Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта маҳсус таълим вазирлиги



Download 1,51 Mb.
bet79/98
Sana29.12.2021
Hajmi1,51 Mb.
#85613
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   98
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi a

Rim notiqligi

Qadimgi Rimda ham notiqlik san’atining shakllani-shi va ravnaqi Yunonistondagi kabi ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o`zgarishlar bilan bog’liq ravishda kechdi. Rim davlatining ilk davridayoq senat, xalq yig’inlari, sudda so`zlanadigan ommaviy nutq san’ati shakllanadi.

Rim notiqligining asoschilaridan biri Mark Porsiy Katon ham lashkarboshi, ham Rim siyosiy arbobi sifatida mashhur bo`lgan (1.35-b.). U ajoyib notiq bo`lishi bilan birga notiqlik san’atining ilk nazariyotchilardan biri bo`lib, birinchi rim «Ritorika»sini yaratgan.

Rim zodagonlariga loyiq janrlardan birinchisi notiqlik hisoblangan. Biroq uzoq vaqt Rim notiqliik san’ati an’analarining tayanchi notiq iste’dodi va tajribasi bo`lib kelgan. Uning asosiy tamoyilini Katon: shunday ifodalagan edi: «Mohiyatni nazardan qochirma, so`zlar esa o`zi keladi».

Aka-uka Grakxlar o`z nutqlarida ilk bor yunon ritorikasining ta’sirchan usullarini qo`llab rim notiqligiga yangi yo`nalish berdilar (1.35-b.). Ozmi-ko`pmi tanilgan siyosiy arbob, albatta, yaxshi notiq bo`lgan. Lashkarboshi o`z jagchilari oldida nutq so`zlashni bilishi kerak edi. Siseron 46 yili «Brut» risolasida Rim notiqligi tarixiga qisqacha to`xtalib, 200 dan ortiq notiqni sanab o`tadi va ularning asosiy ko`pchiligi fuqarolar urushi davri vakillaridir.

Rim notiqlari notiqlik san’ati nazariyasida jiddiy yangilik yaratmagan bo`lsalar-da, yunon notiqligida shakl-langan tamoyillarni chuqurroq ishlab chiqdilar va ularga taqlid qilgan holda lotin tilida notiqlik san’atining yuksak namunalarini yaratdilar. Iotiqlik usullari vaqt o`tishi bilan takomillashib, murakkablashib bordi.

Notiq o`z fikr va dalillarining haqqoniyligi haqida emas, haqiqatga o`xshashi haqida qayg’urgan.

Umuman olganda, Rim ijtimoiy-siyosiy hayotida notiqlik muhim rol o`ynagan. Siseron shunday yozgan edi: «Insonni hurmat-ehtirom va shuhratning eng yuksak cho`qqilariga ikki tur san’at olib chiqishi mumkin: biri lashkarboshilik bo`lsa, boshqasi yaxshi notiqlik san’ati. Keyingisiga tinch hayot ne’matlarining saqlanishi bog’liq bo`lsa, birinchisiga urush xavfini bartaraf etish bog’liq».

Rim notiqlik san’atida ikki yo`nalish (usul) shakllandi: Osiyocha (azianizm) usul va attika (attikizm) usuli. Osiyocha usul Iskandarning o`limidan so`ng ko`p o`tmay Kichik Osiyoda paydo bo`ldi. Unga hashamdorlik, patetika (ehtiroslilik), tashqi effektlarga moyillik xos edi. Attika uslubi tarafdorlari esa afina notiqlariga xos sodda, qisqa, aniq nutq mezonlariga rioya etishni targ’ib etganlar. Osiyocha usul vakillaridan eng mashhuri Kvint Gortenziy Gortal (er. avv. 114-50 y.y.) bo`lsa, Gay Yuliy Sezar va Mark Yuniy Brut attika uslubi notiqlari qatoriga kiradi.

Rim notiqlik san’ati nazariyasiga muvofiq nutq quyidagi shakl va tarkibiy qismlardan iborat bo`lishi lozim: 1) kirish (yexogido); 2) ko`rilayotgan masalaning bayoni (narratio); 3) himoya yoki aybnomaning asosiy moddasini ko`rib chiqish(trastratio) va 4) xulosa (regogatio). Himoyalovchi (yoki qoralovchi) nutqning eng muhim qismi, ya’ni traktasiya o`z navbatida yana qu­yidagi qismlarga bo`lingan: a) traktasiya predmeti va rejasini ajratib ko`rsatish (rgorozitio va ragtitio); b) notiq qarashlari to`g’riligining isboti (rgobatio) va v) muxolifning fikr va dalillarini inkor) etish (gefutatio). Notiq ikki turdagi dalillardan foydalangan: sudyalarning aqliga ta’sir etuvchi, ya’ni argumentlar va ularning hislariga ta’sir etuvchi, ya’ni amplifikasiyadir.

Rim respublikasining so`nggi davridagi eng yirik siyosiy arbobi Mark Tuliy Siseron (er. avv. 106-43 y.y.) Rim madaniyati taraqqiyotida ulkan rol o`ynagan. Sise-ronning nutq, risola va xatlari hayotligi davridayoq lotin nasrchiligining tan olingan namunalari hisoblangan.

Siseron sudlarda so`zlangan nutqlari bilan shuhrat qozongan, siyosiy chiqishlari esa uning eng yaxshi notiq mavqyeini yanada mustahkamlagan.

Siseron o`z faoliyatining boshida Osiyo uslubi ta’sirida nutqlar yozgan, biroq keyinchalik u har ikki usulni muvofiqlashtirishga harakat qiladi (1.38-39-b.).


Download 1,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish