Yunon notiqligi
Notiqlik san’atiga qadim davrlardan yunonlar katta e’tibor bilan qarashgan. Eramizdan avvalgi V-IV asrlarda Yunonistonda tarixiy-nasriy asarlar, notiqlik va falsafiy dialog rivoj topadi. «Nasr asri»ning kelishi Yunonistonda demokratik tartiblarning o`rnatilishi bilan chambarchas bog’liq bo`ldi, zero, bunday boshqaruv tizimida notiqning ommaga ta’sir o`tkazish mahorati xalq yig’inlarida qonunlarning qabul qilinishida va sudda hukm chiqarishda hal qiluvchi rol o`ynay boshladi. Bu ehtiyoj yangicha o`qitish usullarining joriy etilishiga olib keldi. Unga asos solganlar sofistlar ("donishmand-lik muallimlari") bo`ldi. Ular shaharma-shahar yurib, ma’lum haq evaziga ma’ruza o`qishar va asosan tinglovchi-larga nutq tuzish, notiqlik sir-asrorlaridan saboq berishar edi. Antik demokratiyaning beshigi bo`lgan Afina shahri ularning faoliyati uchun qulay bo`lgan. Shuning uchun ham ayni Afinada notiqlik san’ati rivoj topdi.
Ilk sofistlar haqida bizga qadar kam ma’lumot yetib kelgan. Ularning yozganlaridan ayrim parchalargina saqlanib qolgan. V asrning eng mashhur sofistlari qatorida Protagor, Prodik, Gippiy va Gorgiylarning nomlarini tilga olish mumkin.
Sofistlar til boyligini mohirona egallashni va kerak paytda undan foydalanishni o`rgatardi.
Sofistlar so`z va tilning nazariy asoslarini ham ishlab chiqdilar Ularning ilmiy izlanishlari asosida tilshunoslik fanining ikki sohasi – ORFO-epiya (gram-matika) va ritorika (notiqlik nutqlarini tuzish haqidagi ta’limot) shakllandi. Orfoepiya bilan asosan Protagor va Prodik shug’ullangan bo`lsalar, ritorikaga Gorgiy va Frisimaxlar asosiy hissalarini qo`shdilar (1.29-30-b.).
Qadimgi tarixchilarning fikricha, notiqlik san’atiga o`rgatish va tegishli qo`llanmalarni ishlab chiqish Sisiliyada tiraniyaning ag’darilishiga olib kelgan(er. avv. 467 y.) sud jarayonlari bilan bog’liq Ayni shu davrda sisiliyalik ritorlar - Korak va Tisiy yodlash va keyinchalik o`z nutqlarida foydalanish uchun mo`ljallangan tayyor namunalar to`plami (xrestomatiya)ni va notiq nutqi tuziishiga oid nazariy yo`riqnomani chiqardilar. Bu qo`llanmalarda notiqlik tajribasi ilk bor umumlash-tirib berildi. Ularda notiq nutqi uchun zarur bo`lgan eng asosiy talablar o`z ifodasini topdi: nutq yaxlit va tugal bo`lishi kerak, u kirish, asosiy qism va xulosadan iborat bo`lmogi lozim. Asosiy qism o`z navbatid ikki anik bo`limga ajralgan: voqyealar bayon etilgan hikoya va o`z fikri (iuqtai nazari) isboti va muxolif fikrini inkor etishga qaratilgan bahs.
Bunday usulda tashkil etilgan nutq tinglovchilarning qalbiga ta’sir etishi, ularni inontirishi, jalb etishi mumkin edi. Yunon notiqlari ayniqsa, badiiy so`z imkoniyatlaridan keng foydalanganlar. Qadimgilar hikoya qilishicha, Gorgiy Afina er avv. 427 yili xalq yig’inida so`zga chiqqanda turli badiiy vositalarni qo`llab, shunday chiroyli nutq so`zlagan ekanki, tinglovchilar hayratga tushibdi.
