Katalizatorni regeneratsiya qilish. Yuqorida qayd qilib o‘tilganidek navbatdagi tajribani boshlashdan ilgari katalizatorni regeneratsiya qilish kerak, ya’ni uning sirtidagi koksni xavodagi kislorod yordamida yondirish lozim. Buning uchun reaktorga yuqorida aytilgandek 5-10 daqiqa davomida azot berishdan so‘ng azotga oz miqdorda havo qo‘shib beramiz. Vaqt o‘tishi bilan azotning miqdorini sekin asta kamytirib havoni ko‘paytirib beramiz. Bu jarayon 30 daqiqa davom etadi. Keyin 10 daqiqa davomida azotni to‘xtatib, havoni o‘zini beramiz. Reaktordagi harorat 500 oS oshmasligi kerak.So‘ngra havoni ham to‘xtatib reaktorni sovutamiz va katalizatorni tindirib olamiz yoki bo‘lmasam navbatdagi tajribani davom ettiramiz.
Xom ashyo va reaksiya mahsulotlarini analiz qilish. Aytib o‘tganimizdek riforming jarayonidan maqsad benzin tarkibidagi aromatik uglevodorodlarni va tarmoqlangan parafinlarni miqdorini ko‘paytirishdan iborat.
Birinchi navbatda xom ashyo va katalizatorlarni solishtirma og‘irliklarini va nurni sindirish, ya’ni refraksiya koeffitsiyentini aniqlaymiz. Bu ko‘rsatkichlarni o‘zgarishi katalizatda aromatik uglevodorodlarning miqdorini ko‘payganini ko‘rsatadi.
Xom ashyoni katalizatni va gazni xromatografik usul bilan analiz qilib, ulardagi turli uglevodorodlarni miqdorini aniqlash.
15-Laboratoriya ishi Rafinatlarni eritma xolida deparafinlash. Umumiy tushuncha Neftlarni atmosfera bosimida ishlovchi quvurli pechlarda 330-350 oS gacha isitib rektifikatsion kolonnalarga beriladi. Kolonnaning tepa qismidan benzin bug‘lari va gazlar aralashmasi yon tomonidan kerosin va dizel yoqilg‘isi fraksiyalari olinadi. Kolonnaning ostidan mazut olinadi.Yonilg‘i surkov moylari sxemasi bilan ishlaydigan zavodlarga mazutni vakuum ostida ishlovchi pechlarda qizdirib undan har xil fraksiyalardan maxsus qurilmalarda fenol yordamida aromatik uglevodrodlarni ajratib olinadi. Neft fraksiyasini qolgan qismini rafinat deb ataladi. Navbatdagi vazifa rafinatdan yuqori molekulali parafin uglevodorodlarni ajratib olishdan iborat. Parafinlar ajratib olingandan so‘ng qolgan fraksiyalarni yumshoq rejimda gidrotozalab, so‘ngra ular har xil surkov moylarni tayyorlash uchun ishlatiladi. Rafinatlardan parafin uglevodorodlarni ajratib olish (deparafinlash) uchun, rafinatlarni oldin maxsus erituvchilarda metiletilketon yoki atsetonni toluol bilan aralashmasida eritib, so‘ngra sovutiladi. Olingan eritma sovutilganda yuqori molekulali qattiq parafin uglevodorodlar kristallga tushadi va ularni filtrlarda ajratib olinadi. Deparafinlash jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: deparafinlanadigan xom ashyoni erituvchida eritish; eritma parafinlarining asosiy qismini kristallga tushguncha sovutish; filtrlash: ajratib olingan parafinlardan va eritmadan erituvchini haydab olish.
Eritmani qancha temperaturagacha sovutib deparafinlash, ya’ni filtrlash, olinadigan moy fraksiyasini qotish temperaturasiga va deparafinlashning temperatura effektiga (TED) bog‘liqdir.
Тф=ТЭД+Тз
Odatda ko‘proq ishlatiladigan erituvchilar uchun deparafinlashning temperatura effekti (TED) quyidagichadir.
Propan_____________________________________ - 25dan - 29 oS gacha
Atseton +benzol+toluol /35%+35%+35%/________ - 7 dan - 12 oS gacha
Atseton+toluol /35%+65%/ ____________________ - 10 dan - 12 oS gacha
Metiletilketon +toluol /60%+40%/ _______________ - 8 dan - 10 oS gacha
Erituvchining xom ashyoga nisbatini miqdori xom ashyoning qovushqoqligiga va qaysi temperaturagacha sovutishga bog‘liqdir. Distillat fraksiyalaridan olingan quyi quyushqoqlik rafinatlarini eritmasini -60 oS gacha sovutib filtrlash uchun erituvchini miqdorini rafinatga nisbatan 4 5:1 deparafinlashni -30 dan -40 oS gacha olib borilsa erituvchini miqdorini rafinatga nisbatan 2,5 3,5:1 deb olinadi. Qoldiq fraksiyalardan olingan rafinatlarni deparafinlashda erituvchini miqdorini 4 5:1 nisbatida olinadi.