadan boshqarish, manipulyator va robotlarni qollash bilan amalga oshiriladi. B -metodi xavfsizlik prinsiplarini qo’llab, xavflarni yo’q qilish va noksosferani (ishlab chiqarish muhitini) normallashtirish, hamda noksosfera tavsiflarini inson tavsiflariga moslashtirishga asoslanadi. Bu usul insonlarni shovqin, chang, gaz, jarohatlanish va hokazo xavfli omillardan himoya qilishga qaratilgan tadbirlar majmuasi hamda qisman xavfsiz texnikani yaratish bilan amalga oshiriladi. Agar A va B metodlarni qo’llash bilan talab qilingan xavfsizlik darajasiga erishish ta'minlanmaganda, V - metod qollaniladi. V -metodi, tegishlicha himoya vositalari yordamida insonlarning himoyalanish xususiyatlarini oshirishga hamda insonni noksosferaga moslashtirishga asoslangan. Bu usul kasbiy tanlash, o'qitish, instruksiyalar berish, psixologik ta'sir qilish va shaxsiy himoya vositalarini qo'llash bilan amalga oshiriladi. Vmetodni amalga oshirishda noksosfera tavsiflarini o'zgartirish uchun har xil vositalar qo'llaniladi. Real sharoitlarda yuqorida keltirilgan usullarning bittasi yordamida zarur xavfsizlik darajasini har doim ta'minlash mumkin bo'lmaydi. Bunday holatlarda yuqorida keltirilgan usullar majmuasini qo'llash maqsadga muvoflq bo’ladi.

Ishlovchilarga zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarining ta'sirini kamaytirish yoki oldini olish uchun himoya vositalari qo'llaniladi. Ishlovchilarning himoya vositalari inson organizmiga eng ma'qul sharoitlarni xosil qilishi va quyidagilarni ta'minlashi lozim:

- ish zonasidan xavfli va zararli narsalar hamda materiallarni uzoqlashtirish yoki haydash;

- zararli omillar miqdorini belgilangan darajadagi sanitar inormagacha kamaytirish;

- ishlovchilarni qabul qilingan texnologiyalar va ish sharoitlarida xamroh bo'lgan zararli va xavfli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish;

- texnologik jarayon buzilganda paydo bo'ladigan salbiy omillardan himoya qilishi lozim. Himoya vositalarini tanlash har bir alohida holatlarda mehnat xavfsizligi talablariga asosan amalga oshiriladi. Xavfsizlikni ta'minlash prinsiplari va usullarini gavdalantirishda har xil himoya vositalari qo'llaniladi. Himoya vositalarining qo'llanilish xarakteri bo'yicha kollektiv himoya vositalari (KHV) va shaxsiy himoya vositalariga (SHHV) bo'linadi. Har biri vazifasiga ko'ra sinflarga bo'linadi. KHV zararli va xavfli omillarga bog'liq holda: shovqindan, titrashdan. elektrostatik zaryadlardan himoyalash vositalariga sinflanadi.SHHV asosan himoyalanadigan inson a'zosi yoki a'zolar guruhiga qarab: nafas a’zolarini, qo'l, bosh, bet (yuzni), ko'zni va eshitish a'zolarini himoya qilish vositalariga bo’linadi.