Sofistlar shaklan chiroyli nutqning emosional kuchini yaxshi his etganlar (1.31-b.). Til imkoniyatlaridan foydalanib «bo`sh dalilni kuchli, kuchli dalilni bo`sh qilish» ularning shioriga aylandi. Masalan, Gorgiy notiqning vazifasi tinglovchilarni o`z gaplariga ishontirishdan iborat, deydi. Buning uchun u alohida notiqlik usullari bilan: auditoriyani rom eta bilishi kerak. Odatda «Gorgiy figuralari» deb nomlanadngan bunday usullar qatoriga metaforalar, tovush takrorlari, antiteza shaklida tuzilgan gap(jumla)lar va sh.k kiradi.
Gorgiy nazariyasi yunon notiqlik san’atining barcha turlari: sud notiqligi, siyosiy notiqlik, tantanali notiqlikka o`z ta’sirini o`tkazgan.
Er. avv. V asr oxiri - IV asr boshlaridagi sud notiqligining eng mashhurlaridan biri Lisiy (459-380 y.y.) bo`lgan.
Lisiy kelib chiqishi bo`yicha afinalik bo`lmagani .uchun Afina fquqarosi huquqlariga ega emas edi. Shuning uchun ham u o`zgalar uchun buyurtma asosida nutq tuzar edi. Unga jamiyatdagi mavqyei turlicha bo`lgan kishilar murojaat etishar va Lisiy ularning aqliy darajasi, mavqyeiga moslab nutqlar yozishga majbur bo`lardi. Bizga qadar Lisiyning 34 ta nutqi yetib kelgan bo`lib, ular oddiy jonli so`zlashtuv tilida yozilgan.
Tantanali noitiqlik eng yorqin vakillaridan biri Gorgiyning shogirdi Isokrat (er. avv. 436-338 y.y) bo`lib, Afinada ritorika maktabiga asos solgan. Aytish lozimki, bu maktabda ritorika faqat notiqlik san’atiga o`rgatuvchi fan bo`libgina qolmay, balki haqiqatni anglash va tarqatish vositasi vazifasini o`tagan.
Isokrat o`zi nutq so`zlamagan, balki notiqlikdan saboq bergan va Yunoniston bo`ylab tarqatilgan nutqlarni yozgan.
Isokrat maktabining tajribasi IV asrdagi ommaviy potiqlikka katta ta’sir o`tkazdi.
Siyosiy notiqlikning eng yirik va eng mashhur vakili Demosfen (er. avv. 384-322 y.y.) yangi attika uslubining ravnaqiga katta hissa qo`shdi, Uning ijodida Isokrat nutqlariga xos tekis, chiroyli shakl o`rnini ehtirosli pafos egallaydi.
Demosfen maqsad sari og’ishmay boradigan va metin irodali kishi sifatida ham nom qoldirgan. Plutarx va boshqa antik davr tarixchilari dalolat berishicha, uning notiq uchun asos bo`lmagan jismoniy kamchiliklari bo`lgan. Talaffuzi yomon, ovozi past, nafasi qisqa bo`lganligi uning gaplarini tushunishga halaqit bergan bo`lsa, nutq so`zlash paytida yelkasini uchirib turishi tinglovchilar diqqatini chalg’itgan.
Tinimsiz mehnat, astoydil harakat orqali Demosfen barcha nuqson va kamchiliklardan xalos bo`ladi. Masalan, aniq talaffuzga erishish uchun u og’ziga mayda toshchalarni solib nutq so`zlashni mashq qilgan; bir nafasda uzun jumlalarni talaffuz qilishni o`rganish uchun yugura turib shoirlarning asarlaridan parchalar o`qigan; shipga osilgan qilichning uchini yelkasiga to`g’rilab nutq so`zlashni mashq qiladi va jarohat olmaslik uchun iroda kuchini ishga solib, yelka uchishidan xalos bo`ladi (1.34-b.).
Do'stlaringiz bilan baham: |