Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта масус таълим вазирлиги



Download 3,49 Mb.
bet124/192
Sana19.03.2022
Hajmi3,49 Mb.
#501063
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   192
Bog'liq
Нефть ва газ кимёси мажмуа

Ishdan maksad: Piknometr usuli bilan neft mahsulotlarini zichligini aniqlash.
Piknometrni suv sonini aniqlash: neft va neft mahsulotlarining zichligini aniqlashdagi standart harorat 20 oS hisoblanadi. Zichlikni aniqlash uchun xar xil hajmga ega bo‘lgan darajalangan shisha piknometr qo‘llaniladi (1-rasm). Har bir piknometr uziga xos “suv soni”, ya’ni shu piknometrning 20°S dagi suv massasi bilan tavsiflanadi.

1-rasm. Piknometrlar

Suv sonini aniqlash uchun piknometrni xromli aralashma, distirlangan suv, etil spirti ketma-ketligida yuviladi va quritila. Toza va quritilgan piknometrni 0,0002 g aniqlikda tortiladi. Qaynatib havo haroratida sovitilgan, distirlangan suvni pipetka yordamida piknometrga solinadi (bunda suvning xajmi piknometr yuqori chizig‘idan baland bo‘lishi kerak). So‘ngra piknometrni 20±0,1oS dagi termostatga solinadi va 30 minut davomida ushlab turiladi. Piknometrdagi suv ko‘tarilishdan to‘xtagandan so‘ng, belgidan yuqoridagi ortiqcha suvni pipetka yoki filtr qog‘oz yordamida olinadi va qopqoq yopiladi. Piknometrdagi suvning xajmi belgilangan chiziqning yuqorisiga nisbatan belgilanadi va piknometrni tashqi tomonini yaxshilab artgandan so‘ng 0,0002 g aniqlikda tortiladi.


Piknometr suv soni “m” ni formula yordamida hisoblanadi:



bu yerda: m2, m1 suvli va bo‘sh piknometrning massasi, g
Neft va neft mahsulotlarining zichligini 20 marta aniqlangandan so‘ng piknometrning suv sonini tekshirib turish kerak.
Ish bajarish tartibi: quruq va toza piknometrga pipetka yordamida tekshirilayotgan neft yoki neft mahsulotidan piknometr devorlariga tekkizmasdan extiyotkorlik bilan belgidan yuqoriroq hajmgacha solinadi. So‘ngra piknometrning qopqogi yopiladi va 20±0,1°S dagi termostatga 15-20 minutga qo‘yiladi. (xajm o‘zgarmaguncha). So‘ngra ortiqcha neftni pipetka yoki filtr qog‘ozi yordamida tortib olinadi va neftning hajmi piknometr meniksining yuqori belgisi buyicha aniqlanadi. Piknometrning usti yaxshilab artiladi va 0,0002 g aniqlikda tortiladi.
Tekshiralayotgan neft yoki neft mahsulotining zichligini formula yordamida topiladi:



bu yerda: m3-neftli piknometrning massasi, g;


m4-bo‘sh piknometrning massasi, g;
m-piknometrning suv soni, g.
Chamalangan zichlik ni quyidagi formula yordamida hisoblanadi:

bu yerda: 0,99823–20oS dagi suvning zichligi;
0,0012-20°S dagi va 0,1 MPa (760 mm.sim.ust.da) bosimdagi havoning zichligi.



Download 3,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish