Nazorat savollari
1.Zichlik nima?
2.Nisbiy zichlik qanday aniqlanadi.
3.Zichlik qanday asboblar yordamida aniqlaqadi?
4.Neftlarni fizik-knmyoviy xossalari.
5.Neft va neft mahsulotlarini fizik xossalari.
6.Zichligiga qanday omillar ta’sir etadi?
7.Laboratoriya sharoitida neftning zichligini aniqlash.
5-Laboratoriya ishi.
Neft mahsulotlarining kinematik qovushqoqligini aniqlash.
Kerakli asboblar:
VPJT, VNJT yoki VPJ, VNJ tipidagi shisha viskozimetr.
Termostat.
Reziva grusha.
Reziva trubka.
Sekundomer.
Ishdan maqsad: Neft yoki neft mahsulotini kinematik qovushqoqligini viskozimetr yordamida aniqlash. Bu usul aniq bir hajmda tekshiriladigan suyuqlikni o‘z og‘irlik kuchi ta’sirida kapillyardan oqib o‘tish vaqtini o‘lchashga asoslangan.
Ish haqida nazariy ma’lumotlar: qovushqoqlik, neft va neft mahsulotlarini ekspluatatsiya xususiyatini ifodalovchi muxim bir fizik-kimyoviy kavalikdir. Kinematik qovushqoqlikni aniqlashda shisha viskozimetrdan foydalaniladi. Viskozimetr tanlanganda kapillyarning diametriga ahamiyat berish kerak, chunki suyuqlikning undan oqib o‘tish vaqti 200 sekunddan kam bo‘lmasligi kerak.
Suyuqlikni viskozimetr kapillyaridan oqib o‘tishini o‘rganish vatijasida, Puazeyl dinamik qovushqoqlikni ham formula yordamida aniqlash mumkinligini isbotladi:
Р- suyuqlikni kapillyardan oqib o‘tayotgandagi bosim;
г - kapillyar radiusi;
L - kapillyar uzunligi;
V - kapillyardal oqib o‘tadigan suyuqlikni xajmi;
t- V xajmga ega bo‘lgan suyuqlikni oqib o‘tish vaqti.
Kinematik qovushqoqlikli aniqlashda suyuqlik o‘z og‘irligi bosimi ostida kapillyardan oqib o‘tadi. Suyuqlikni zichligi va balandligini bilgan holda suyuqlikni kapillyardan oqib o‘tayotgandagi bosimni ham formula yordamida hisoblash mumkin:
bu yerda: g-ogarlik kuchining tezlanishi;
h-suyuqlikning balandligi;
-suyuqlikning zichligi.
Agar (2) ni qiymatlarini (1) ga qo‘ysak va tenglamalarni ikkala tomonini ga bo‘lsak, unda kinematik qovushqoqlikni hisoblash formulasi quyidagi kurinishga ega bo‘ladi:
h, r, L va V larni qiymati ayni viskozimetr uchun o‘zgarmas bo‘lgani uchun
unda
yoki
S - viskozimetr doimiysi deyiladi, u temperaturaga bog‘lik bo‘lmasdan, faqat viskozimetrning geometrik o‘lchamlariga bog‘liq.
Neft mahsulotlarini shaffoflik va qovushqoqlik darajasini e’tiborga olgan holda tajriba bajarish uchun quyidagi viskozimetrlardan foydalanish mumkin:
-shaffof neft mahsulotlarini qovushqoqligini noldan yuqori haroratda aniqlash uchun VPJ-1 viskozimetri qo‘llaniladi (1-rasm, a);
-shaffof neft mahsulotlarini qovushqoqligini istalgan haroratda aniqlash uchun VPJ-2 va Pinkevich viskozimetrlari qo‘llaniladi (1-rasm, b, v);
-shaffof bo‘lmagan neft mahsulotlarini qovushqoqligini aniqlash uchun VNJ viskozimetri qo‘llaniladi (1-rasm, g);
Do'stlaringiz bilan baham: |