KHV texnik tayyorlanishiga qarab quyidagi guruhlarga bo'linadi: to'siqlar, blokirovkalar, tormozlar, saqlaguvchi moslamalar, yorug'lik va ovoz signallari, xavfsizlik asboblari, signal ranglari, xavfsizlik belgilari, avtomatik nazorat qurilmalari, masofadan boshqarish vositalari, elektr jihozlarini yerga ulash va nollash qurilmalari, shamollatish (ventilyatsiya), yoritish, isitish, sovutish (konditsionerlash), izolyatsiyalash, germetizatsiyalash vositalari kiradi. Shaxsiy himoya vositalariga: gidroizolyatsiya kostyumlari, skafandrlar, protivogazlar, respiratorlar, pnevmoshlemlar, pnevmomaskalar, har xil turdagi maxsus kiyim va poyafzallar, tutgichlar. qo'lqoplar, kaskalar, shlemlar, shapkalar, shlyapalar, shovqinga qarshi shlemlar, quloqqa qo'ygichlar (vkladishlar), himoya ko'zoynaklari, saqlaguvchi belbog'lar, himoyalovchi dermatologik (kremlar) vositalar va boshqalar kiradi. Himoya vositalari estetik va ergonomik talablarga javob berishi kerak, alohida, inson faoliyati uchun normal sharoitlarni ta'minlashi lozim. Bir vaqtning o'zida SHHV qo'llashda texnik me'yorlarni hisobga olish

kerak, ko'pchilik SHHV ma’ him noqulayliklarni keltirib chiqaradi va insonni ish qobiliyatining pasayishiga olib keladi. Talablarni hisobga olishning yo’qligi, qisman SHHV qo'llashda buzilishning sababchisi bo'ladi. Himoya vositalari himoya va fiziologik ko’rsatkichlari bo’yicha baholanishi kerak.
3-3-33333333

Shahar ko`chalariga bir nazar tashlasangiz, turli tezlikda harakatlanib borayotgan xilma-xil trans­port vositalariga ko`zingiz tushadi. Zamonamiz farovonlashib borishi bilan mashinalarning turlari ham ko`payib bormoqda.

Shu bilan birga, transport vositalari inson hayoti va faoliyatiga chuqurroq kirib borgani sari uning insoniyatga keltirayotgan zarari ham oshib borayotir. Transport vositalari tomonidan yuzaga kelayotgan noxush vaziyatlarning sabablaridan biri, yo`llardagi harakat vaqtida haydovchilar tomonidan tezlikning oshirilishi, ularning yo`l harakati qoidalariga rioya qilmasliklari, avtomobillarning texnik nosozligi bo`lsa, ikkinchi sababi, yo`lovchilarning, ayniqsa, bolalarning yo`l harakati qoidalari borasidagi bilimlarining pastligi va yo`llarda xavfsiz harakat qilish malakasiga yetarlicha ega emasliklaridir. Yo`l harakati hodisalaridan jabrlanish xavfi - shahar sharoitida eng yuqori ko`rsatkichga ega bo`lgan xavf hisoblanadi.

Yo`lovchilarning, ayniqsa, bolalarning xavfsiz harakatlarini ta’minlash davlat ahamiyatiga molik masalalardan biridir. Shahаr ko`chalarida harakatlanayotgan transport vositalaridan ayrimlarini ko`rib chiqaylik.

Trolleybus va tramvay - transportning eng xavfsiz turlaridan biri, chunki ular bitta izda (relslarda yoki simlardagi elektr manbai yordamida) kichik tezlik bi­lan harakat qilishadi. Biroq, bu yerda tok urish xavfi mavjud. Bu xavf ehtimoli havo nam bo`lganda ayniqsa, kuchayadi. Bundan tashqari elektr manbaiga ulangan vositalari (shtangilar) chiqib ketishi va atrofdagi insonlarga zarar yetkazishi mumkin. Trolleybus yoki tramvayda eng xavfsiz joy - bu o`tirish joylari – o`rindiklardir.

Avtobus - transport vositalari orasida erkin harakat qila oladi, shu sababli haydovchi ayrim hollarda mashinani to`satdan keskin to`xtatishi yoki birdan burib yuborishi mumki. Diqqatingizni boshqa narsalarga jalb qilmay sharoitni kuzatib boring.

Yengil avgomobil - transportning tez harakatlanuvchi va qulay turidir. Biroq, yengil avtomobil transportning boshqa turlariga qaraganda avariya hodisalariga ko`proq uchraydi.

Avariya vaqtida eng xavfli joy - bu haydovchining yonidagi joydir. Shu sababli ham 12 yoshgacha bo`lgan bo lalarga u yerda o`tirish "Yo`l harakati qoidalari"da man etilgan.

Avariyalar odatda to`satdan, kutilmaganda sodir bo`ladi. Lekin ba’zan bir necha soniya avariya sodir bo`lishini anglab yetish uchun yetarli bo`ladi. Bunday hollarda agar siz orqa o`rindiqda bo`lsangiz boshingizni qo`llaringiz bilan berkiting va yonboshlab oling. To`qnashuv sodir bo`lgan bo`lsa, tezlikda mashina ichidan tashqariga chiqishga harakat qilish kerak, chunki mashina yonib ketishi mumkin. Agar eshikni ochishning iloji bo`lmasa oynani sindirish lozim.

Metro. Transportning bu turidan foydalanuvchi aholi metrodan foydalanish qoidalarini bilishlari va ularga amal qilishlari lozim. Ayniqsa, eskalator (o`zi yurar zina)da ketayotganda qoidalarni buzish xavflidir. Agar siz tutkqichni ushlamay ketayotgan bo`lsangizu, eskalator to`xtab qolsa, siz birdaniga oldinga otilib ketishingiz mumkin. Siz ushlab turmagan va tutqich ustiga qo`ygan sumkangiz yo`lovchi va chiroqlarni turtib, pastga qarab harakatlana boshlashi mumkin. Zinalarda o`tirish ham mumkin emas, kuylagingizning etagi zinalar orasiga tiqilib qolishi mumkin.

Agar biror buyumingizni qo`ldan tushirib yuborsangiz, odamlar oyoqlari orasidan yugurib uni olishga harakat qilmang. Bu yaxshilikka olib kelmaydi. Navbatchi mashinani to`xtatgandan so`nggina xotirjam o`z buyumlaringizni yigib olishingiz mumkin.

Ota-onalar e’tiboridan chetda qolgan kichik bolalar ayniqsa ko`proq jabrlanadilar. Bola tutqichni pastdan ushlasa, barmoqlari tutkich rezinasi orasiga kirib qolishi mumkin. Xavf bolalarni eskalatordan tushish joyida ham kutib turishi mumkin - ularning kichik oyoq kiyimlari eskalatordan tushish joyida eskalator taroqlari orasiga tiqilib qolishi mumkin.

Platforma (poyezdlarni kutish joyi)ning chetiga juda ham yaqinlashmang, kimdir shoshib chopib keta turib sizni itarib yuborishi, o`zingiz qoqilib yiqilib tushishingiz, yaqinlashib kelayotgan poyezd sizni oynasi bilan turtib yuborishi mumkin. Vagonga chiqish va tu­shish vaqtida ham relslar orasiga tushib ketish ehtimoli bor, ya’ni shoshilayotgan odamlar sizni vagonlar orasiga itarib yuborishi mumkin.

Agar:


- biror-bir buyumingizni relslar orasiga tushi­rib yuborsangiz, u yerga sakrab yurmang. Yaxshisi stan­siya navbatchisiga murojaat qiling, navbatchi maxsus asboblar yordamida buyumingizni olib beradi;

- biror odamning vagonlar orasiga tushib ketganini ko`rib qolsangiz, darhol mashinistga xabar bering - u poyezdni yurgizishdan avval oynaga qarab turadi. Qo`llar bilan qilingan aylana harakat "To`xta" belgisini bildiradi;

- avariya sodir bo`lganda yoki texnik nosozlik tufayli poyezd tunnelda to`xtab qolsa, metropoliten xodimlarining barcha ko`rsatmalariga rioya qilish kerak, relslardan qo`rqmay o`ng tomondan yurib borish kerak, relsning chap tomonida yuqori kuchlanish ostidagi kabellar o`tgan;

- metro vagonida yong`in chiqib solgudek bo`lsa, tutun hidini sezishingiz bilan bu haqda mashinistni xabardor qilish va uning ko`rsatmalariga binoan ish tutishingiz lozim. Vahimaga tushmay harakat qilish va dastrumol orqali nafas olish kerak.

Katta tezlikda yopiq muhitda ketayotgan odamlar to`plami doimo kuchli xavf manbai bo`lgan vaziyatni bil­diradi. Bu avtobus yoki trolleybusni ko`rib qo`rquvga tushish kerak, degani emas, albatta. Shaharda yashash tajribasi bir qancha qoidalar to`plamining ishlab chiqilishiga olib keldiki, ular insonga transport vositalaridan xavfsiz foydalanish imkonini beradi.

Maxsus adabiyotlarda "mas’ul yoэlovchi" degan tushuncha bor. Bu mashina rusumi yoki patta bahosini biluvchi odam emas, balki favqulodda vaziyatlarda o`z hayotini saqlab qolish uchun bor imkoniyatlarini ishlata oluvchi yo`lovchidir.

Yo`l-transport hodisasidan muhofazalanishning eng yaxshi usuli - yo`l harakati qoidalariga rioya qilishdir. Yo`l-transport hodisalari asosan ko`chaning mashinalar qatnovi davom etayotgan qismida sodir bo`lishligi sababli yo`lovchilarning diqqat-e’tiborlari ko`chani kesib o`tish va bu yerda ularni kutishi mumkin bo`lgan xavfga qaratilishi lozim.

Shaxsiy xavfsizlik tizimida odatda shunday hollar bo`ladiki, eng oddiy vositalar eng ishonchli vosita bo`lib chiqadi.

Bolalar favqulodda hodisa yuz berishining oldini oladigan va yo`lovchilar hayotini saqlab qolishning quyidagi qoidalarini bilishlari va bular uta zaruriyligini anglab, ularga qat’iy rioya qilishlari lozimdir:

- mashina kelayaptimi yoki yo`qmi, ko`chani svetoforning qizil chirog`i yonib turganda kesib o`tmaslik.

- ko`chani faqat svetoforning yashil chirog`i yonganda kesib o`tish bunda avval chap tomonga, yo`lning o`rtasiga borgandan so`ng esa o`ng tomonga qarash;

- ko`chani kesib o`tayotganda avtobus, trolleybus orqa tomonidan, tramvayni oldidan aylanib o`tish, yer usti o`tish yo`llaridan foydalanish;

- ota-onangiz, yolg`iz o`zingiz ketayotgan bo`lsangiz, ko`chain yaxshisi ko`pchilik bilan birga kesib o`ting;

- to`xtab turgan mashina katta tezlikda kelayotgan boshqa mashinani to`sib qolishi mumkinligini doimo esda saqlang (eng oddiy hol - avtobus yoki trolleybus, uni oldidan aylanib o`tayotganingizda harakatdagi boshqa mashinalarni tusib qo`yadi);

- ko`chada ketayotganda faqat yo`lkadan yurish kerak. Yo`lka bo`lmasa mashina harakatiga qarama-qarshi yo`nalishda ko`chaning chetidan yurish lozim, shunda faqat haydovchi sizni emas, siz ham haydovchini ko`rasiz;

- bolalarning yo`lkada yoki yo`lning mashina qatnovi davom etayotgan qismida turli o`yinlar o`ynashlari mumkin emas. Bunday o`yinlar ko`pincha yo`l-transport hodisalariga sabab bo`ladi.

Shahar transporti bekatlarida koэplab yo`lovchilar to'planadilar. Avtobus, trolleybus yoki tramvay kelib to`xtagandan so`ng odamlar qanday qilib bo'lsa ham transportga chiqib olishga harakat qiladilar. Kimdir o`z hayotini xavf ostiga quyib ko`chaning mashinalar qatnovi davom etayotgan qismiga chiqib qoladi, kimnidir turtib chiqarib yuborishlari mumkin va natijada sabrsiz yo`lovchining transport g`ildiraklari ostida qolish ehtimoli paydo bo`ladi. Mashina birdaniga to`xtay olmasligini doimo esda tutish lozim.

Avtobus, trolleybus, tramvay yoki metroda ketayotganda o`zingizni quyidagi talablarga rioya qilishga o`rgating:

- o`tirishga bo`sh joy bo`lmasa, salonning o`rtasiga borib turing. Harakat vaqtida tutqichni ushlab oling, keskin to`xtashga to`gri kelib qolsa, muvozanatni yuqotib yiqilib tushishingiz yoki biror yeringizni urib olishingiz mumkin;

- buyumlaringizni sedan chiqarmang;

- tushish joyida to`sib qo`ymaslikka harakat qiling, tiqilinch vaqtida eshik yaxshi yopilmay qolgan bo`lsa sizni itarib tushirib yuborishlari ehtimoli ham yo`q emas;

- eshiklarga suyanib turish, zinada ketish mumkin emas;

- harakat vaqtida uxlab qolmang, bekatingizdan o`tib ketish xavfidan tashqari, mashina keskin to`xtashiga to`gri kelib qolsa, jarohat olish xavfi ham mavjud.

Agar avtobus, trolleybus yoki tramvayda yong`in chiqib qolsa-chi, bunday holatlarda qanday harakat qilish kerak?

- yong'in to`g`risida haydovchini tezlikda ogoh qilish lozim, bunda haydovchining butun diqqat-e’tibori yo`lda ekanligini unutmang;

- og`iz va burningizni ro`mol, sharf, yengingiz bilan berkiting, yong`in vaqtida mashinaning rezina qismlaridan chiqadigan zaharli gazlar eng xavfli hisoblanadi. Ba’zi hollarda bir necha bor nafas olishning o`zi xushdan ketish uchun yetarli bo`lishini esdan chiqarmang;

- favqulodda hodisa sodir bo`lganda ehtiyot ochish joyi orqali eshiklarni ochishga harakat qiling, buning iloji bo`lmasa yon oynalarni sindiring yoki max­sus shnurni tortib, avariya yo`li sifatida oynani oching, har qanday vaziyatda ham transport vositasi to`xtamaguncha o`z joyingizni tark etmang;

- yonayotgan transport vositasidan chiqib olganingizdan so`ng atrofdagilarga yordam berishga shoshiling, bunda tramvay va trolleybusning metall qismlariga tegib ketishdan ehtiyot bo`ling, chunki mashinaning izolyatsiya qismlari yonib ketganligi sababli yuqori kuchlanish ostidagi elektr simlari ochilib qolib, tok urishi mumkin;

- har qanday holda ham vahimaga tushmaslikka harakat qiling.

Yo`l-transport hodisasiga guvoh bo`lgan kishilar yoki uning qatnashchilari uchun bir nechta majburiy qoidalar bor. Ular bilan tanishib qo`ysangiz zarar qilmaydi:

1. Jabrlangan odamni yordamsiz qoldirmang (bunday hol jinoyat hisoblanadi).

2. Tezlikda sodir bo`lgan hodisa haqida Davlat avtomobil nazorati (DAN) xodimlariga "102" telefon nomeri orqali xabar qilish kerak.

3. Mashina bosib olishi yoki yo`l-transport hodisasi guvohi bo`lib qolsangizu, haydovchi qochib ketsa, mashi­naning nomeri, rusumi, rangini va haydovchini eslab qolishga harakat qilish lozim bo`ladi.

Vaqt beto`xtov. Biz sezmagan holda siz yosh yo`lovchilarimiz, avval velosiped, mototsikl, keyinroq avtomobil haydashni ham o`rganib olarsiz. Voyaga yetgach esa yangi-yangi turdagi mashinalar ixtirochisi, yo`l harakati jarayonini boshqaruvchilari bo`lib yetisharsiz. Bunda yo`l harakati qoidalari, transportdagi favqulodda vaziyatlarda xavfsiz harakat qilish bo`yicha yoshlikda olgan bilimlaringiz, to`plagan tajribalaringiz sizga yaqin yordamchi bo`ladi.


4-4-444444444444


Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish